No‘mon ibn Muqarrin (arab. النعمان بن مقرن) (641-yil dekabrda vafot etgan) Muhammad alayhissalomning sahobiylaridan bo‘lgan. U Banu Muzayna qabilasining boshlig‘i edi. Banu Muzayna qabilasi Yasribdan bir oz olisda, shaharni Makkaga bog‘laydigan karvon yo‘lida yashagan.

No‘monning bir qancha aka-ukalari bo‘lib, ularning barchasi mohir askarlar edi. Abu Bakr (632–634) xalifaligi davrida No‘mon va uning oilasi ridda urushlarida murtadlarga kurashda katta rol o‘ynagan. Ular Iroqdagi urushlarda avvaliga Xolid ibn Valid, keyinroq Sa’d ibn Abu Vaqqos qo‘li ostida jang qilganlar. Kaskar jangidan so‘ng, No‘mon Kaskar tumaniga hokim etib tayinlangan.

No‘mon ma’muriy lavozimiga tayinlanganidan norozi bo‘lib, xalifa Umar ibn Xattobga (hukmronligi 634–644) maktub yozib, unga faolroq xizmat berishini so‘raydi. Nahovandda to‘plangan forslarga qarshi yurishda Umar No‘monni musulmonlar qo‘shiniga qo‘mondon etib tayinlagan. U 641-yil dekabrda Nahovand jangining ikkinchi bosqichida shahid bo‘lgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Hadrat 'Umar Faroooq, Prof. Masudul Hasan, Islamic Publications Lahore