Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 1974-yil 24-mart, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estradasi xonandasi, bastakor,shoir, O‘zbekiston xalq artisti. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyat bo‘limi rahbari[1].

Otabek Muhammadzohid
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 24-mart 1974-yil (1974-03-24) (50 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi

Biografiyasi tahrir

1974-yil 24-martda O‘zbekiston Sover Sotsialistik Respublikasi Farg‘ona viloyatida ziyolilar oilasida (jami 2 farzand, aka-singil) to‘ng‘ich farzand bo‘lib dunyoga kelgan. Singlisi O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova[2]. Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doira, akkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. Uning 3 qizi va bir o‘g‘li bor. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan.[3]

Oilasi tahrir

Konsert dasturlari tahrir

  • 2008-yil ilk yakkaxon konsert dasturi;
  • 2014-yil 15–16-iyun "Istiqlol" san’at saroyida jonli konsert dasturi;[4]
  • 2023-yil "Yangi yil" nomli konsert dasturi.

Diskografiyasi tahrir

2021 tahrir

  • Shifokorlar
  • Diloro

2022 tahrir

  • Na darkor?
  • Qora ko‘zim

2023 tahrir

  • Manga nima?
  • Farg‘onacha lazgi
  • Kujo

Manbalar tahrir