Orol−Kaspiy pasttekisligi – Markaziy Osiyodagi Orol dengizi atrofida va Kaspiy dengizi shimoliy qismidagi keng tekislik.

Orol−Kaspiy pasttekisligi
41°50′0″N 59°58′0″E / 41.83333°N 59.96667°E / 41.83333; 59.96667
MamlakatlarOʻzbekiston Oʻzbekiston, Qozogʻiston Qozogʻiston, Turkmaniston Turkmaniston, Rossiya Rossiya
HududQoraqalpogʻiston
Orol−Kaspiy pasttekisligi (Oʻzbekiston)
Orol−Kaspiy pasttekisligi (Qoraqalpogʻiston)
Orol−Kaspiy pasttekisligi

Geografik tavsifi

tahrir
 
Kaspiy va Orol dengizlari xaritasi, Kaspiy dengizi havzasi sariq rang bilan ajratilgan

Pasttekislik Ozarbayjon, Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston hududlarini qamrab olgan. Uning Kaspiy dengizi havzasidagi bir qismi Kaspiyboʻyi pasttekisligi deb ataladi.

Kaspiy dengizi va Kaspiyboʻyi pasttekisligining sharqidagi choʻl qismi Turon pasttekisligi deb ataladi[1].

Tekislikning koʻp joylari lyoss va boʻsh qum bilan qoplangan[2].

Iqlimi quruq. Oʻsimlik qoplami siyrak.

Bu hududda bir vaqtlar mavjud boʻlgan ozgina shoʻrlangan, turgʻun ichki dengizdan koʻplab shoʻr koʻllar qolgan. Doimiy oqadigan suvlar yoʻq. Qor erishi va kuchli yomgʻirdan keyin faqat qisqa muddatli suv oqimlar vujudga keladi.

Olim L. S. Berg Orol−Kaspiy pasttekisligi boʻyicha bunday maʼlumot bergan. Kaspiy dengizi Volgadan Qozongacha boʻlgan yoʻnalishda oqqan boʻlib, Orol dengizi bilan, undan keyin esa Balxash koʻli bilan birlashgan. Orol−Kaspiy dengizlari suvlaridan holi boʻlgan butun hudud esa Orol−Kaspiy pasttekisligi deb atalgan. Biroq, oxirgi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Orol−Kaspiy choʻkindilari mutlaq balandlikda 55-60 metrdan oshmagan va Volga boʻylab ular Saratovgacha borgan, Oʻzboʻy orqali Kaspiy dengizini Orol dengizi bilan tutashtirgan, Ustyurt esa hech qachon Orol−Kaspiy dengiz sathidan past boʻlmagan. Shunday qilib. Orol−Kaspiy pasttekisligi nomi ostida bir paytlar Orol−Kaspiy dengizi sathida boʻlgan hududni tushunish kerak, keyin bu pasttekislik Kaspiy dengizining shimoliy va shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab nisbatan kichik maydonni, Orol dengizining sharqiy-janubiy qirgʻoqlari boʻylab bir necha oʻnlab kilometrlarni qamrab olgan[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir