Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (inglizcha: Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan, ruscha: Правоохранительная академия Республики Узбекистан[5]) Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga[6] kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi[7].

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Akademiya logotipi (2022)
Xalqaro nomi Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan
Asos solingan 2022-yil
Direktori Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich[1][2]
Talabalari 300 ta[3]
Bakalavriat 250 ta
Magistratura 50 ta
Doktorantura 133 ta
Manzili 100047, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko'chasi, 9
Vebsayti proacademy.uz
Koordinatalari 41.305781°0′0″N 69.283745°0′0″E / 41.30578°N 69.28374°E / 41.30578; 69.28374

Akademiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi[8].

Akademiyada 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutgan holda tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida oliy taʼlimning ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura boʻyicha toʻlaqonli oʻquv jarayoni tashkil etildi[9].

Akademiya tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yilning 7-noyabridagi PQ–727-son qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi tugatildi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari tashkil etildi[10][11].

2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi 2018-yil 8-maydagi PF–5438-son Farmoni qabul qilindi[12]. Farmonga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi etib qayta tashkil etildi[13].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi „Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida“gi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi[14].

Xronologiya

tahrir
  • 1992—2007-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi.
  • 2007—2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari.
  • 2018—2022-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi.
  • 2022-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.

Akademiya boshliqlari

tahrir

Tuzilmasi

tahrir

[18]

Yana qarang

tahrir

Bosh prokurorlar

tahrir

Manbalar

tahrir