Nusretiye masjidi (turkcha: Nusretiye Camii) – Istanbulning Beyoğlu (talaffuzi: Beyoʻgʻlu) shahri, Tophane tumanida joylashgan masjid. Bino 1823–1826-yillarda sulton Mahmud II tomonidan qurdirilgan.

Masjid
Nusretiye masjidi
turkcha: Nusretiye Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Beyoğlu shahri, Tophane tumani
Koordinatalar 41°01′38.38″N 28°58′59.38″E / 41.0273278°N 28.9831611°E / 41.0273278; 28.9831611
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi barokko va neoklassik uslub
Meʼmor Krikor Balian
Binokorlik 18221826
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2

Tarixi

tahrir
 
Nusretiye masjidi va Tophane soat minorasi (1862)

Nusretiye masjidi Mahmud II buyrugʻi bilan 1822–1826-yillarda Tophane mahallasida bunyod etilgan[1][2]. Masjidning nomi 1826-yilda, yaʼni masjid qurib bitkazilgan yili Mahmud II ning yanicharlarni yoʻq qilishi orqali qoʻlga kiritgan gʻalabasi sharafiga berilgan[1][2]. Mahmud II, shuningdek, bir vaqtning oʻzida masjid yaqinida oʻzidan oldingi Usmonli hukmdori Salim III tomonidan qurdirilgan va yanicharlar tomonidan vayron qilingan kazarma oʻrniga yangi artilleriya kazarmasi va parad maydonini qurdirgan. Bunday inshootlarning barpo etilishi Selim III tomonidan Tophaneda boshlangan islohotlarning davomi boʻlib xizmat qilgan[3][1].

1835–1839-yillar oraligʻida Mahmud II Nusretiye masjidi yaqinida Istanbuldagi eng qadimgi soat minorasi – Tophane soat minorasini qurdirgan. Minora 1848 yoki 1849-yillarda Abdulmajid I tomonidan yanada monumental shaklda qayta ishlangan[3][4][5].

Arxitekturasi

tahrir
 
Masjidning ichki qismi (2019-yil mart)
 
Masjidning markaziy gumbazi (2009-yil aprel)

Masjid Usmonli imperiyasidagi armanlar orasida taniqli Balian oilasidan boʻlgan Krikor Balian tomonidan qurilgan boʻlib, bu inshoot meʼmorning ilk yirik loyihalaridan biri boʻlgan[2]. Baʼzi olimlar masjid meʼmorchilikning ampir uslubida qurilgan deb taʼriflasa, olimlar Godfrey Goodwin va Doğan Kuban uni Usmonli meʼmorchiligining barokko uslubidagi masjidlardan biri sifatida taʼriflaydi[1][3]. Ünver Rüstem esa bu uslubni Usmonli meʼmorchiligining barokko uslubidan cheklangan holda neoklassik arxitektura uslubi deb baholaydi[2]. Goodwin, shuningdek, Nusretiye masjidini XVIII asr imperiya masjidlarining oxirgisi degan xulosaga kelgan[1].

Masjid oʻzining ayrim qismlari, jumladan, bino oldidagi portik hamda ikki qanotli imperator paviloni bilan Üsküdardagi Salimiya masjidiga oʻxshab ketadi[2][1][3]. Inshootning boshqa qismlarida innovatsion yangiliklardan foydalanilgan deyish mumkin, masalan, masjidning qabr va zinapoya detallari yangicha uslubda ishlangan, shuningdek, zinapoyalarni qurishda tosh oʻrniga yogʻochdan foydalanilgan, gumbazni bezashda esa anʼanaviy arab yozuvlari oʻsimlik barglari naqshlari bilan almashtirilgan[1]. Tashqaridan qaraganda, masjidning eng diqqatga sazovor qismlari uning minoralari[6][1] hamda rokoko uslubida yaratilgan sevilning haddan tashqari nozikligidir[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Goodwin 1971.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Rüstem 2019.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Kuban 2010.
  4. „Nusretiye Camii“. Archnet. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  5. Rüstem, Ünver „Victory in the Making: The Symbolism of Istanbul's Nusretiye Mosque“, . Art, Trade and Culture in the Islamic World and Beyond: From the Fatimids to the Mughals: studies presented to Doris Behrens-Abouseif Ohta: . Gingko Library, 2016. ISBN 9781909942905. 
  6. Sumner-Boyd & Freely 2010.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir

  Vikiomborda Nusretiye Mosque mavzusiga oid fayllar bor