Nepal iqtisodiyoti rivojlanayotgan toifadagi iqtisodiyot boʻlib, u asosan qishloq xoʻjaligi va pul oʻtkazmalariga bogʻliq. XX asr oʻrtalarigacha yakkalanib qolgan, agrar jamiyat boʻlgan Nepal 1951-yilda maktablar, shifoxonalar, yoʻllar, telekommunikatsiyalar, elektr energiyasi, sanoat va davlat xizmatisiz zamonaviy davrga kirib keldi. Biroq, mamlakat 1950-yillardan beri barqaror iqtisodiy oʻsish yoʻlida muvaffaqiyatga erishdi. Mamlakat iqtisodiyotni liberallashtirish uchun yoʻl ochgach, bu oʻtmishga nisbatan iqtisodiy oʻsish va turmush darajasining yaxshilanishiga olib keldi. Mamlakatning yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishishdagi eng katta toʻsiqlari siyosiy rahbariyatning tez-tez oʻzgarishi hamda korrupsiyadir. Nepal doimiy ravishda dunyodagi eng kambagʻal mamlakatlar qatorida qayd etib kelinmoqda[17][18][19].

Nepal iqtisodiyoti

Nepalning moliyaviy markazi — Katmandu
Valyutasi Nepal rupiyasi (NPR, रू)
16-iyul — 15-iyul
Savdo tashkilotlari
JST, ShHT va JOESH
Mamlakat guruhi
Statistikalar
Aholi 29,192,480 (2021)[3]
YaIM
  • $45.21 milliard (nominal, 2022 tax.)[4]
  • $174.32 milliard (XQP, 2022 tax.)[4]
YaIM oʻsishi
  • 6.9% (18/19), -2.37% (19/20),
  • 4.25% (20/21), 5.84% (21/22)[5]
Jon boshiga YaIM
  • $1,509 (nominal, 2022 tax.)[4]
  • $5,800 (XQP, 2022 tax.)[4]
Tarmoqlar boʻyicha YaIM
7.28 % (2021)[4]
Qashshoqlik chegarasidan past aholi
  • 13.8% (2022)[7]
  • 18,3 % kuniga $3,20 dan kam (2022)[8]
Gini koeffitsiyenti
32.8 oʻrtacha (2010)[9]
Ishchi kuchi
  • Decrease 16,016,973 (2020)[12]
  • yarim malakali ishchi kuchi[6]
  • 76.2 % bandlik darajasi (2020)[13]
Ishchi kuchi kasb boʻyicha
  • qishloq xoʻjaligi: 43.1%
  • sanoat: 21.24%
  • xizmat koʻrsatish: 35.66%
  • (2020)[6]
Ishsizlik 1.47 % (2020)[6]
Asosiy ishlab chiqarish
turizm, gilam, toʻqimachilik, guruch, jut, shakar va moy, sigareta, sement va gʻisht ishlab chiqarish[6]
94-oʻrin (oson, 2020)[14]
Eksport $2.69 milliard (2021)[6]
Eksport tovarlari
kiyim-kechak, dukkakli oʻsimliklar, gilam, toʻqimachilik, sharbat, jut mahsulotlari[6]
Asosiy eksport hamkorlari
Import $15.17 milliard (2021)[6]
Import tovarlari
neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, oltin, elektrotexnika tovarlari, dori[6]
Asosiy import hamkorlari
Joriy hisob
−$68 million (2020)[6]
$11 milliard (31-dekabr 2020)[6]
Davlat moliyasi
YaIMning 40.16 %i (2019/2020)[15]
−0.1 % (YaIMning) (2017 tax.)[6]
Daromadlar 10.925 milliard (2017 tax.)[6]
Asosiy maʼlumotlar manbasi: Markaziy razvedka boshqarmasi Jahon faktlar kitobi
Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan.

Nepal iqtisodiy rivojlanishda muvaffaqiyatga erishish uchun bir qator besh yillik rejalardan foydalangan. U 2002-yilda toʻqqizinchi iqtisodiy rivojlanish rejasini yakunladi; valyutasi konvertatsiya qilinib, 17 ta davlat korxonasi xususiylashtirildi. Nepalga berilgan tashqi yordam rivojlanish byudjetining yarmidan koʻpini tashkil qiladi. Oʻtgan yillar davomida transport va aloqa vositalari, qishloq xoʻjaligi va sanoatni rivojlantirish davlatning ustuvor yoʻnalishlari boʻldi. 1975-yildan boshlab davlat boshqaruvini takomillashtirish va qishloqlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi.

Qishloq xoʻjaligi Nepalning asosiy iqtisodiy faoliyati boʻlib qolmoqda, u aholining taxminan 65 foizini ish bilan taʼminlaydi va YaIMning 31,7 foizini tashkil etadi. Mamlakat umumiy maydonining atigi 20 foizga yaqini ekin ekishga yaroqli, yana 40,7 foizi oʻrmonlashgan (yaʼni, butalar, yaylovlar va oʻrmonlar bilan qoplangan), qolgan qismi esa togʻli hududdan iborat. Nepalda meva va sabzavotlar (olma, nok, pomidor, turli xil salatlar, shaftoli, kartoshka), shuningdek, sholi va bugʻdoy asosiy oziq-ovqat ekinlari hisoblanadi. Terai pasttekisligi hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ortiqcha miqdorda yetishtiriladi va uning bir qismi oziq-ovqat yetishmovchiligi boʻlgan togʻli hududlarni taʼminlaydi.

YaIM koʻp jihatdan chet elda ishlayotgan ishchilarning pul oʻtkazmalariga (9,1 %) bogʻliq. Shu sababli, Nepalda ijtimoiy xizmatlar va infratuzilmaning iqtisodiy rivojlanishi sezilarli oʻsishga erishmagan. Butun mamlakat boʻylab boshlangʻich taʼlim tizimi joriy etilmoqda va Tribhuvan universitetining bir nechta kampusi mavjud. Katmandu avtomobil yoʻllari hamda kengayib borayotgan avtomobil tarmogʻi orqali Hindiston va unga yaqin togʻli hududlar bilan bogʻlangan. 2008-yilning 17-fevralida Nepal janubida boʻlib oʻtgan umumiy ish tashlash tufayli poytaxtda yoqilgʻi va oziq-ovqat mahsulotlari deyarli tugab qolgan edi[20].

Asosiy shaharlar poytaxt bilan telefon aloqasi va ichki havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Soʻnggi yillarda eksportga moʻljallangan gilam toʻqish va tikuvchilik sanoatlari tez sur’atda oʻsib bormoqda. Ular birgalikda mamlakat tovar eksportining taxminan 70 foizini tashkil etadi.

Nepalda yashash qiymati indeksi koʻplab mamlakatlarga qaraganda nisbatan past, lekin eng kam miqdorda emas. Soʻnggi yillarda hayot sifati juda past qiymatga tushib ketdi[21]. 2021-yilgi global ochlik indeksida Nepal 2021-yilgi GHI ballarini hisoblash uchun yetarli maʼlumotlari mavjud boʻlgan 116 ta mamlakat ichida 76-oʻrinni egallagan. 19,1 ball bilan Nepal oʻrtacha ochlik darajasiga ega[22].

Xorijiy investitsiyalar va soliqqa tortish

tahrir

Nepalga koʻplab sohalarga sarmoya kiritayotgan norezident nepalliklar orqali katta miqdordagi kichik xorijiy investitsiyalar kirib keladi. Nepal gidroenergetika uchun ulkan salohiyatga ega. Shunga koʻra, koʻplab xorijiy kompaniyalar Nepalga sarmoya kiritishga tayyor, ammo siyosiy beqarorlik bu jarayonni toʻxtatdi. Nepal 2000-yildan beri 10 ta davlat (PSRD) bilan ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish boʻyicha shartnomalar tuzdi (barchasi kredit usulida). Xuddi shunday, 1983-yildan beri 5 ta davlat (PSRD) bilan investitsiyalarni himoya qilish boʻyicha kelishuvlarga ega. 2014-yilda Nepal rivojlanish boʻyicha hamkorlaridan keluvchi xorijiy grantlar, imtiyozli va tijorat kreditlari uchun minimal limitni belgilash orqali tashqi yordamni chekladi[23].

Import va eksporti

tahrir
 
Nepal eksportining mutanosib xaritasi

Nepalning tovar savdo balansi 2000-yildan beri gilam va tikuvchilik sanoatining rivojlanishi bilan birmuncha yaxshilandi. Mamlakatda 2000—2001-moliya yilida eksport importga (4,5 foiz) nisbatan koʻproq (14 foiz) oʻsdi va bu savdo kamomadini oʻtgan yilga nisbatan 4 foizga, yaʼni 749 mln dollarga kamaytirishga yordam berdi. Yaqinda Yevropa Ittifoqi Nepaldan keluvchi tayyor kiyimlarning, meva va sabzavotlarning (asosan olma, nok, pomidor, turli xil salatlar, shaftoli, nektar, kartoshka, guruch) eng yirik xaridoriga aylandi. Yevropa Ittifoqiga qilinadigan tikuvchilik mahsulotlari eksporti jami mamlakat tikuvchilik eksportining 46,13 foizini tashkil etgan[24].

Yillik musson yomgʻirlari mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. 1996—1999-yillarda yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi oʻrtacha 4 foizdan kam boʻldi. Oʻsish surʼati 1999-yilda qayta tiklandi, 6 foizgacha koʻtarildi va 2001-yilda 5,5 foizgacha pasaydi.

Mamlakat iqtisodiyotida kuchli eksport koʻrsatkichlari, jumladan, turizmdan tushgan daromadlar va tashqi yordam umumiy toʻlov balansini yaxshilash hamda xalqaro zaxiralarni koʻpaytirishga yordam berdi. Nepal Buyuk Britaniya[25][26][27], AQSh, Yaponiya, Germaniya va Skandinaviya davlatlaridan katta miqdorda tashqi yordam olgan.

Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va BMT Taraqqiyot dasturi kabi bir qancha koʻp tarmoqli tashkilotlar ham mamlakatga yordam koʻrsatadi. 1998-yil iyun oyida Nepal tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi memorandumni Jahon savdo tashkilotiga taqdim etdi va 2000-yil may oyida bu tashkilotga qoʻshilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni boshladi.

Resurslari

tahrir
 
Sayyohlar Nepal gʻarbidagi Annapurna togʻiga chiqmoqda. Turizm Nepal iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi.

Nepal tabiiy resurslari, turizm va gidroenergetikadan foydalanishda muvaffaqiyatga erishdi. Dunyodagi 10 ta eng baland choʻqqilardan sakkiztasi, jumladan Everest togʻi (8848,86 m) ham Nepal chegarasida joylashgan. Mamlakatda 1990-yillar boshida bitta yirik davlat sektori loyihasi va bir qancha xususiy loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi; ulardan baʼzilari yakunlangan. Xususiy sektor tomonidan moliyalashtirilgan eng muhim gidroenergetika loyihalari hozirda Ximti Xola (60 MVt) va Bhote Koshi loyihasi (36 MVt) hisoblanadi. Loyiha hali ham davom etmoqda va uning keyingi bosqichlariga qadam qoʻyish Xitoy, Hindiston hamda Yaponiya bilan munosabatlarga bogʻliq.

 
Yuqori Tamakoshi gidroenergetikasi, Nepaldagi eng yirik gidroenergetika

Nepalda nazariy jihatdan 83 000 MVt va texnik hamda moliyaviy jihatdan amalga oshirish mumkin boʻlgan 42 133 MVt gidroenergetik salohiyat mavjud. Biroq, hozirgi kunda olinishi belgilangan umumiy energiya quvvati 2 500 MVtni tashkil etib, bu koʻrsatkich asta-sekin oshib bormoqda[28].

Hindistonning Nepaldan elektr energiyasini sotib olishi boʻyicha kelishuv muzokaralari bir necha yillardan beri davom etmoqda, biroq narx hamda moliyalashtirish boʻyicha bahslar muammo boʻlib qolmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda elektr energiyasiga boʻlgan talab yiliga 8-10 foizga oshib bormoqda, Nepalning Hindiston bilan kelishuvga erishish varianti esa bu talabni qondirishga imkon beradi. 2022-yil iyun holatiga koʻra, Nepal tomonidan 364 MVt gacha boʻlgan ortiqcha elektr energiyasi Hindistonga eksport qilingan[29].

Aholining tabiiy resurslarga bosimi ortib bormoqda. Ortiqcha aholi allaqachon oʻrta togʻli hududlarning, xususan Katmandu vodiysining „koʻtarish qobiliyatini“ zoʻriqtirmoqda, bu esa ekinlar, yoqilgʻi va yem-xashak uchun xizmat qiladigan oʻrmon qoplamining yoʻqolishiga olib kelmoqda hamda eroziya va suv toshqinlariga hissa qoʻshmoqda. Mamlakatdagi togʻning tik relefi qazib olishni qiyinlashtirsa-da, mineralogik tadqiqotlar natijasida ohaktosh, magnezit, rux, mis, temir, slyuda, qoʻrgʻoshin va kobaltning kichik konlari topilgan. Nepalda birgina 2018-yilda 11 522 tonna koʻmir qazib olish ishlari amalga oshirilgan.

Gidroenergetika loyihalarining rivojlanishi mahalliy tubjoy guruhlar bilan baʼzi ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda[30].

Makroiqtisodiy tendensiya

tahrir

Bu Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi va EconStats tomonidan baholangan Nepal yalpi ichki mahsulotining bozor narxlaridagi oʻzgarish tendensiyasini koʻrsatuvchi diagramma boʻlib, unda koʻrsatkichlar million Nepal rupiyasida ifodalangan:

Yil Yalpi ichki mahsulot
1960-yil 3,870
1965-yil 5,602
1970-yil 8,768
1975-yil 16,571
1980-yil 23,350
1985-yil 46,586
1990-yil 103,415
1995-yil 219,174
2000-yil 379,488

Quyidagi jadvalda Nepalning 1980—2018-yillardagi asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari keltirilgan[31]:

Yil 1980 1985 1990 1995 2000 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018
YaIM $da
(XQP)
6.02 mlrd 9.86 mlrd 14.39 mlrd 20.90 mlrd 28.75 mlrd 38.45 mlrd 40.97 mlrd 43.49 mlrd 47.05 mlrd 49.56 mlrd 52.58 mlrd 55.50 mlrd 59.23 mlrd 62.67 mlrd 67.62 mlrd 70.62 mlrd 71.82 mlrd 78.59 mlrd 84.37 mlrd
Aholi jon boshiga YaIM
$da (XQP)
404 590 767 977 1,211 1,500 1,579 1,659 1,777 1,853 1,946 2,031 2,142 2,239 2,387 2,464 2,477 2,679 2,842
YaIM oʻsishi
(real)
−2.3 % 6.1 % 14.4 % 3.5 % 6.1 % 3.5 % 3.4 % 3.4 % 6.1 % 4.5 % 4.8 % 3.4 % 4.8 % 4.1 % 6.0 % 3.3 % 0.6 % 8.2 % 6.7 %
Inflyatsiya
(foizda)
9.8 % 4.1 % 8.9 % 7.7 % 3.4 % 4.5 % 8.0 % 6.2 % 6.7 % 12.6 % 9.6 % 9.6 % 8.3 % 9.9 % 9.0 % 7.2 % 9.9 % 4.5 % 4.2 %
Davlat qarzi
(YaIM foizi)
58 % 51 % 49 % 43 % 42 % 39 % 34 % 32 % 34 % 32 % 28 % 25 % 27 % 27 % 27.4 %

Statistikasi

tahrir

YaIM: xarid qobiliyati pariteti – 84,37 milliard dollar (2018-yil hisobi)[32] 

YaIM – real oʻsish surʼati: 21,77 % (2017-yil)

YaIM – aholi jon boshiga: xarid qobiliyati pariteti (hozirgi xalqaro dollar) – $2700 (2017-yil tax.)

YaIM – tarmoqlar boʻyicha tarkibi:

qishloq xoʻjaligi: 17 %;

sanoat: 13,5 %;

xizmatlar: 60,5 %;

turizm: 9 % (2017-yil tax.)

Qashshoqlik chegarasidan past aholi: 25,6 % (2017—2018)

Uy xoʻjaliklarining daromadlari yoki isteʼmoli foiz ulushi boʻyicha:

eng past 10 %: 3,2 %;

eng yuqori 10 %: 29,8 % (1995—1996)

Inflyatsiya darajasi (isteʼmol narxlari): 4,5 % (2017)

Ishchi kuchi: 4 million (2016-yil tax.) 

Ishchi kuchi – faoliyat boʻyicha:

qishloq xoʻjaligi: 19 %;

xizmatlar: 69 %;

sanoat: 12 % (2014-yil tax.)

Ishsizlik darajasi: 1,47 % (2017-yil tax.)

Byudjet:

daromadlari: 5,954 milliard dollar;

xarajatlar: 5,974 milliard dollar (2017-yil tax.)

Sanoat: turizm, gilamchilik, toʻqimachilik, guruch, jut, shakar va moy, sigareta, sement va gʻisht ishlab chiqarish

Sanoat ishlab chiqarishining oʻsish surʼati: 10,9 % (2017-yil tax.):

Elektr energiyasi – ishlab chiqarish: 41 083 GVt/soat (2017)

Elektr energiyasi – manbasi boʻyicha ishlab chiqarish:

qazib olinadigan yoqilgʻi: 7,5 %

gidro: 91,5 %

yadroviy: 0,3 %

boshqa: 0,7 % (2001)

Mavjud energiya: 6957,73 GVt/soat (2017); NEA Gidro: 2290,78 GVt/soat (2014); NEA Termal: 9,56 GVt/soat (2014); Xarid (jami): 2331,17 GVt/soat (2014); Hindiston (sotib olish): 2175,04 GVt/soat (2017); Nepal (IPP): 1258,94 GVt/soat (2014)

Elektr energiyasi – isteʼmoli: 4 776,53 GVt soat (2017)

Elektr energiyasi – eksport: 856 GVt/soat (2001)

Elektr energiyasi – import: 12 GVt/soat (2001)

Neft ishlab chiqarish: kuniga 0 barrel (0 m3/d; 2001-yil tax.)

Neft isteʼmoli: kuniga 1,600 barrel (250 m3/d; 2001-yil tax.)

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari: Meva va sabzavotlar, asosan: olma, nok, pomidor, shaftoli, nektar, kartoshka, sholi, makkajoʻxori, bugʻdoy, shakarqamish, ildiz ekinlari, sut, buyvol goʻshti.

Eksport: $1,29 milliard, lekin Hindiston bilan qayd etilmagan chegara savdosini oʻz ichiga olmaydi (2020-yil tax.)

Eksport tovarlari: gilam, kiyim-kechak, charm buyumlar, jut mahsulotlari, don

Eksport – hamkorlar: Hindiston 56,6 %, AQSh 11,5 %, Turkiya 9,2 % (2016-yil tax.)

Import: $1,6 milliard (2021-yil tax.)

Import – tovarlar: oltin, mashina va uskunalar, neft mahsulotlari, elektrotexnika, dori-darmon

Import – hamkorlar: Hindiston 70,1 %, Xitoy 10,3 %, BAA 2,6 %, Singapur 2,1 %, Saudiya Arabistoni 1,2 %. (2016-yil tax.)

Qarz – tashqi: 8,8 milliard dollar (2021-yil tax.)

Iqtisodiy yordam – olish: 2 milliard dollar (2019—2020-moliya yili)

Valyuta: 1 Nepal rupiyasi (NPR) = 100 paisa

Moliyaviy yil: 16-iyul – 15-iyul

Manbalar

tahrir
  1. „World Economic Outlook Database, April 2019“. IMF.org. International Monetary Fund. Qaraldi: 29-sentabr 2019-yil.
  2. „World Bank Country and Lending Groups“. datahelpdesk.worldbank.org. World Bank. Qaraldi: 1-iyul 2020-yil.
  3. „Population, total - Nepal“. Central_Bureau_of_Statistics_ (Nepal). Qaraldi: 29-aprel 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „World Economic Outlook Database, April 2021“. IMF.org. International Monetary Fund. Qaraldi: 10-aprel 2021-yil.
  5. „CBS GDP 2022“. cbs.gov.np. Central_Bureau_of_Statistics_ (Nepal). 2022-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2022-yil.
  6. 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 6,11 6,12 6,13 6,14 6,15 „The World Factbook“. CIA.gov. Central Intelligence Agency. Qaraldi: 1-noyabr 2020-yil.
  7. „Poverty headcount ratio at national poverty lines (% of population) - Nepal“. xinhuanet.net. Xinhuanet. Qaraldi: 18-yanvar 2020-yil.
  8. „Poverty headcount ratio at $3.20 a day (2011 XQP) (% of population) - Nepal“. data.worldbank.org. World Bank. Qaraldi: 1-iyul 2020-yil.
  9. „GINI index (World Bank estimate)“. data.worldbank.org. World Bank. Qaraldi: 25-yanvar 2019-yil.
  10. „Human Development Index (HDI)“. hdr.undp.org. HDRO (Human Development Report Office) United Nations Development Programme. Qaraldi: 11-dekabr 2019-yil.
  11. „Inequality-adjusted HDI (IHDI)“. hdr.undp.org. UNDP. Qaraldi: 22-may 2020-yil.
  12. „Labor force, total“. World Bank. Qaraldi: 2-noyabr 2019-yil.
  13. „Employment to population ratio, 15+, total (%) (national estimate)“. World Bank. Qaraldi: 14-sentabr 2019-yil.
  14. „Ease of Doing Business in Nepal“. Doingbusiness.org. Qaraldi: 24-oktabr 2019-yil.
  15. „Nepal's Debt“. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  16. „Nepal's Forex Reserves“. Qaraldi: 1-yanvar 2021-yil.
  17. „Climbing Higher: Toward a Middle-Income Nepal“.
  18. „10 Causes of Poverty in Nepal - Friends of WPC Nepal“ (2020-yil 29-may).
  19. „Poverty in Nepal, Hunger and food shortages, INF“.
  20. Kathmandu nearly out of fuel, Nepal says.
  21. Cost of Living Index in Nepal – Statistics & Graphs of Nepalese Citizenʼs Economic Power.
  22. „Nepal“ (inglizcha). Global Hunger Index (GHI) - peer-reviewed annual publication designed to comprehensively measure and track hunger at the global, regional, and country levels. Qaraldi: 27-may 2022-yil.
  23. „Nepal puts a minimum amount limit on foreign aid and loans“. IANS. news.biharprabha.com. Qaraldi: 3-iyul 2014-yil.
  24. „EU as Nepal's largest exporter“. ktm2day. Qaraldi: 11-oktabr 2011-yil.
  25. „UK should cut aid to Nepal if "endemic" corruption persists: report“. Reuters (27-mart 2015-yil). Qaraldi: 16-may 2015-yil.
  26. „DFID's bilateral programme in Nepal“. The International Development Committee of the House of Commons (27-mart 2015-yil). Qaraldi: 17-may 2015-yil.
  27. „A Conversation with Departing Nepal Chief of the UK Aid Agency“. United We Blog! for a Democratic Nepal (15-iyun 2013-yil). Qaraldi: 16-may 2015-yil.
  28. „Nepali Political parties criticize Indian Hydel Power proposal“. IANS. news.biharprabha.com. Qaraldi: 20-iyul 2014-yil.
  29. „Nepal starts exporting surplus electricity to India“. english.onlinekhabar.com. Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.
  30. „Jones, Peris: When the lights go out.“. 2011-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
  31. „Report for Selected Countries and Subjects“ (inglizcha). Qaraldi: 30-avgust 2018-yil.
  32. „Nepal Economy Profile 2019“. www.indexmundi.com.

Havolalar

tahrir