Narshax, Narjak, — Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qadimgi qishloq. Ilk oʻrta asrlarda Narshaxda katta hisor (qoʻrgʻon) boʻlgan.

Muqanna qoʻzyulonittg markazlaridan biri shu qishloqda joylashgan. 776-yil aprelda Muqanna tarafdorlari bilan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz lashkari oʻrtasida Narshaxda katta jang boʻladi. Xalifa Maxdiyning vaziri Jabroil ibn Yaqyo arablarga yordamga kelib, Narshaxni qamal qiladi. Toʻrt oylik janglarda Hosim Ahmad boshchiligidagi Muqanna tarafdorlari boʻlgan oq kiyimliklar gʻalaba qozonishgan. Biroq, arablar hiyla yoʻli bilan Narshaxni egallab, qoʻzgʻolon rahbarlarini xoinlarcha oʻldirishadi. Bu paytda Narshaxning hokimi boʻlgan ayol kishi (erining nomi Sharaf boʻlib, u Abu Muslimning lashkarboshisi boʻlgan)ni ham Jabroil oʻldirtirgan.

Narshaxdan mashhur tarixchi olim Narshaxiy chiqqan. Narshax haqida Abu Saʼd asSamʼoniyning "Kitob al-ansob" asarida ham muhim maʼlumotlar mavjud (XII asr). Hozirgi Narshax Narchoqtepa nomi bilan mashhur.

Adabiyot

tahrir
  • Narshaxiy, Buxoro tarixi. T., 1966; Kamaliddinov Sh., "Kitob alansab" Abu Saʼda Abdalkarima ibn Muhammada as-Samʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii, T., 1993.[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil