Oqshoʻlaq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qirqqiz. Aholisi 1 ming kishi (2000). O.da umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, klub, dorixona, tibbiy davolash muassasalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.[1]

Oqshoʻlaq
shahar
43°9′33.001″N 58°12′24.998″E / 43.15916694°N 58.20694389°E / 43.15916694; 58.20694389 G OKoordinatalari: 43°9′33.001″N 58°12′24.998″E / 43.15916694°N 58.20694389°E / 43.15916694; 58.20694389 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qoraqalpogʻiston
tuman Qoʻngʻirot tumani
Aholisi
 (2000)
1 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Oqshoʻlaq xaritada
Oqshoʻlaq
Oqshoʻlaq
Oqshoʻlaq xaritada
Oqshoʻlaq
Oqshoʻlaq

Maktabi tahrir

O.da faqat bitta №31 sonli umumlta'lim maktabi mavjud. Lekin bu maktab 2017-yilda qayta ta'mirdan chiqqan va unda hozirgi zamonga mos texnologiyalarning hammasi bor. Maktabda o'zbek, qoraqalpoq, qozoq, rus sinflari bor.

 
31-maktab








O.dagi Uz-Kor Gas Chemical korxonasi tahrir

Oqsho'laqda O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi, "O'zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi va Koreya kompaniyalari konsorsiumi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish doirasida paritet asosida "Uz-Kor Gas Chemical" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklida qo'shma korxona tashkil etildi. Loyiha Koreya Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi strategik hamkorlikni anglatadi. Loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Koreya kompaniyalarining eng yirik investitsiya investitsiyalaridan biridir.

 
Uz-Kor Gas Chemical
 
Zavodning kechki ko'rinishi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil