Oʻzbekistondagi ozarbayjonlar

Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi turkiy zabon millat

Oʻzbekistondagi ozarbayjonlar (Özbəkistan azərbaycanlıları) — ozarbayjon diasporasiga kiradi. Ular Oʻzbekiston fuqarolari va etnik ozarbayjon millatiga mansub doimiy aholi vakillaridir. Ozarbayjon va Oʻzbekiston avvallari Rossiya imperiyasi, keyin esa Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. Ayni paytda Oʻzbekistonda 35 848 nafardan ortiq ozarbayjonlar istiqomat qiladi. Bu Oʻzbekiston aholisining 0,15 foizini tashkil qiladi[1].

Oʻzbekistondagi ozarbayjonlar
Özbəkistan azərbaycanlıları
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Jami: 35,848[1] (2000-yilgi holatga koʻra)
Asosan Toshkent shahrida
Til ozar; oʻzbek tillarida
Dini Asosan musulmonlar

Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Ozarbayjonning madaniy, lisoniy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarini rivojlantirish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida Ozarbayjon Oʻzbekiston Respublikasida oʻz madaniyat markazini tashkil etgan. 2010-yil 27-sentabr kuni Toshkentda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi binosi kapital ta’mirlash va restavratsiyadan soʻng foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekistonning oʻsha davrdagi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 2013-yildan boshlab Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi oʻz faoliyatini kengaytirib, muhim tadbirlarni oʻtkaza boshladi[2].

Ozarlarning millatiga koʻra Oʻzbekistonda 1926-1989-yillardagi ulushi
Etnik
guruh
1926-yilgi aholini
roʻyxatga olish1
1939-yilgi aholini
roʻyxatga olish2
1959-yilgi aholini
roʻyxatga olish3
1970-yilgi aholini
roʻyxatga olish4
1979-yilgi aholini
roʻyxatga olish5
1989-yilgi aholini
roʻyxatga olish6
20,764 0.4 3,645 0.1 40,511 0.5 40,431 0.3 59,779 0.4 44,410 0.2
1 Tojikiston ASSR bundan mustasno, lekin Qoraqalpoq avtonom viloyati (1926-yilda Qozoq ASSR tarkibiga kirgan)ni oʻz ichiga olgan; manba: [1]. 2 Manba: [2]. 3 Manba: [3]. 4 Manba: [4]. 5 Manba: [5]. 6 Manba: [6].

Mashhur namoyandalari

tahrir
  • Seyid Rezo Alizoda
  • Maqsud Shayxzoda
  • Firudin Safarov
  • Eynulla Aliyev
  • Qafar Abdullayev
  • Shevket Gudarli
  • Koʻkeb Aliyeva
  • Nasiba Abdullayeva
  • Rizo Ixtiyor
  • Rovshan Ibodov
  • Shargʻiya Shixaliyeva
  • Nargiz Poʻladxonova
  • Jabrayil Idrisov
  • Ramida Poʻladxonova

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir