Nariman Enverovich Jelyalov yoki Jelal (qrim tatarcha: Nariman Celâl; ukraincha: Наріман Енверович Джелялов; 27-aprel, 1980-yil, Navoiy, Buxoro viloyati) — ukrainalik qrim-tatar siyosatchisi, oʻqituvchi, siyosatshunos va jurnalist. Qrim-tatar xalqi majlisi raisining oʻrinbosari (2013-yildan), axborot-tahlil boʻlimi rahbari.

Nariman Jelyalov
Tavalludi 27-aprel, 1980-yil
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻiUkraina
Taʼlimi Odessa universiteti
Kasbi siyosatchi, oʻqituvchi, jurnalist
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir
 
Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvda, 2014-yil 25-aprel
 
III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni topshirilish jarayoni, 2020-yil

Jelyalov Oʻzbekiston SSR Navoiy shahrida tugʻilgan. 1989-yildan oilasi bilan Qrimda yashagan. Jankoydagi maktabda tahsil olgan. Keyin 2005-yilda I. Mechnikov nomidagi Odessa milliy universitetini siyosatshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

U „ATR“ telekanalida boshlovchi, „Avdet“ respublika gazetasining muxbiri boʻlib ishlagan va Simferopol xalqaro maktabida tarix va huquqdan dars bergan. Shuningdek, siyosatshunoslikni ham o‘qigan va majlis deputati bo‘lgan.

2012-yilda u 2-majoritar okrugi[1] boʻyicha Ukraina Oliy Radasi deputatligiga nomzodini qoʻygan, biroq saylovga 11 kun qolganida oʻz nomzodini qaytarib olgan[2].

2013-yil noyabrida Refat Chubarov parlament rahbari etib saylanganidan keyib Jelyalov tashkilot rahbarining o‘rinbosarlaridan biriga aylandi[3].

2014-yilda Qrim Rossiyaga qo‘shib olinib, Majlis raisi Chubarov va Qrim-tatar xalqining norasmiy rahbari Mustafo Jemilevga uning hududiga kirish taqiqlanganidan so‘ng, Jelyalov Qrimdagi parlamentning eng yuqori martabali aʼzosi va tashkilotning amalda rahbari boʻldi[4].

2021-yil 4-sentyabrda Simferopol tumani, Pervomayskoye qishlog‘idagi uyida Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan[5].

Mukofotlar va unvonlari

tahrir

2020-yil 21-avgustda III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri bo‘ldi[6].

Oilasi

tahrir

Otasi — Enver Jelyalov (2022-yil mart oyida Qrimda vafot etgan)[7].

Eslatmalar

tahrir
  1. „Вибори-2012: Профіль кандидата“ (uk). «Независимое бюро новостей». 2014-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  2. „Восемь кандидатов в нардепы сняли свои кандидатуры с предстоящих выборов“ (ru). Crimea.Ura-Inform (2012-yil 17-oktyabr). 2014-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  3. Закир Закиров. „У нового главы Меджлиса появилось пять заместителей“ (ru). «Вести.ua» (2013-yil 6-noyabr). 2014-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 января 2020.
  4. „Как в Крыму пытаются запретить меджлис крымских татар“ (ru). BBC News Україна (2016-yil 10-mart). 2021-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  5. „Нариман Джелял задержан в Крыму. Что известно?“ (ru). Крым.Реалии (2021-yil 4-sentyabr). 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  6. „Указ Президента України № 335/2020 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня незалежності України»“ (uk). Офіційне інтернет-представництво Президента України. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  7. „Умер отец узника Кремля Наримана Джеляла — Энвер“. 2022-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.