Nahidə Babaşlı — ozarbayjon-turk millatiga mansub ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqalar matni muallifi, internet yulduzi[1].

Nahidə Babaşlı
Tavalludi 24-sentyabr 1996-yil
Fuqaroligi Ozarbayjon

U oʻz qoʻshiqlarini Ozarbayjon va Turkiya internet tarmoqlarida joylashtirganidan soʻng, tinglovchilar tomonidan yoqtirish (like) va izohlar (comment) qabul qilib oldi. Yuklagan qoʻshiqlari orasida „Anlasana“, „Ayriliq“, „Kandine iyi bak“, „Gozlerimi kapatsam“ va „Ses yuksak kaliti“ kabi musiqalari ham boʻlgan.

Nahidə 2018-yilda Murat Goyebakan tomonidan yozilgan „Ay yuzlum“ qoʻshigʻini kuylab, klipini YouTubega joylaydi.

Hayoti

tahrir

U 1996-yil 22-sentyabrda Ozarbayjonning Boku shahrida 3 farzandli oilada dunyoga keladi.

Oliy maʼlumotli boʻlish maqsadida Boku davlat universitetining fizika fakultetiga oʻqishga kirgan. Musiqachi boʻlish niyatida boʻlgan boʻlajak xonanda, muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, bu yoʻldan qaytmaydi. U bu haqida shunday deydi[2]: "Universitetdagi birinchi o'quv yilim davomida ozarbayjon tili o'qituvchisi janob Anar mening ovozim chiroyliligini aytgan. U meni majlislar zalining rahbari Janob Bayram bilan tanishtirib, meni o'z nazoratiga olib, sahnaga chiqishimga ruxsat berishini so'ragan. Janob Bayram meni o'zining xor jamoasiga taklif qilgan,lekin men bundan foydali tajriba olomadim. keyin u meni mug'om qoshiqchisi bolishga yozdirmoqchi boldi,ammo men mug'omga ham qiziqmasdim. Men xorni tark etganimdan keyin, universitetdagi yaxshi o'zlashtirolmayotgan fanlarimga butun e'tiborimni qaratishga harakat qildim.Babaşlı, keyinchalik, otasining yordami bilan oʻz musiqalarini radiolarda ijro eta boshladi[3]. U tez-tez qoʻshiq aytish bilan shugʻullanadi va xabarlarga koʻra, xalqaro musiqa tanlovlarida Ozarbayjon nomidan qatnashishga intiladi[4].

Manbalar

tahrir
  1. 61saat.com. „NAHİDE BABAŞLI KİMDİR, KAÇ YAŞINDA NASIL ÜNLÜ OLDU?“ (tr). 61saat. Qaraldi: 2021-yil 16-may.
  2. „Nahidə Babaşlı kimdir? | Kimdeyir“ (tr) (2018-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-may.
  3. admin „Nahidə Babaşlı: "Atam heç vaxt oxumağıma qarşı çıxmayıb" - VİDEO“ (az). Zərdab.com (2019-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-may.
  4. „Nahidə Babaşlı: "Atam heç vaxt oxumağıma qarşı çıxmayıb" - VİDEO“ (az). Zərdab.com (2019-yil 12-yanvar).