Narva
Narva (est. Narva, nemicha: Narwa — Estoniyadagi shahar. Narva daryosining chap sohilida, uning Fin qoʻltigʻiga quyilish joyidan 14 km uzoqlikda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 57 650 kishi[1][2]. Shahar sanoatining asosiy tarmoqlari — energetika, toʻqimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Narva yaqinida mahalliy slanetsda ishlaydigan Boltiq boʻyi GRES, Estoniya GRES ishlab turibdi. GES bor. Yirik ip gazlama korxonasi — Krengolm manufakturasi, yogʻochsozlik, mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Narva koʻprik orqali Ivangorod (Leningrad viloyati) bilan bogʻlangan. Politexnikum, tarix muzeyi mavjud. Shahar ilk bor 1171 yilgi Novgorod solnomasida Rugodiv nomi bilan tilga olingan. Daniya, Shvetsiya Livon ordeni tasarrufida boʻlgan. 1704 yilda rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilindi. 1919 yildan Narva Estoniya tarkibida. Shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: qasr (13—15-asrlar), shahar istehkomlari (14-asr), ratusha (17-asr) saqlangan. [4]
Narva | |
---|---|
Shahar | |
Narva | |
![]() | |
59°22′0″N 28°11′0″E / 59.36667°N 28.18333°EKoordinatalari: 59°22′0″N 28°11′0″E / 59.36667°N 28.18333°E | |
Mamlakat | Estoniya |
Uezd | Ida-Virumaa |
Hukumat | |
• Mer | Eduard East |
Asos solingan | 1223 |
Ilk eslatilishi | 1171 |
Avvalgi nomlari | Rugodiv |
Qachondan beri Shahar | XIV asr |
Maydon | 84,54 km2 |
Rasmiy til(lar)i | eston tili |
Aholisi (2013) |
57 650[1][2] |
Milliy tarkib |
ruslar – 82,02 % estonlar – 3,86 % ukrainlar – 2,55 % beloruslar – 2,13 % finlar – 0,74 % tatarlar – 0,49 % boshqalar – 8,21 %[3] |
Konfessiyaviy tarkib | pravaslavlar, lyuteranlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Telefon kodi | +37235 |
ManbalarTahrirlash
- ↑ 1,0 1,1 Eesti statistika 2012 Статистика Эстонии 2012(est.)
- ↑ 2,0 2,1 Идавирусцев осталось всего 153 642
- ↑ Нарва в цифрах 2010
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |