Nikita Simonyan
Nikita Pavlovich Simonyan (ruscha: Никита Павлович Симонян, armancha: Նիկիտա Մկրտիչ Սիմոնյան, 12-oktyabr 1926-yilda Armavirda tugʻilgan) – sovet va rus sobiq futbol hujumchisi va arman murabbiyi. 2021-yildan boshlab Simonyan rossiyalik futbol funksioneri Rossiya futbol ittifoqining birinchi vitse-prezidenti edi. Simonyan 1954-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoni, 1968-yilda Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni, 1970-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni va „Vatan oldidagi xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[1]. Simonyan 160 ta gol bilan Moskvaning „Spartak“ klubi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nikita Pavlovich Simonyan | ||
Tavallud sanasi | 12-oktyabr 1926-yil | ||
Tavallud joyi | Armavir, RSFSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.72 m (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Dinamo Suxumi | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1946–1948 | Krylya Sovetov Moskva | 52 | (9) |
1949–1959 | Spartak Moskva | 233 | (133) |
Total | 285 | (142) | |
Milliy terma jamoa | |||
1954–1958 | SSSR | 20 | (10) |
Boshqargan klublari | |||
1960–1965 | Spartak Moskva | ||
1963 | SSSR | ||
1964 | SSSR | ||
1967–1972 | Spartak Moskva | ||
1973–1974 | Ararat Yerevan | ||
1977–1979 | SSSR | ||
1980–1981 | Chornomorets | ||
1984–1985 | Ararat Yerevan | ||
1988 | SSSR | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirKlub faoliyati
tahrirSimonyan yoshligida Suxumining „Dinamo“ klubida oʻynagan. Suxumida oʻn olti yil yashaganidan soʻng, Simonyan Moskvaga koʻchib oʻtgan va u yerda „Krilya Sovetov“ deb nomlanuvchi mahalliy „Krilya Sovetov Moskva“ klubi tarkibiga qoʻshilgan. Goroxov Simonyanning Moskvadagi birinchi murabbiyiga aylangan.
„Krilya Sovetov Moskva“ 1948-yilgi Sovet Oliy Ligasida oxirgi oʻrinni egallaganidan soʻng, klub tarqatib yuborilgan. Simonyan 1949-yilda Moskvaning „Spartak“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Oʻzining birinchi yilida „Spartak Moskva“ klubi bialn 1949-yilgi Sovet Oliy Ligasida uchinchi oʻrinni egallagan. Simonyan va Spartak nihoyat 1952-yilgi Sovet Oliy Ligasida gʻalaba qozonishgan. Nikita faoliyati davomida „Spartak“ jamoasisafida 233 ta oʻyinda maydonga tushib, 133 ta gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirSimonyan 1954-yilda Sovet Ittifoqining futbol terma jamoasiga qoʻshilgan. Nikita jamoa bilan 1956-yilda Melburnda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Jamoa Germaniya, Indoneziya, Bolgariya va nihoyat Yugoslaviyani magʻlub etib, futbol boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].
Simonyan 1958-yilgi FIFA Jahon chempionatida, birinchi jahon chempionatida Sovet futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan. Jamoa sardori Igor Netto jahon chempionatining aksariyat qismida jarohati tufayli maydonga tusha olmagani uchun uning oʻrniga Simonyan jamoa sardori etib tayinlangan. Jamoa 4-guruhga joylashgan. Simonyan Angliya darvozasiga gol urgan va lekin sovet jamoasi oʻyin yakunida durangga erishgan. Sovet Ittifoqi soʻnggi guruh oʻyinida Pele boshchiligidagi Braziliya termasiga magʻlub boʻlgan. SSSR guruh bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan, pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan. Sovet terma jamoasi chorak finalda Shvetsiyaga magʻlub boʻlishgan. Simonyan oʻzining soʻnggi oʻyinini 1958-yil 19-iyunda oʻtkazgan. Simonyan terma jamoa tarkibida 20 ta oʻyinda ishtirok etib 10 ta gol muallifi boʻlgan[4].
Murabbiylik faoliyati
tahrirSimonyan futbolchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, 1960-yilda Moskvaning „Spartak“ klubining menejeri va bosh murabbiyi boʻlgan. Simonyan va „Spartak“ 1965-yilgi Sovet kubogini qoʻlga kiritgach, Simonyan klubni boshqarishni toʻxtatgan. Nikita 1967-yilda yana „Spartak“ni boshqarishni boshlagan. „Spartak“ 1968-yilda yana SSSR oliy ligasida ikkicnhi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Klub 1969-yilda Sovet Oliy Ligasini qoʻlga kiritgan va Simonyan bosh murabbiy sifatida ikkinchi marta Oliy liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Simonyan va Spartak jamoasi birgalikda 1971-yilgi Sovet kubogini qoʻlga kiritgan edilar. Simonyan 1972-yilda „Spartak“ jamoasini boshqarishni butunlay toʻxtatgan.
Simonyan 1973-yilda Armanistonning „Ararat Yerevan“ klubini boshqarish bilan, murabbiylik faoliyatini qayta boshlagan. Ararat Yerevan jamoasi bilan dastlabki yilidayoq, 1973-yilgi Sovet Kubogini qoʻlga kiritgan. Simonyan qoʻl ostida klub oʻzining ilk sovet chempionligini ham qoʻlga kiritgan. Simonyan 1974-yilda klub murabbiyligidan ketgan. Nikita 1984-yilda „Ararat Yerevan“ jamoasiga qaytib kelgan va 1985-yilda klub murabbiyligi tark etgan.
Maʼmuriy faoliyat
tahrirSimonyan keyinchalik Sovet Ittifoqi futbol federatsiyasi, SSSR sport qoʻmitasi va Rossiya futbol ittifoqida yuqori lavozimlarda ishlagan. 2009-yil 24-noyabrda Simonyan Vitaliy Mutko isteʼfoga chiqqanidan keyin Rossiya futbol ittifoqi prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Simonyan 2010-yilning 3-fevraliga qadar bu lavozimda edi. Rossiya futbol ittifoqining navbatdan tashqari konferensiyasida 3-fevral kuni Sergey Fursenko yangi prezident etib saylangan.
Simonyan Yevro-2012 doirasida Yerevanda boʻlib oʻtgan va durang bilan yakunlangan Rossiya va Armaniston terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinga tashrif buyurgan edi. 2011-yilning 25-martida, oʻyindan bir kun oldin Armaniston prezidenti Serj Sargsyan Nikita Simonyanni „Shon-sharaf“ medali bilan taqdirladi. Taqdirlash marosimida Simonyan shunday dedi:
Men ushbu muhtaram mukofotni olishdan faxrlanaman. Bilasizmi, men yuz foiz armanman. Mening ota-onam artvinlik armanlar boʻlib, bir vaqtlar genotsiddan qochib ketishgan. Mening otam buyuk vatanparvar edi. 1973-yilda „Ararat“ jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf edi. Bu yigitlar unvon va kubokni qoʻlga kiritganlari esa men uchun murabbiy sifatida bayram edi. Darhaqiqat, bu ajoyib jamoa edi…[5]
2012-yil 25-iyunda Sergey Fursenko isteʼfoga chiqqanidan keyin Simonyan ikkinchi marta Rossiya futbol ittifoqi prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Simonyan 2012-yil 3-sentyabrda, Nikolay Tolstix Rossiya futbol ittifoqi prezidenti etib saylanganidan soʻng oʻz lavozimini tark etgan. Simonyan vatandoshi, „Spartak“ faxriysi Aleksandr Mirzoyan bilan birga Yura Movsisyanga „Spartak“ futbolchisi boʻlgani munosabati bilan yaxshi tilaklar yoʻllagan. Simonyan Movsisyanga shunday deb yozgan edi: "Aziz Yura, umid qilamanki, sen „Spartak“da mendan koʻra koʻproq unvon qoʻlga kirittasan. Senga muvaffaqiyatlar tilayman!" Movsisyan shunday javob berdi:
Simonyanning futbolchi va murabbiy sifatidagi yutuqlaridan oshib ketish qiyin boʻladi. Bunday yuksak tilaklar uchun katta rahmat. Men Simonyan va Mirzoyanni eng buyuk futbolchilar deb bilaman va ular kabi arman ekanligimdan faxrlanaman. Men ularning oʻyinlarini koʻrmaganman, lekin bilaman, ular „Spartak“ uchun juda koʻp ish qilishgan. Men ularga [muvaffaqiyatlar boʻyicha] yaqin ham emasman. [Ammo] Albatta, mening rejalarim bor. Men gollar urib, gʻalaba qozonishni xohlayman. qachon bir narsa muvaffaqiyatli boʻlsa, men oʻsha paytda tarixga kiraman[6].
2013-yil 19-fevralda Simonyan yangi „Spartak“ arenasining tantanali ochilish marosimida qatnashgan[7].
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrir- Oʻyinchi
Spartak Moskva
- Sovet Oliy Ligasi (4): 1952, 1953, 1956, 1958
- Sovet Kubogi (2): 1950, 1958
- Sovet oliy ligasining eng yaxshi toʻpurari (3): 1949 (26 gol), 1950 (34 gol), 1953 (14 gol)
- Murabbiy
Spartak Moskva
- Sovet Oliy Ligasi (2): 1962, 1969
- Sovet Kubogi (3): 1963, 1965, 1971
Ararat Yerevan
- Sovet oliy ligasi (1): 1973-yil
- Sovet Kubogi (1): 1973-yil
Mamlakat
tahrirSovet Ittifoqi
- Olimpiada oʻyinlari (1): Oltin medal 1956-yil
- FIFA Jahon chempionati (1): 1958-yil chorak finalchisi
Individual
tahrir- 3-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni
- 4-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni
- Doʻstlik ordeni
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- "Shon-sharaf belgisi" ordeni
- „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ yubiley medali
- „Mehnat faxriysi“ medali
- Olimpiya ordeni
Manbalar
tahrir- ↑ „ru:Симонян награжден орденом "За заслуги перед Отечеством"“ (ru). www.championat.com. Qaraldi: 2013-yil 21-yanvar.
- ↑ „ru:Игроки ФК Спартак Москва за всю историю. Матчасть Спартака.“ (ru). www.spartakmoskva.ru. Qaraldi: 2013-yil 21-yanvar.
- ↑ „Nikita Simonyan“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
- ↑ Matthias Arnhold. „Nikita Pavlovich Simonyan – Goals in International Matches“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2012-yil 31-may). Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
- ↑ „ru:Никита Симонян награжден армянским Орденом почета“ (ru). www.regnum.ru. Qaraldi: 2013-yil 21-yanvar.
- ↑ „hy:Յուրա Մովսիսյանի պատասխանը Նիկիտա Սիմոնյանին“ (hy). sport.news.am. Qaraldi: 2013-yil 30-yanvar.
- ↑ „hy:Նիկիտա Սիմոնյան. Հաճույքով դուրս կգայի "Սպարտակի" նոր ստադիոնի խաղադաշտ, եթե 20 տարի երիտասարդ լինեի“ (hy). sport.news.am. Qaraldi: 2013-yil 19-fevral.
Havolalar
tahrirVikiomborda Nikita Simonyan haqida turkum mavjud |
- Profile and interview (ruscha)
- Nikita Simonyan National-Football-Teams.com saytida
- Nikita Simonyan – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)