Oq tanga — ibtidoiy odamlar yashagan ungur. Turkiston tizma togʻining Zarafshon daryosi vohasida joylashgan. 195463 yillarda Tojikiston FA Tarix institutining arxeologiya otryadi (B. A. Litvinskiy, V.A.Ranov) tekshirgan. 80 m2 maydon ochilib, turli davrga oid 11 ta madaniy qatlam topilgan. Bulardan eng qad.si mezolit, neolit, eneolit, jez davri, antik va oʻrta asrlarga oiddir. Oq tangadan koʻplab mehnat va ov qurollari topilgan, ular Oʻrta Osiyo xalklarining qad. tarixi va madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil