Nataša Pirc Musar (1968-yil 9-mayda tugʻilgan) — Sloveniyalik advokat va turli kitoblar muallifi, sobiq axborot komissari (2004—2014), jurnalist va Sloveniya Qizil Xochning sobiq prezidenti (2015—2016). U oʻzining hukumronligi va axborot erkinligi haqidagi kitoblari, huquqiy fikr va yuqori darajadagi huquq ishlari bilan mashhur boʻlib, Sloveniyada tugʻilgan Melaniya Tramp (AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning rafiqasi), Sloveniya sotsial-demokratlar siyosiy partiyasi vakili va bosha taniqli mijozlar vakili hisoblanadi. 2022-yilning noyabrida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida u Sloveniyaning birinchi ayol prezidenti etib saylangan.[1]

Oʻsmirlik davri hamda maʼlumoti tahrir

Pirk Musar huquq sohasini 1992-yilda Lyublyana universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan, u yerda Marko Ileshich uning rahbari boʻlgan.[2] 1997-yilda u advokatlik imtihonini topshiradi va keyinchalik u Sloveniya televideniyesiga ishga kiradi va u yerda 6 yil jurnalist va markaziy yangiliklar dasturining boshlovchisi boʻlib ishlaydi.[2] Keyin, 5 yil davomida u POP TV tijoriy televideniyesida 24UR markaziy yangiliklar dasturining boshlovchisi boʻladi.[2] 2001-yilda u eri Aleš Musar ishlagan Aktiva Group korporativ aloqa boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.[3]

Natasha Pirc Atlantadagi CNN da qoʻshimcha mashgʻulotlarni yakunlaydi.[4] Keyin u Angliyaning Salford universitetida ikki semestr davomida oʻqishni davom ettiradi va shu vaqt mobaynida BBC, Granada TV, Sky News, Reuters TV va Border TV telekanallarida amaliyot oʻtaydi.[4] 2015-yilda u Vena universitetining huquq fakultetida shaxsiy daxlsizlik huquqlari va axborot erkinligi oʻrtasidagi adolatli muvozanat haqidagi dissertatsiya bilan PhD darajasini oladi.[5][6]

Yuridik va biznes karyerasi tahrir

2003-yil aprel oyida u Sloveniya Oliy sudiga Taʼlim va axborot markazi direktori sifatida qoʻshiladi.[6] Pirk Musar 2004—2014-yillar oraligʻida ommaviy axborotga kirish boʻyicha komissar boʻlganligi bilan yaxshi eslanadi.[7][4] 2011-yil mart oyidan boshlab u Yevropol boʻyicha Qoʻshma nazorat organining vitse-prezidenti, 2012-yildan esa axborot komissari sifatidagi mandati tugagunga qadar Yevropa Ittifoqining ushbu organida prezident boʻlgan.[8] Axborot boʻyicha komissar sifatidagi vakolati tugaganidan soʻng u oʻzining yuridik firmasini tashkil etadi.[9] Rosana Lemut Strle, 2016-yilda advokatlik firmasining hamkoriga aylanadi va yuridik firma Pirc Musar & Lemut Strle deb nomlana boshlanadi.[9] Boshqalar qatorida u erining AQSh prezidentligi davrida Melaniya Trampning vakili boʻlgan.[10][11] Koʻp eʼlon qilingan ishlarda u sotsial-demokratlar siyosatchilari,[12][13] Qoʻshma Shtatlardagi elchi Stanislav Vidovich[14] va boshqalarning vakili boʻlgan.

2010—2021-yillar oraligʻida Natasha Pirk Musar bir necha bor mamlakatdagi eng nufuzli advokatlar oʻntaligiga kirdi.[15][16][17][18] U ayol ekspertlarni birlashtirish va bilimlarini targʻib qilish maqsadida OnaVe assotsiatsiyasiga asos soladi.[19][20] 2015-yildan 2016-yilgacha u Sloveniya Qizil Xoch jamiyatining prezidenti boʻlgan.[21]

Pirk Musar sloven, ingliz va xorvat tillarida axborot erkinligi va shaxsiy daxlsizlik haqida kamida oltita kitob muallifi yoki hammuallifi boʻlgan.[22][23][24][25][26][27]

Siyosiy karyerasi tahrir

2022-yil 23-iyunda u 2022-yil 23-oktyabrga rejalashtirilgan Sloveniya prezidentligiga boʻladigan 2022-yilgi prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida oʻz nomzodini qoʻyishini eʼlon qiladi.[28][29] U birinchi boʻlib prezidentlikka nomzodini eʼlon qiladi va uni Sloveniyaning sobiq prezidentlari Milan Kuchan va Danilo Turk qoʻllab-quvvatlaydi.[30] Pirk Musar siyosiy partiyaga aʼzo boʻlmagan va u aʼzo boʻlishni rejalashtirmagan edi.[31] U mustaqil nomzod sifatida oʻz nomzodini himoya qilgan boʻlsa-da, Qaroqchilar partiyasi[32] va Yoshlar partiyasi — Yevropa Yashillar partiyasi ham uni qoʻllab-quvvatlaydi.[33]

Uning nomzodi bir oz keyinroq prezidentlikka nomzodini eʼlon qilgan hukmron partiya Ozodlik harakati vitse-prezidenti Marta Kos bilan munosabatlari haqida ommaviy axborot vositalarida koʻplab mish-mishlarni keltirib chiqaradi.[34][35] Pirk Musar va Kos doʻst ekanliklarini daʼvo qilishgan, biroq OAV xabarlariga koʻra, ular bir-birlari bilan muloqot qilishni toʻxtatgan.[20] 2022-yil sentabr oyida Kos oʻz nomzodini qaytarib oladi, bu esa allaqachon yetakchilik qilayotgan Pirk Musarni qoʻllab-quvvatlovchilarning koʻpayishiga olib keladi.[36] Oktyabr oyida u prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida ikkinchi oʻrinni egallaydi va buning natijasida 2022-yil noyabrida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ikki daʼvogardan biriga aylanadi[37] 13-noyabr kungi ikkinchi raundda Natasha Pirk Musar Anje Logarni magʻlub etadi va Sloveniyaning birinchi ayol prezidenti etib saylanadi.[38]

Shaxsiy hayoti tahrir

U tadbirkor Aleš Musarga uylangan va ularning bir oʻgʻli bor. Ular Zgornje Gameljne shahridagi rus dacha deb nomlanuvchi mulk egalari, shuningdek, 1971-yilda qirolicha Yelizaveta II ning birinchi amakivachchasi malika Aleksandra uchun va bir vaqtlar unga tegishli boʻlgan Rolls Royce Phantom VI limuziniga ham egalik qiladilar.[39][40]

Manbalar tahrir

  1. „Wahlkommission: Slowenen küren Pirc-Musar zur Präsidentin“. www.zeit.de. 2022-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Življenjepis“ (sl-SI). Nataša Pirc Musar – Kandidatka za predsednico. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  3. „Kdo je srčni izbranec Nataše Pirc Musar?“ (inglizcha). Metropolitan.si (23-iyun 2022-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 „EXCLUSIVE, NATASA PIRC MUSAR: How I became Melania Trump's attorney, and we never met!“ (serbcha). Telegraf.rs. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  5. „dr. Nataša Pirc Musar“ (sl-SI). Privacy Days. 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
  6. 6,0 6,1 „Nataša Pirc Musar“ (inglizcha). European Institution of Public Administration. 2022-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  7. „Zgodovina Informacijskega pooblaščenca – IPRS“. www.ip-rs.si. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  8. „Nataša Pirc Musar“ (inglizcha). Advisory Excellence. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  9. 9,0 9,1 „Law firm in Slovenia“ (inglizcha). Law Firm Pirc Musar & Lemut Strle. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  10. Zerdin. „No more 'Melania Trump' underwear, honey for Slovenians“ (inglizcha). The Detroit News. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  11. Nemtsova, Anna. „Melania Trump's Lawyer Back Home Says You Better Not Say She Was an 'Escort'“ (inglizcha). The Daily Beast (9-avgust 2017-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  12. „Janez Janša javno objavil pismo, ki ga je dobil od Nataše Pirc Musar (FOTO)“ (sl-si). www.slovenskenovice.si. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  13. „Bo ustavno sodišče o pobudi za izbris SD in Levice odločalo še pred volitvami?“ (sl-SI). N1 (10-fevral 2022-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  14. Požar. „Stanislav Vidovič, diplomat, politik SMC in-bivši tajni agent prek Nataše Pirc Musar tožil Bojana Požarja in izgubil“. Požareport.
  15. „Najvplivnejši pravniki o pravni korektnosti, politični všečnosti pravnikov, arbitraži in Wikileaksu“. Dnevnik. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  16. „Vsak dan prvi - 24ur.com“. www.24ur.com. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  17. „Kdo je najvplivnejši pravnik?“. Mladina.si. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  18. „ZNANIH JE 10 NAJVPLIVNEJŠIH PRAVNIKOV 2021“ (slovencha). IUS-INFO. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  19. itmelona. „Kdo smo“ (sl-SI). ONA VE. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  20. 20,0 20,1 „Med Marto Kos in Natašo Pirc Musar se že iskri; ali je to v resnici samo predstava za javnosti, preberite v jutrišnji reviji Demokracija“ (sl-SI). Demokracija (20-iyul 2022-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  21. Delo.si. „Nataša Pirc Musar na čelu Rdečega križa“ (sl-si). old.delo.si (29-iyun 2015-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  22. Maribor. „Vstop v zasebnost prepovedan! : varstvo osebnih podatkov :: COBISS+“ (slovencha). plus.cobiss.net. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  23. Maribor. „Kako in kdaj uporabljati test javnega interesa? : novela Zakona o dostopu do informacij javnega značaja :: COBISS+“ (slovencha). plus.cobiss.net. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  24. Maribor. „Zaštita podataka i nadležnosti institucija Evropske unije : priručnik; Data protection and competencies of European Union institutions :: COBISS+“ (slovencha). plus.cobiss.net. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  25. Maribor. „Tudi danes imate pravico vedeti :: COBISS+“ (slovencha). plus.cobiss.net. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  26. Maribor. „Samo ti odločaš : komu lahko zaupam osebne podatke in kdaj? :: COBISS+“ (slovencha). plus.cobiss.net. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  27. Maribor. „Zasebnost in varovanje osebnih podatkov v organizaciji :: COBISS+“ (slovencha). plus.cobiss.net. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  28. „Nataša Pirc Musar bo v Ruski dači sporočila, ali bo kandidirala za predsednico države“ (slovencha). siol.net. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  29. Maček. „Former information commissioner top contender in Slovenia's presidential race“ (inglizcha). www.euractiv.com (23-avgust 2022-yil). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
  30. „Pirc Musar the first candidate to formally announce her presidential bid“ (inglizcha). rtvslo.si. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  31. „A week before the deadline, five candidates“ (en-us). Slovenia Posts English (21-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  32. „Pirate Party endorses Pirc Musar for president“ (inglizcha). Slovenia Times (26-iyul 2022-yil). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  33. „Pirc Musarjeva: I don't want punches below the belt and attacks to order“. slovenia.postsen.com. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  34. „Poleg prostozidarskega in gejevskega skozi Goloba prodira tudi ženski lobi: a Urška, Marta, Nataša, Tanja že sprte“ (inglizcha). pozareport.si. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  35. „Zakaj Kučan podpira Natašo proti Marti? Ker že nekaj tednov po Ljubljani govori, da Golob ne sme dobiti vsega.“ (inglizcha). pozareport.si. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  36. „STA: Pirc Musar's bid gets boost after Kos quits, poll shows“. english.sta.si. Qaraldi: 22-sentabr 2022-yil.
  37. „Slovenians Won't Vote for Jansa's Puppet as President“ (inglizcha). Balkan Insight (2-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  38. „Slovenia elects Natasa Pirc Musar to become first female president“ (inglizcha). Le Monde.fr (13-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2022-yil.
  39. „Ruska dača je dolgo propadala, po dveh letih prenove pa spet živi #video #foto“ (slovencha). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
  40. „Rolls Royce | Najem limuzine Ruska dača | Kraljevski Rolls Royce“ (sl-SI). Ruska dača. Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.

Qoshimcha havolalar tahrir