Ollabergan Gavdonboy uylari

uylar Xonqa tumani markazidaga G‘alaba ko‘chasida joylashgan

Ollabergan Gavdonboy uylariXorazm viloyati, Xonqa tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. XIX asr va XX asr boshlarida qurilgan mahalliy boyning uylari. Uylar Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida. Uylar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan[1].

Ollabergan Gavdonboy uylari
Joylashuvi Xonqa tumani, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°28′17″N 60°46′51″E / 41.471450441782885°N 60.78089074198396°E / 41.471450441782885; 60.78089074198396
Turi uy
Arxitektura uslubi Xorazm meʼmorchiligi
Asos solinishi XIX asr va 1910-yil
Binolar 2 ta uy
Mashhur kishilari Ollabergan Gavdonboy
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Qurilish materiali pishiq gʻisht
Map
Ollabergan Gavdonboy uylari xaritada

Tarixi

tahrir

Ollabergan Gavdonboy uylari Xorazm meʼmorchiligining an’anaviy uslubida qurilgan turar joy boʻlib, uylar Xonqa tumani markazidaga G‘alaba ko‘chasida joylashgan[2]. Ollabergan Gavdonboy XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Xonqada yashagan mahalliy boylardan biri bo‘lgan boʻlib, savdo-sotiq hamda sanoat bilan ham shug‘ullangan. 1923-yilda Shokirjon Pirning buyrugʻi bilan Ollabergan Gavdonboy va boshqa xonqalik boylar otib oʻldirilgan[3].

Hozirda Ollabergan Gavdonboy ikkita uylari saqlanib qolingan bo‘lib, birinchi uy 1910-yilda[4] rus pishgan g‘ishtidan qurilgan. Uy bir qavatli bo‘lib, tekis tom usulida yopilgan. Tashqi devorlarga bo‘rtma shaklda g‘ishtdan naqsh berilgan. Qadimgi usuldan chekinib, katta-katta derazalar ishlangan. Ichki qismi ohak bilan suvalib, pol qilingan, keyinroq uy bir necha bor ta’mirlangan. Uy uncha katta bo‘lmagan dolon (dahliz), mehmonxona, yotoqxonalar va boshqa xo‘jalik xonalaridan iborat boʻlib, bugungi kunda ushbu hudud yoshlari tomonidan tikuvchilik sexi sifatida foydalanilmoqda. Ikkinchi uy XIX asr oxirida sinkori (nigirik) uslubida oʻsha paytdagi uylarga xos bo‘lmagan rejaga asosan qurilgan. Uy bir qavatli bo‘lib, tekis tom usulida yopilgan. Uy madrasalar kabi hovli atrofiga xonalar gir aylantirib qurilgan. Hovli atrofi ayvonlar bilan oʻralgan boʻlib, ayvon ustunlari, qoshi va eshiklari o‘ymakorlik asosida ishlangan[5]. Ikkala uy ham hozirgi kunda ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan.

Manbalar

tahrir