Nafisa Abdullayeva

oʻzbek huquqshunosi, biznes olimi, darslik muallifi, yozuvchi va shoir
(Nafisa Abdullaevadan yoʻnaltirildi)

Nafisa Abdullayeva (1987-yil Toshkent shahrida tugʻilgan)—oʻzbek huquqshunosi, biznes olimi, darslik muallifi, yozuvchi va shoir[1]. Yuridik fanlar nomzodi, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi boʻlim mudiri. „Darmon“ tibbiyot jurnali asoschisi, „Lex Mark Advokat“ advokatlik byurosi direktori. Lead Consulting oʻquv markazi asoschisi va „Book Tashkent“ dasturining boshlovchisi. Sugʻurta huquqi boʻyicha mutaxassis. Biznesni tashkil etish va boshqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining taniqli biznes murabbiyi. Oʻzbekiston Senati maslahatchisi boʻlib, Oʻzbekistondagi qonunchilik jarayonlarida ishtirok etgan[2].

Nafisa Abdullayeva
Tavalludi
Nafisa Abdullayeva

1978-yil 13-avgust
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Advokat, biznes murabbiy, yozuvchi va shoir

Taʼlimi

tahrir

2019-yilda Abdullayeva Brunel universitetida xalqaro munosabatlar va siyosat boʻyicha magistr darajasini olgan. 2008-yil Toshkent davlat yuridik universiteti huquq fanlari nomzodi boʻlgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro huquq yoʻnalishida 2002-yilda magistr va 1998-yilda bakalavr darajalariga ega boʻlgan[3].

Faoliyati

tahrir

Nafisa Abdullayeva asosan tadbirkorlik va huquq sohalarida faoliyat yuritgan. Tashkiliy va biznes boshqaruvi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi uchun taniqli maslahatchi. U BMTTD, UNODC, OTB, EuropeAID, AIFC Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Buyuk Britaniyada turli loyihalarda faoliyat olib borgan.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes maktabi boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan[4][5]. Transchegaraviy operatsiyalar, Oʻzbekiston korporativ tijorat qonunchiligi, shuningdek, sugʻurta va qayta sugʻurtalash masalalariga ixtisoslashgan Lex Mark Advokat yuridik firmasi direktori boʻlgan.

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyada huquqiy mavzularda bitta darslik va 30 dan ortiq boshqa nashrlar muallifi[6].

Darmon“ (tibbiyot jurnali) va Lead Consulting oʻquv markaziga asos solgan[7]. Uning boshqa faoliyati qatoriga „Book Tashkent“ dasturini olib borish ham kiradi. Nafisa Abdullayeva regbi boʻyicha Oʻzbekiston Taftish qoʻmitasini ham boshqargan[8].

Manbalar

tahrir
  1. „Как из юриста я стала издателем“ (ru). keyit.ru. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  2. „Nafisa - Camca Network“. Camca Network. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
  3. Rustam Shagayev. „Клуб "Шалом": об экономии воды и успешных старт-апах“ (ru). Анхор.уз. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  4. Nafisa Abdullayeva – Academic Council of the Academy of Law[sayt ishlamaydi]
  5. Rustam Shagayev. „Клуб "Шалом": об экономии воды и успешных старт-апах“ (ru). Анхор.уз. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  6. „Nafisa Abdullayeva“. AIFC Academy of Law. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  7. Rustam Shagayev. „rfgj“ (ru). Анхор.уз. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.Rustam Shagayev. "Klub „Shalom“: ob ekonomii vodi i uspeshnix start-apax" (in Russian). Anxor.uz. Retrieved 15 December 2014.
  8. „Нафиса Абдуллаева“ (ru). жить интересно!. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.[sayt ishlamaydi]