Oqqorg’on-Shohruxiya shaxristoni arxeologiya yodgorligi
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. |
Shohruhiya shahriston Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumani hududida, Sirdaryoning oʻng sohilida joylashgan. Qoʻli gul, zahmatkash ota-bobolarimiz tomonidan bunyod etilgan, qadimgi asrlarning noyob va ajoyib yodgorligi boʻlgan. Shohruhiya qal’asi 140 gektardan ziyod boʻlib, ark, 3 ta shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Shahriston va rabodning bir qismi qalin mudofaa devori bilan oʻralgan, unda 30 dan ortiq burj boʻlgan. Shahar kvadrat shaklda qurilgan. Shaharning shimoli-gʻarbiy burchagida ark joylashgan.
Shohruhiya Shahristoni | |
---|---|
Mamlakat | Movarounnahr |
Asos solingan | Amir Temur |
Avvalgi nomlari | Banokat |
Maydon | 1.4 km2 (0.54 kv mi) |
Markazi balandligi | 25 m |
Rasmiy til(lar)i | Turk, fors va arab |
Aholisi | Turklar, sartlar |
Tarixi
tahrirShohruhiya mil.avv. Ill—II asrlarda vujudga kelgan boʻlib, XVIII asrlargacha shaharda hayot davom etgan. XIII asrda moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 1392 yilda Amir Temur uni qayta tiklab. Davlatning muhim mudofaa qal’asiga aylantirgan. XVIII asrga kelib, uni Jungʻorlar vayron qilgan. . Shohruhiya qadimiy Banokat oʻrnida vujudga kelgan. Banokat moʻgʻullar istilosi davrida vayron boʻlgan (1220). Chingizxon qoʻshinlari Oʻtrorni va shu atrofdagi boshqa shahar-u qishloqlarni tor-mor etib, Banokatga hujum boshlagach, shahar aholisi boshiga ogʻir kunlar keladi. Banokat mudofasi tarixda alohida oʻrin tutadi. Uch kun davom etgan dahshatli qamal chogʻida shahar aholisi mislsiz jasorat koʻrsatdi. Ammo, kuchlar teng emas edi va Banokat zabt etildi. Jasur Banokatliklar koʻp sonli dushmanga qarshi mardona kurashadilar. Aholining bir qismi tengsiz jangda halok boʻladi, koʻplar qatl etiladi. Mojiza yuz berib, omon qolganlar Sirdaryoning narigi sohiliga suzib oʻtib, Movaraunnahrning mayda-yirik shaharlariga tarqab ketishadi. 1392 yilda Amir Temur uni harbiy qal’a sifatida qayta tiklab, oʻgʻli Shohrux sharafiga „Shohruxiya“ deb atagan. Shohruxiya temuriylar saltanati siyosiy hayotida muhim roʻl oʻynagan. Chunonchi Amir Temur Xitoyga yurishga otlanganda qoʻshinning asosiy qismi Shohruxiyada toʻplangan. Sohibqiron vafotidan keyin ham Temuriylarning Oltin Oʻrda bilan kurashida muhim strategik maskan vazifasini oʻtagan. 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida Shohruhiya Sharqiy Movarounnahrning yirik harbiy markazlaridan hisoblangan. Shu bilan bir vaqtda u mustahkam shahar-qal’a, Amir Temur saltanatining mamlakat shimolidagi muhim harbiy-strategik punkti, Toshkent vohasining Sirdaryo boʻyidagi istehkomi edi. 1502 yil Shayboniylar tomonidan egallangan va ularning Toshkent mulki tarkibiga kiritilgan. Shohruhiyada, odatda, valiahd shahzoda noib boʻlgan, chunonchi Suyunchxoʻjaxon vafotidan soʻng taxtga oʻgʻli, Shohruxiya hokimi boʻlib kelgan Muhammad oʻtirgan. Shohruhiyaning iqtisodiy, harbiy-maʼmuriy mavqyei 17-asr oxirigacha baland boʻlgan, soʻng 18-asrdagi oʻzaro ichki urushlar natijasida tanazzulga uchragan. Lekin 1812–13 yillarda hind sayyohi Mir Izzatulloh Sirdaryo boʻyidagi shaharlar qatorida Shohruhiyani tilga olib oʻtgan. Muhammad Solihxoʻjaning yozishicha, 1863–64 yillarda Sirdaryoning toshishi natijasida "suv moziy podsholarning saroyi va oʻtmish xoqoniy kutubxonaga yetib, oʻrnidan koʻtarib ketgan; Sir daryosiga qulab tushib, taxminan ming jild kitob suvga choʻkib ketgan". . Mazkur inshootning meʼmoriy geometrik yechimi, tomonlarning nozik, rang-barang turli koshinkor parchinlar bilan bezatilishi, salobat bilan yuqoriga boʻy choʻzgan, nafis tashqi va ichki peshtoqlar koʻrgan koʻzni quvontirgan.
Savdo-sotiq
tahrirBanokat ustalar va shoirlar, qahramonlar va sayyohlar shahri sifatida shuhrat taratgan. Buyuk ipak yoʻlining tarmoqlaridan birida qulay joylashgan bu shahar X-XII asrlarda Toshkent vohasining eng goʻzal va boy aholi istiqomat joylaridan biri boʻlgan. Uning shon-shuhrati Buyuk ipak yoʻlidagi koʻplab shahar va davlatlarga keng yoyilgan. Banokatning pishiq gazmollari, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bejirim ot-egarlari jahon bozorlarida dovruq qozongan. Kulolchilik va bezak-amaliy sanʼat buyumlari nihoyatda goʻzal boʻlgan. Banokatni Toshkent mintaqasining ikkinchi poytaxti deb bejiz atashmagan. Qoraxoniylar davlati uchun tanga pullar aynan shu yerda zarb etilgan. Shuningdek, koʻplab shoir-u sayyohlar toʻplanishgan. SHohruxiya karvonlar uchun, ilm bilan shugʻullanuvchilar va ijod kishilari uchun mayoqqa, yoʻlchi yulduzga aylangan. U yirik hunarmandchilik va savdo markazi boʻlib, savdo karvonlarining Sirdaryodan kechib oʻtish faoliyatini nazorat qilib turganlar.
Arxeologiyasi
tahrirDastlab 1876 yilda D. K. Zacepin va N. Pandusovlar tomonidan qayd qilingan. 1934 yilda M. E. Masson, 1970-1980 yillardan Yu. F.Buiyakov tomonidan keng arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida shahar hududidan X-XI asrlarga oid hunarmandchilik buyumlari, kulolchilik pechlari, shishasozlik, temirchilik ustaxonalari topilgan. Shohruxiyadagi kulolchilik xumdonlari, turar joy qoldiqlari, 2 qavatli burjlar ochib oʻrganilgan. Topilmalar orasida poʻlat sovut, dubulgʻa, shaxmat donalari, sirlangan turli sopol idishlar temuriylar madaniyati, sanʼatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Hozirda
tahrirMazkur xarobalarni oʻtgan yillar, qor va yomgʻirlar, vaqt shiddati beshafqat tarzda yemirgan. Usti qalin tuproq bilan qoplangan tepalik qolgan. Uning 25 metri saqlanib qolgan.
„Shohruxiya shaxristoni“ va „Qiyritepa“ arxeologiya yodgorliklarining xususiy korxonalarga berib yuborilishi oqibatida obyektlarga zarar yetkazilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].
gazeta.uz
Xabar.uz (Wayback Machine saytida 2023-05-18 sanasida arxivlangan)
Adabiyotlar
tahrir„Toshkent“ ensiklopediyasi. 2009 yil
Arxeologiya-N. A. Egamberdieva. TOSHKENT – 2011
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.