Murod ibn Ali ibn Dovud ibn Kamoluddin ibn Solih ibn Muhammadal-Husayniy, al-Hanafiy, al-Buxoriyan-Naqshbandiy — so‘fiy bo‘lgan, tafsir, hadis, fiqh va boshqa aqliy va naqliy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan olim. U milodiy 1640-yil (hijriy 1050-yil) tug‘ilib, milodiy 1720-yil (hijriy 1132-yil) vafot etgan. Haj amalini ado etish va Muhammadning qabrini ziyorat qilish uchun Hijoz diyoriga borgan hamda uch yil davomida Makkaga qo‘shni bo‘lib yashagan. So‘ngra Bag‘dod sari yuzlangan, u yerdan Buxoro va Isfahonga borgan. Ushbu safar asnosida Samarqand va Balx ulamolari bilan hamsuhbat bo‘lib, ular bilan do‘stlashgan. So‘ngra Bag‘dodda maʼlum muddat yashab, u yerdan ikkinchi marta Makkaga borgan. Undan keyin Misrga kelgan va shu yerda istiqomat qilgan. So‘ngra Konstantinopolga ko‘chib borgan. Sulton Mustafo Damashqda joylashgan o‘ziga qarashli o‘quv dargohlari — „al-Madrasa al-murodiya“, „al-Madrasa an-naqshbandiya al-buroniya“ va jome masjiddagi baʼzi qorilarni unga taqdim qilgan, undan esa keyinchalik Ahmad al-Maniniy qabul qilib olgan. U rabiussoniy oyining 12-sanasida Konstantinopolda vafot etgan va „Darsxona“ madrasasiga dafn etilgan.

Murod al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1640-yil (hijriy 1050-yil)
Vafoti milodiy 1720-yil (hijriy 1132-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tafsir, hadis, fiqh va boshqa aqliy va naqliy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan olim.

Asarlari tahrir

  • „al-Mufradot al-qurʼoniya“(arab, fors va turkiy tillardagi „Qurʼoniy mufradotlar“)
  • naqshbandiya tariqatiga oid ko‘pgina risolalar
  • „Silsilatu-z-zahab“(„Oltin silsila“)[1].

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 111 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.