Nuriddin Ismoilov
Nuriddin Ismoilov — taniqli oʻzbek detektiv yozuvchisi va jamoat arbobi
Nuriddin Ismoilov — Taniqli oʻzbek detektiv yozuvchisi va jamoat arbobi.
Nuriddin Ismoilov | |
---|---|
Tavalludi | 20-yanvar 1969-yil |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | Detektiv roman va hikoyalar |
Biografiya
tahrir- 1969-yili 20-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlogʻida tugʻilgan.
- 1991-1997 yillarda Toshkent universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
- 1997-2000 yillarda Hurriyat gazetasida muxbir, mas’ul kotib.
- 1998-1999 yillarda „PressTIJ“ qoshidagi „Biznes-Osiyo“ jurnalida muxbirlik qilgan.
- 2000-2001 yillarda „Mohiyat“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
- 2001 yilda „Hordiq plyus“ gazetasiga asos soldi.[1]
Ijodi
tahrir„Odamlar orasidagi odamlar“ deb nomlangan hikoyalar toʻplami, „Oʻlimga mahkum qilinganlar“, „Milliarderga qoʻyilgan tuzoq“, „Burgut togʻda ulgʻayadi“ (1-, 2-kitoblar), „Jaholat qurbonlari“, „Omonat gʻor siri“, „Iblis saltanati“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Baxtning olis manzili“, „Mafiya sardori“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Shahzoda“ nomli sarguzasht-detektiv romanlari kitob holida chop etilgan.[2]
Nashr etilgan asarlari
tahrir„Oʻlimga mahkum qilinganlar“, „Milliarderga qoʻyilgan tuzoq“, „Burgut togʻda ulgʻayadi“ (1-, 2-kitoblar), „Jaholat qurbonlari“, „Omonat gʻor siri“, „Iblis saltanati“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Baxtning olis manzili“, „Mafiya sardori“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Shahzoda“[3]