Ogʻa mirak Isfahoniy
(Og`a Mirak Isfahoniydan yoʻnaltirildi)
Ogʻa mirak Isfahoniy (XVI asr) — naqqosh, musavvir; Tabriz miniatyura maktabining yirik vakili, Kamoliddin Behzodntg shogirdi. Ogʻa mirak Isfahoniy yaratgan moʻʼjaz asarlar mujassamotining uygʻunligi, nafisligi, qismlarining nozik ishlanishi bilan ajralib turadi. Asarlari Rossiya milliy kutubxonasi ("Ikki ajdar olishuvi"), Londondagi Britaniya muzeyi ("Majnun hayvonlar orasida") va boshqa toʻplamlarda saqlanadi. Nizomiyning "Hamsa" asarining 1520 yilda koʻchirilgan qoʻlyozmasiga 5 ta hamda 1539 —43 yillarda koʻchirilgan qoʻlyozma-siga moʻʼjaz rasmlar ishlagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |