Nasrullo qushbegi
Nasrullo qushbegi, shuningdek Mirzo Nasrullo (19-asr oʻrtalari — 1918, Karmana) — mangʻitlar davrida nufuzli saroy arbobi, qoʻshbegi. Amir Abdulahad, hukmronligi davrida avval Shahrisabz hokimi, soʻngra saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 1910-yil yanvar voqealaridan keyin Ostanaqul qoʻshbegi oʻrniga qoʻshbegi (bosh vazir) qilib tayinlangan[1].
Qoʻshbegi | |
---|---|
Mansab davri 1910-yil yanvar – 1917-yil aprel | |
Monarx |
Amir Abdulahadxon Said Olimxon |
Oʻtmishdoshi | Ostonaqul qoʻshbegi |
Vorisi | Nizomiddin Urganji |
Shahrizabz beki | |
Mansab davri nomaʼlum – 1910-yil yanvar | |
Monarx | Amir Abdulahadxon |
Vorisi | Mirza Salimbek |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Mirzo Nasrullo XIX asr oʻrtalari Buxoro amirligi |
Vafoti |
1918-yil mart Karmana, Buxoro amirligi |
Taʼlim | Madrasa |
Dini | islom |
1918-yil Karmanada qatl etilgan.
Biografiyasi
tahrir19-asr oʻrtalarida Buxoro amirligida tugʻilgan. Mirzo Nasrulloning aniq tug‘ilgan joyi haqida aniq maʼlumotlar yo‘q. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u Shahrisabzda, baʼzilarida esa Karmanda yoki Buxoroning oʻzida tugʻilgan. Madrasada tahsil olgan. Amir Abdulahadxon davrida Shahrisabz va uning atrofidagi hududlarning beki boʻlgan. 1910-yil yanvar oyida Buxoroda sunniylar va shialar o‘rtasida janjallar bo‘lib o‘tdi. Bu gʻalayonlarning asosiy aybdorlaridan biri oʻsha paytdagi qoʻshbegi — Ostonqul qoʻshbegi edi. U lavozimidan chetlashtirildi va uning oʻrniga Nasrullo tayinlandi
Nasrullo qushbegi amirlikda ikkinchi shaxs (amirdan keyin) bo‘lib, davlatning ham ichki, ham tashqi siyosati bilan shug‘ullangan. U oʻzbek va fors tillaridan tashqari rus tilini ham yaxshi bilgan. Shu tufayli Said Olimxon unga koʻpincha Rossiya imperiyasi maʼmurlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borishda ishonch bildirgan, garchi amirning oʻzi ham rus tilini yaxshi bilgan boʻlsa-da. Unga Rossiya imperiyasidagi amirlikning rusiyzabon siyosiy agentlarini nazorat qilish ham ishonib topshirilgan. Bir necha bor Rossiyaga borgan. Nasrullo qushbegi bosh vazir, tashqi ishlar vaziri, ichki ishlar vaziri, tashqi razvedka vaziri lavozimlarida ishlagan.
Nasrullo amirlik va O‘rta Osiyoning ko‘pchilik ziyolilari orasida keng tarqalayotgan jadidchilik harakatiga xayrixoh bilan qaragan. Buxoro jadidlari amirlikda tub milliy-demokratik islohotlar o‘tkazishga intilgan[2]. Bu islohotlarga Said Olimxonning o‘zi, shuningdek, Rossiya imperiyasi hokimiyatlari qarshilik ko‘rsatdilar. Amir Said Olimxon bir tomondan konservativ ruhoniylar va rus hokimiyati, ikkinchi tomondan jadidlar tomonidan bosim ostida edi
1917-yil 7-aprelda uzoq davom etgan bahs va qarama-qarshiliklardan so‘ng jadidlar Nasrullo aralashuvida amirlikda siyosiy va ijtimoiy islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon qabul qilinishiga erishdilar. Bu konservativ ruhoniylar tomonidan keskin gʻazab va norozilik bilan kutib olindi. Amir Said Olimxon ruhoniylar va rus hokimiyatlarining kuchli tazyiqlari ostida qoldi, farmon amalda bajarilmadi va qogʻozda qoldi.
Lekin Buxoroda 1917-yil aprel namoyishidan keyin Olimxon Nasrullo qushbegini jadidlarni qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblaydi va uni lavozimidan olib tashlab, oʻrniga mutaassib Nizomiddin Urganjiyni qoʻshbegi qilib tayinladi (1917-yil 15-aprel). Bundan tashqari, Nasrullo Buxorodagi saroy amiri lavozimidan mahrum qilinib, Nasafga (hozirgi Qarshi) surgun qilinadi va uning barcha orttirilgan mol-mulki amirlik foydasiga musodara qilindi. Bir muncha vaqtdan soʻng, Nasafdan Karmanaga joʻnaydi.
Deyarli bir yil oʻtgach, 1918-yil mart oyida amirlikda „Kolesovskiy yurishi“ deb nomlanuvchi bolsheviklar va yosh buxoroliklar tomonidan davlat toʻntarishiga muvaffaqiyatsiz urinish sodir boʻldi. Amir Said Olimxon o‘z rejimining hali ham oʻsha paytda amirlikda yashayotgan muxoliflariga (muxolifatning ko‘p qismi Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasiga qochishga muvaffaq bo‘lgan) qarshi keng ko‘lamli qatag‘onlarni boshladi va Mirzo Nasrulloni davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qildi[1][3].
Kolesov voqeasidan keyin amir Olimxonning farmoniga binoan, 17 kishilik oilasi va butun qarindoshurugʻlari bilan birga Karmanada qatl etilgan[3].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Sadriddin Ayniy / Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Moskva, 1926.
- Abdurauf Fitrat / Amir Olimxonning hukmronlik davri, Toshkent, 1992.
- Fayzulla Xoʻjaev / Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, Toshkent, 1997.
- Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeʼiy (Foydali tarix), Toshkent, 2001.
- Trever K. V., Yakubovskiy A. Yu., Voronets M. E.: История народов Узбекистана, 2-jild. - Toshkent: Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi, 1947-yil.
- K istorii dvux poslednix desyatiletiy Buxarskogo xanstva // Tojikiston SSR Fanlar Akademiyasi materiallari. Ijtimoiy fanlar kafedrasi, 1962-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |