Boʻritosh Mustafoyev
Mustafoyev Boʻritosh Mustafoyevich (oʻzbekcha: Мустафоев Бўритош Мустафоевич; 2-yanvar 1949-yil, Xatirchi — 13-aprel 2017-yil, Toshkent) — huquqshunos.
Biografiyasi
tahrir1949-yil 2-yanvarda Samarqand viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan.
1967-1971 — Toshkent universiteti yuridik fakulteti talabasi.
1971-1972 — Samarqand viloyati prokuraturasi ish oʻrganuvchisi.
1972-1973 — Samarqand viloyati prokuraturasi Tergov boshqarmasi tergovchisi.
1973-1976 — Samarqand viloyati Narpay tumani prokuraturasi katta tergovchisi.
1976-1978 — Samarqand viloyati Oqtosh sudi sudyasi.
1978-1979 — Samarqand viloyati Jomboy tumani prokurori.
1979-1985 — Samarqand viloyati prokurorining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.
1985-1989 — Andijon viloyati prokurori.
1989-1990 — Oʻzbekiston SSR prokurorining oʻrinbosari.
1990-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori.
1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisining oʻrinbosari.
2000-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari.
2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi.
2004-2005 — Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Markaziy saylov komissiyasi raisi.
2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.
2006-2014 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy sudi raisi.
2014-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining oʻrinbosari[1][2][3].
Oilasi
tahrirOʻgʻli — Zafar Mustafoyev, "Oʻzbeklizing" kompaniyasi raisi.