Usmon Xudoyqulov
Usmon Chinozovich Xudoyqulov (oʻzbekcha: Усмон Чинозович Худойқулов; 1954-yil, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — 1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Bosh prokurori[1].
Usmon Chinozovich Xudoyqulov | |
---|---|
Усмон Чинозович Худойқулов | |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori | |
Mansab davri 1998-yildan – 2000-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Boʻritosh Mustafoyev |
Vorisi | Rashid Qodirov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1954 Qashqadaryo, OʻzSSR |
Unvoni | 2-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Tarjimai holi
tahrir1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1976-1987-yillarda Qashqadaryo viloyati prokuraturasida tergovchi, katta tergovchi, boʻlim boshligʻi, viloyat prokurorining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
1987-yildan 1990-yilgacha OʻzSSR prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻi.
1990-yildan 1992-yilgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.
1992-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisi.
1995-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.
1998-yilda Bosh prokuror etib tayinlangan[2].
2000-yil 18-fevralda ishdan olingan[3].
2000-yildan hozirgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ Yuridik boshqarmasi yurist-konsultanti.