Muzeyyen Senar ( </link> ; 1918 yil 16 iyul - 2015 yil 8 fevral) - " Respublika Divasi " nomi bilan tanilgan turk klassik musiqa ijrochisi sifatida mashhurlikka erishadi.

Müzeyyen Senar
Müzeyyen Dombayoğlu

Müzeyyen Senar (right) with Zehra Bilir (1950)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Zeliha Eren
16-iyul 1918-yil
Vafoti 8-fevral 2015-yil(2015-02-08)
(96 yoshda)
İzmir, Turkey
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Singer-songwriter
Leybl
Janr Turkish classical music
Faoliyat yillari 1933–2006

U Dastlabki yillarda tahrir

Muzeyyen Dombayog'luni 1918 yilda o'sha paytdagi Usmonlilar imperiyasida Bursa viloyatining Keles tumanidagi Gököz qishlog'ida dunyoga kelgan. Ular oilada 3 farzand bo'lib, o'zidan katta 2 ta Ismet va Hilmilar bo'lgan. Zehra va uning akalariga onasi alla o'rnida Senar kuyini hirgoya qilib berar edi. 5 yoshida u to'y marosimidan qaytgach, duduqlana boshladi va bu qo'rquv oqibati deb his etardi, anglanganidek. Uning nutqining buzilishi balog'at yoshiga qadar davom etdi, lekin odatda boshqa bor bo'lgan qo'shiq ijrochilarida bo'lgani kabi, bu uning qo'shiq ovoziga ta'sir qilmadi. 6 yoshida mashhur xalq qo'shiqlarining ko'pini yoddan bilgan, u onasi uni olib boradigan oilaviy yig'ilishlarda va to'ylarda kuylagan. Bolaligida u Bursadagi otasining uyidan onasi yashagan Istanbulga qochib ketgan. Uning otasi 25 yillik turmushidan keyin xotinini tashlab ketgandi.

Turk ommaviy axborot vositalarining bir nechta da'volariga ko'ra, u Dombay o'g'li oilasi tomonidan asrab olingan qizaloq bo'lgan. [1] [2] U Inegolning Hilmiye qishlog'ida etnik gruzin millatiga man'sub ota-onadan tug'ilgan. Uning dunyoga kelgandagi ismi Zeliha Eren, ota-onasi esa Batumidan Inegölga ko'chib kelgan Fatma va Reshit edi. [3]

Karyerasi tahrir

Senar musiqiy faoliyatini 1931 yilda Üsküdardagi Anadolu Musiki Cemiyetiga ("Anadolu Musiqa Jamiyati") o'qishdan boshlagan va u erda kamenche virtuozi Kamol Niyozi Seyhun va udchi Hayriyedan ta'lim olgan. U dastlab TRT radiosi Istanbulda kontsert berishni boshlaganidan so'ng ko'pchilikka tanish bo'ladi. 1933 yilda u Istanbuldagi eng muhim musiqa zallaridan birida yozgi iste'dodlar shousida sahnaga chiqdiva shu orqali mashhurlikka erishadi. Shu orqali boshqa taniqli musiqa zallarida chiqishlarini davom ettirish imkoniyatiga erishadi. 1933 yilda, 15 yoshida, u o'zining ilk debyut taronasini ( Uning Master's Voice ) tomonidan chiqargan 78 rpmli yozuvda kuylagan. Keyinchalik Odeon Records va boshqa yorliqlarda ko'proq yozuvlar paydo bo'ldi. Uning qo'shiqchiligi Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk (1881-1938) tomonidan ham ulkan etirofga loyiq deb topilgan.Juda ham ko'p marotaba u o'z muhlislari uchun maxsus kontsertlar taqdim etgan.

1938-yilda Mesut Jemilning taklifiga binoan u yangi tashkil etilgan davlatga qarashli mahalliy radiostansiyada kontsert berish uchun Anqaraga tashrif buyuradi. 1941 yilda u turli taniqli tungi klublarda kontsert berish uchun Istanbulga yana qayta tashrif buyuradi. 1947 yilda Senar chet davlatdagi ilk kontsertini Frantsiyaning Parij shahrida Le Lidoda xalq ommasiga havola etadi. Ovozi va uslubi bilan turk klassik musiqasining yangi davrini namoyon qiladi. 1983 yilda san'atni tark etadi va Istanbulning Bebek shahridagi mashhur musiqa zalida o'zining yakuniy shousida so'nggi bor muhlislari uchun kuylaydi.

1940-yillarda Senar "Kerem ile Asli" nomli filmda bosh rolni ijro etadi. 1960-yillarda "Ana Yüreği" va "Sevgili Xocam" filmlarida ketma-ket suratga tushgan. Uning 1976 yilda suratga olingan “Analar Ölmez” filmi avtobiografik ro'li sanaladi. Shuningdek, U Misrlik qo'shiqchi Ummu Kulsumning import qilingan arab filmlaridagi qo'shiqlarini turk tiliga maxsus yaratilgan qo'shiqlar bilan dublyaj qiladi.

Keyingi yillardagi faoliyati va Vafoti tahrir

2006 yil 26 sentyabrda u Izmirdagi o'z uyida miya infarktiga uchraydi va uning natijasida chap tomoni falaj bo'lgani haqida ma'lumotlar mavjud. 2008 yil fevral oyida u ovozini yo'qotgani haqida ma'lum qilingan.2013 yildan boshlab u qizi Feraye Ishil bilan Bodrumda Istiqomat qilgan. Senar 2015 yil 8 fevralda 96 yoshida hayoptdan ko'z yumadi. U Izmirdagi Ege universiteti kasalxonasida pnevmoniya tashhisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. 10-fevral kuni u Istanbuldagi Bebek masjidida o‘tkazilgan diniy marosimdan so‘ng Zincirlikuyu qabristoniga dafn qilindi.

Erishgan yutuqlari tahrir

1998 yilda u Davlat rassomi mukofotiga sazovor bo'ladi, biroq u bunday sharafli unvonni olishdan bosh tortadi. [ <span title="The reason for this is unclear. (February 2015)">nima uchun?</span> ] Anqarada uning chinakkam shogirdi, taniqli turk mumtoz musiqasi xonandasi Bulent Ersoyning tashabbusi bilan “Cumhuriyetin Divasi: Müzeyyen Senar” (“Muzeyyen Senar, Respublika Divasi”) nomli yirik fotosuratlar koʻrgazmasi tashkil etiladi. 2009-yil 29-oktabr Turkiyaning Respublika kuni .


2018 yil 16 iyulda Google o'zining 100 yilligini Google Doodle bilan nishonladi. [4]

  1. „Cumhuriyetin divası toprağa verildi“. Doğru Haber Radyo ve Televizyon Yayın İletişim ve Reklam A.Ş. (2015-yil 10-fevral). Qaraldi: 2015-yil 24-fevral.
  2. „Türk Sanat Müziği devi Müzeyyen Senar vefat etti“ (2015-yil 10-fevral). 2015-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-fevral.
  3. „Bu Iddiaya Çok Şaşıracaksınız“. gencgazete.net (2015-yil 8-fevral). 2015-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-fevral.
  4. „Müzeyyen Senar’s 100th Birthday“. Google (2018-yil 16-iyul).