Orzu (Lola qoʻshigʻi)

oʻzbek xonandasi Lola ijro etgan qoʻshiq

Orzu“ — oʻzbek xonandasi Lola ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan. Xonandaning oʻsha yili chiqarilgan „Muhabbatim“ nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham xonanda va qoʻshiqnavis Shahnoz yozgan. Qoʻshiq si minor tonalligida ijro etilgan[2]. „Orzu“ Lola repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiq Lolaning 2020-yil eʼlon qilingan „Kel“ nomli albomiga ham kiritilgan.

„Orzu“
Lola qoʻshigʻi
„Muhabbatim“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2004
Janr pop
Davomiyligi 3:52
Matn muallif(lar)i Shahnoz
Bastakor(lar) Shahnoz
„Muhabbatim“ xronologiyasi
„Nima qilay?“ Orzu „Qachom?“
Klipi
„Orzu?“ YouTubeda

„Orzu“ qoʻshigʻi rejissyor Ayub Shahobiddinov suratga olgan „Sevinch“ (2004) filmi saundrekiga kiritilganidan keyin ommalashgan. Filmda Sevinch rolini oʻynagan Lola qoʻshiqni gitara bilan ijro etgani tasvirlangan. Qoʻshiq uchun alohida klip suratga olinmagan.

Manbalar tahrir

  1. „Netayin“ (inglizcha). Spotify. Qaraldi: 27-sentyabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 27-sentyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir