Ommaviy qirgʻin qurollari

Ommaviy qirgʻin qurollari — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirgin qilish) xususiyatlariga koʻra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq hisoblanadi. Ommaviy qirgʻin qurollari q. jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, aso-rat qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. Ommaviy qirgʻin qurollari q.ni ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi deyarli cheklan-magan. Hozircha Ommaviy qirgʻin qurollari q.ning eng katta zaxirasi ikki yirik davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shimoliy Koreya, Iroq va boshqa baʼzi davlatlar Ommaviy qirgʻin qurollari q.ni ishlab chikarish va zaxira hosil qilish harakatida. Ommaviy qirgʻin qurollari q.dan mudofaa qilish choratadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqilgan. Baʼzi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalar)da aholini Ommaviy qirgʻin qurollari q.dan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombapanalar mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashgʻulotlar oʻtkazib turiladi (qarang Bakteriologik qurol, Kimyoviy qurollar, Yadro quroli).[1]

ArsenalTahrirlash

«Uchinchi olam» davlatlari 1992 yilgi OQQ
Davlat Ballistik raketa Kimyoviy qurollar Bakteriologik qurol Yadro quroli
Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston mavjud mavjud emas mavjud emas mavjud emas
Argentina bayrogʻi Argentina mavjud mavjud emas mavjud emas mavjud emas
Braziliya bayrogʻi Braziliya mavjud boʻlishi mumkin mavjud emas mavjud emas
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam boʻlishi mumkin ehtimoliy mavjud emas mavjud emas
Misr bayrogʻi Misr mavjud ehtimoliy mavjud emas mavjud emas
Isroil bayrogʻi Isroil mavjud ehtimoliy ehtimoliy boʻlishi mumkin
Hindiston bayrogʻi Hindiston mavjud ehtimoliy mavjud emas mavjud
Indoneziya bayrogʻi Indoneziya в разработке boʻlishi mumkin boʻlishi mumkin mavjud emas
Iroq bayrogʻi Iroq mavjud emas mavjud mavjud emas mavjud emas
Eron bayrogʻi Eron mavjud mavjud ehtimoliy mavjud emas
Yaman bayrogʻi Yaman mavjud mavjud emas mavjud emas mavjud emas
Shimoliy Koreya bayrogʻi KXDR mavjud ehtimoliy вероятно mavjud
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi mavjud ehtimoliy mavjud emas mavjud emas
Liberiya bayrogʻi Liberiya mavjud ehtimoliy mavjud emas mavjud emas
Burma bayrogʻi Myanma mavjud emas ehtimoliy mavjud emas mavjud emas
Pokiston bayrogʻi Pokiston mavjud ehtimoliy mavjud emas mavjud
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni mavjud boʻlishi mumkin mavjud emas mavjud emas
Suriya bayrogʻi Suriya mavjud boʻlishi mumkin boʻlishi mumkin mavjud emas
Tailand bayrogʻi Tailand boʻlishi mumkin ehtimoliy mavjud emas mavjud emas
Tayvan bayrogʻi Tayvan mavjud вероятно ehtimoliy mavjud emas
Efiopiya bayrogʻi Efiopiya mavjud emas ehtimoliy mavjud emas mavjud emas
Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi mavjud boʻlishi mumkin mavjud emas ehtimoliy

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil