Norak (tojikcha: Норак) — Tojikistondagi shahar. 1960-yilda Oʻrta Osiyoning eng yirik elektr stansiyasi — Norak GESning qurila boshlashi munosabati bilan 3 ta kichik qishloq (Disabur, Tutqovul va Langar) oʻrnida vujudga kelgan. Norak Dushanbedan 68 km janubi-sharqda, Vaxsh daryosining oʻng soxilida, Dushanbe — Koʻlob avtomobil yoʻlining chap tomonida joylashgan. Aholisi 27 ming kishiga yaqin (2013).

Norak
tojikcha: Норак
shahar
38°23′18″N 69°19′30″E / 38.38833°N 69.32500°E / 38.38833; 69.32500
Mamlakat Tojikiston
viloyat Xatlon viloyati
Hukumat
 • Hukumat raisi Hamid Abdulloyev
Asos solingan 1960
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
27 000[1].
Zichligi 50/m kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3138
Pochta indeks(lar)i 735300
Avtomobil kodi 03РТ
Norak tojikcha: Норак xaritada
Norak tojikcha: Норак
Norak
tojikcha: Норак

Sanoati

tahrir

Shaharda temir-beton, non zavodlari, tikuvchilik, metallsozlik korxonalari, stadion, kutubxona mavjud. [2]

Manbalar

tahrir
  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir