Oʻzbegim (Vohidov asari, 2017)
"Oʻzbegim", toʻliq nomi Oʻzbegim: Sheʼrlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalar — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 2017-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida lotin yozuvida chop etilgan. 2020-yil qayta ishlangan versiyasi „Nurafshon biznes“ nashriyotida chop etilgan. 2017-yilgi nashr 2019-yilda, 2020-yilgi nashr esa 2021- va 2022-yillarda qayta bosilib chiqqan.
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | „Yangi asr avlodi“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2017 |
Sahifalar soni | 400 |
ISBN | ISBN 978-9943-20-237-5 |
Toʻplam „Yangi asr avlodi“ nashriyotining „Kamolot kutubxonasi“ ruknida nashr qilingan. Unga shoirning sheʼrlari, „Nido“ va „Ruhlar isyoni“ dostonlari, Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari, muxammaslari va Ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, Mirzo Gʻolib, Aleksandr Pushkin hamda Sergey Yesenin asarlaridan tarjimalari kiritilgan.