Muzeyne
Muzeyneh (arab: بنو مزينة Benū Muzeyneh) – Arabiston yarim orolida yashovchi arab qabilalaridan biri.
Tarixi
tahrirQabila oʻz nomini Amr ibn Uddning xotini Muzeyne binti Kelbdan olgan. Muzeyne aholisining aksariyati sahroda yashovchi badaviy koʻchmanchi boʻlib, baʼzilari Madina va uning atrofida yashagan. Madinada yashovchi qabila aʼzolari Muhammad bilan ittifoq tuzib, Muhammad paygʻambarning dastlabki janglarida ishtirok etgan. Qabilaning Madinadan tashqarida yashovchi aʼzolari 626-yilda Islomni qabul qilgan. Muzeyna qabilasi Muhammad paygʻambarning oʻlimidan keyingi istilolarda qatnashib, Basradan Shimoliy Afrikagacha boʻlgan yerlarga yoyilib ketgan. Usmon xalifaligi davrida ular xalifaga qarshi muxolifatlik qilgan. Alining xalifalik davrida unga ittifoqchi sifatida janglarda qatnashgan.
Bugungi kunda Muzeynalar Arabistondan tashqari Misr va Marokashga qarashli hududlarda yashab keladi.