Nozigardon (fors.boʻyin bezagi) — zargarlik buyumi; ayollarning boʻyinga taqadigan taqinchogʻi. N. markaziy turunj, uning 2 yonidan 2 ta dan 4 ta murabba shaklli, 1 tadan uchburchak shaklli yaproqchalarning oʻzaro 5—6 qatorli zanjirlar bilan bir maromda maʼlum oralikda birikishidan hosil boʻladi; yaproqchalarning yon tomonlariga baliq va boshqa shaklli shokilalar osiladi. Turunj va yaproqchalar bir tomonlama sirkori usulida ishlanib, oʻsimliksimon naqshlar bilan bezatiladi, baʼzan koʻzlar qadaladi. Marka-ziy turunjga bir-biriga qarab turgan qanotlarini yozayotgan ikki qush shakli oʻrnatiladi. Samarqandlik ustalar yasagan N. yengil koʻrinishga ega; turunj va yaproqchalar panjarali (toʻrsimon) usulda yasalib, zigʻiraklar, baʼzan feruza koʻzlar bilan ziynatlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil