Oʻmirzaq Shoʻkeyev
Oʻmirzaq Yestayevich Shoʻkeyev (qozoqcha: Өмірзақ Естайұлы Шөкеев; 12-mart 1964) — qozogʻistonlik davlat arbobi. Turkiston viloyatining (2019-2022 yillar) hokimi, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining sobiq oʻrinbosari, Qozogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, „Samruk Qazina“ AJ boshqaruvi raisi (2011—2017), Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (2009—2011), Ostona shahri hokimi (2004—2006), iqtisod fanlari nomzodi.
Oʻmirzaq Yestayevich Shoʻkeyev qoz. Өмірзақ Естайұлы Шөкеев | |
---|---|
2 – Turkiston viloyatining hokimi | |
Mansab davri 2019-yil 26-fevral – 2022-yil 31-avgust | |
Hukumat boshligʻi | Asqar Mamin |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Oʻtmishdoshi | Janseyit Tuymebayev |
Vorisi | Darhan Satibaldi |
Qozogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri | |
Mansab davri 15-dekabr 2017-yil – 25-fevral 2019-yil | |
Hukumat boshligʻi | Baqitjan Sagʻintayev |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Oʻtmishdoshi | Asqar Mirzahmetov |
Vorisi | Oʻmarov Saparxan |
Qozogʻiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari | |
Mansab davri 3-mart 2009-yil – 26-dekabr 2011-yil | |
Hukumat boshligʻi | Karim Masimov |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Oʻtmishdoshi | Asqar Mirzahmetov |
Vorisi | Serik Ahmetov |
Janubiy Qozogʻiston viloyatining hokimi | |
Mansab davri 20-sentabr 2006-yil – avgust 2007-yil | |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Oʻtmishdoshi | Boʻlat Jilqishiyev |
Vorisi | Nurgʻali Ashimov |
Astana shahrining hokimi | |
Mansab davri mart 2004-yil – sentabr 2006-yil | |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Oʻtmishdoshi | Temirxan Doʻsmuhambetov |
Vorisi | Asqar Mamin |
Qoʻstanay viloyatining hokimi | |
Mansab davri avgust 1998-yil – mart 2004-yil | |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Oʻtmishdoshi | Toqtarbay Qadambayev |
Vorisi | Sergey Kulagin |
Qozogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri | |
Mansab davri noyabr 1995-yil – oktabr 1997-yil | |
Hukumat boshligʻi | Akejan Kajegeldin |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Oʻtmishdoshi | Altay Tileuberdin |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 12-mart 1964-yil |
Bolalari | Nurbala, Nurgul, Nurasil |
Kasbi | Shqtisodchi |
Ilmiy unvoni | Iqtisodiyot fanlari nomzodi |
Maʼlumoti | Moskva iqtisodiyot va statistika instituti |
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrir- 1964-yil 12-martda Turkiston shahrida tugʻilgan. Millati qozoq, dulat qabilasining siyqim urugʻidan[1]. 1986-yil Moskva iqtisodiyot va statistika institutini tamomlagan, iqtisodchi-matematik.
Faoliyati
tahrir- 1986-1988 yillarda – Qozogʻiston SSR Davlat reja qoʻmitasi qoshidagi ASPU ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi.
- 1988-1991 yillar – MESI aspiranti.
- 1991-1992 yillar – ADPU ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi.
- 1992-1993 yillar – Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy iqtisodiy kengash maslahatchisi.
- 1993-yil – Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi Moliya va mehnat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.
- 1993-1995 yillarda – Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimining, maʼmuriyat boshligʻi oʻrinbosari.
- 1995-yil noyabr — 1997-yil mart Qozogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri.
- 1997-yil mart oktabr oylarida — Qozogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vaziri.
- 1997-yil iyul va oktyabr oylarida – Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (makroiqtisodiyot, sanoat, savdo, transport, energetika, fanning operativ faoliyati, MDH davlatlari bilan aloqalar masalalariga rahbarlik qildi).
- 1997-1998 yillar – „Turan-Alem“ YoAJ va „BTA Bank“ boshqaruvi raisi.
- 1998-yil – Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.
- 1998-2004 yillar – Qoʻstanay viloyati hokimi.
- 2004-2006 yillar – Ostona shahrining hokimi.
- 2006-yil sentabr – Janubiy Qozogʻiston viloyatining hokimi.
- 2007-yil avgustda — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
- 2009-yil 3-mart – Davlat rahbarining farmoni bilan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Qozogʻiston Prezidentining 2011-yil 11-apreldagi farmoni bilan u yana Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[2].
- 2011-2017 yillar — „Samruk-Qazina“ AK boshqaruvi raisi boʻlib ishladi[3].
- 2017-yil 15-dekabr — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi[4][5].
- 2019-2022 yillar – Turkiston viloyatining hokimi boʻldi.[6]
Oilasi
tahrir- Turmush oʻrtogʻi – Muhamedjanova Zaure Sovetqaliqizi.
- Qizlari – Nurbala, Nurgul;
- Oʻgʻli – Nurasil.[7]
Manbalar
tahrir- ↑ „Otirardi qiratqan kіm? | Serke — „Yel-arna“ — Yeң іrі qazaq tіldі әmbebap aqparat arnasi | elarna.net | el-arna dүniedegі eң үlken qazaq tіldі әmbebәb informatsya arnasi“. 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „Кадровые назначения“ (deadlink). 1-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2011-yil.
- ↑ „Эффект Шукеева. Почему кредитный рейтинг Казахстана в одном шаге от "мусорного"“. 18-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
- ↑ „Сможет ли Шукеев не завалить КазСельское хозяйство?“. 18-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
- ↑ Шукеев вместо Мырзахметова: рокировка с непредсказуемыми последствиями
- ↑ Умирзак Шукеев назначен акимом Туркестанской области
- ↑ Қазақстан Республикасында кімнің кім екені - 2011 жыл. Екі томдық анықтамалық. Алматы, 2011 ІSВN 978-601-278-473-2