Otabek Bahritdinovich Murodov — Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori (2018-yil 31-yanvardan 2019-yil 20-iyungacha).

Otabek Murodov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
Mansab davri
2018-yil 31-yanvar – 2019-yil 20-iyungacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ixtiyor Abdullayev
Vorisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo'yicha 1-davlat maslahatchisi
Mansab davri
2017-yil 1-mart – 2018-yil 31-yanvargacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Lavozim yangi tashkil etilgan
Vorisi Rustam Inoyatov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo'yicha 3-davlat maslahatchisi
Mansab davri
2015-yil – 2017-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nurdinjon Ismoilov
Vorisi Lavozim bekor qilingan
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish bo'yicha Oliy malaka komissiyasining 3-raisi
Mansab davri
2014-yil – 2015-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Svetlana Ortiqova
Vorisi Svetlana Ortiqova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-aprel 1975-yil (1975-04-06) (48 yosh)
Qashqadaryo
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni
Unvoni 3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Biografiya tahrir

  • 1975-yili 6-aprelda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani, Yakkabogʻ qishlogʻida tugʻilgan. Millati o'zbek
  • 1992-yilda Shahrisabz shahridagi A.S.Pushkin nomli 3-oʻrta taʼlim maktabini bitirgan. Aʼlo oʻqishi va namunali xulqi uchun oʻrta maktabning oltin medali bilan taqdirlangan.
  • 1989-1991 yillarda maktabning komsomol tashkilotiga rahbarlik qilgan.
  • 1992-yilda Toshkent davlat yuridik institutining (endilikda universitet) Xalqaro-huquqiy faoliyat fakultetiga oʻqishga kirgan va 1997-yilda aʼlo baholarga tamomlagan.
  • Yuridik fanlar nomzodi. 1998-2003 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi izlanuvchisi.
  • 1997-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani prokuraturasida ish oʻrganuvchi.
  • 1998-yilning aprel-iyun oylarida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani prokuraturasida tergovchi.
  • 1998-yilning oktyabridan 1999-yilning iyuligacha Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlari prokuraturasida tergovchi.
  • 1999-2000 yillarda Toshkent viloyati prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi.
  • 2002-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, katta tergovchisi.
  • 2005-yilning yanvaridan avgustigacha Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani prokurori.
  • 2005-yilning avgustidan oktyabrigacha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
  • 2005-yilning oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat boshlagan.
  • 2005-2009 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
  • 2009-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining afv etish va fuqarolik masalalari boʻyicha bosh inspektori, Adliya, prokuratura va sudlar masalalari boʻyicha bosh inspektori.
  • 2011-2014 yillarda Adliya vaziri oʻrinbosari — Adliya vazirligi tarkibidagi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi.
  • 2014-2015 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining raisi.
  • 2015-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha 3-davlat maslahatchisi.
  • 2017-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
  • 2018-yil 31-yanvarda Oʻzbekiston Prezidentining PF-5320-sonli farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori etib tayinlangan[1].
  • 2018-2019-yillarda — Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti[2].
  • 2019-yil 20-iyun kuni Bosh prokuror lavozimidan boʻshatilgan va sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergovga jalb qilingan[3]. 18-sentyabr kuni qamoqqa olingan[4].
  • 2020-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi qarori bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.[5]

Qonunchilik faoliyati tahrir

Koʻplab qonun loyihalari, jumladan:

  • „Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2008-y.)
  • „Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2010-y.)
  • „Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida“gi (2011-y.)
  • „Huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2014-y.), „Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida“gi (2016 y.)
  • „Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2017-y.)
  • „Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi“ (2019-y.)

Qonunlarini ishlab chiqishda tashabbuskor va bevosita ishtirokchi boʻlgan.

Mukofotlari tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28- avgustdagi farmoniga binoan „Jasorat“ medali bilan taqdirlangan (shu jumladan, Ichki ishlar organlari xodimi boʻlgan A. B. tomonidan 1998-2000 yillarda 9 nafar qizni zoʻrlash va qasddan qotillik sodir etish boʻyicha jinoyatlarni tergov yoʻli bilan fosh qilganligi uchun. Jinoyatchi eng oliy jazoga hukm qilingan).

Jamoatchilik faoliyati tahrir

  • 2017-2018- NNT „Taraqqiyot strategiyasi markazi“ vasiylik kengashi raisi.
  • 2018-2019 yillarda — Toshkent davlat yuridik instituti vasiylik kengashi raisi.
  • 2018-2019 yillarda — Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya raisi[6].
  • 2017-2018 yillarda-davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 1-yoʻnalishi).
  • 2018-2019 yillarda-sud-huquq sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 2-yoʻnalishi).
  • Rus va ingliz tillarini biladi.

Manbalar tahrir