Otamdan qolgan dalalar (film)
Otamdan qolgan dalalar — yozuvchi Togʻay Murod qalamiga mansub ayni nomli badiiy asar asosida rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan 1997-yilda suratga olingan murakkab syujetli film[1][2][3][4].
Otamdan qolgan dalalar | |
---|---|
Otamdan qolgan dalalar filmi posteri | |
Rejissyor(lar) | Shuhrat Abbosov |
Ssenariynavis(lar) | Shuhrat Abbosov, Mahmud Toʻychiyev |
Rollarda | Hoshim Arslonov, Mashrab Kimsanov, Poʻlat Saidqosimov, Toʻti Yusupova, Aʼzam Shokirjonov |
Bastakor(lar) | Enmark Solihov |
Kinematografiya | Renat Galiyev |
Studiya(lar) | „Dono Productions“[1] |
Chiqarilgan sanasi | 1997-yil |
Davomiyligi | 211 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Syujeti
tahrirUshbu kinofilmda XIX asrning 60-yillardagi Qoʻqon xonligining Chor Rossiyasi tomonidan istilosi davri haqida hikoya qilinadi. Fargʻona vodiysida Jamoliddin ismli dehqon davom etayotgan qoʻzgʻolonning oldini olish maqsadida general Skobelev bilan koʻrishadi. Natijasiz tugagan muzokaralardan soʻng, u oilasini olib hozirgi Qirg'iziston hududiga koʻchib ketadi. Biroq, qochib ketish jarayoni tugamay turib, uning izidan tushgan hukumat askarlari uni qoʻlga olishadi. Ayoli esa oʻgʻlini dunyoga keltirib, oʻzi vafot etadi[4].
Keyinchalik, aynan oʻsha oʻgʻli Aqrab (Chayon) bosmachilarga qoʻshilib, oʻz vatani uchun kurashadi. Ammo, u oʻz niyatini amalga oshirmay turib, bolshevik askarlar uni otib oʻldirishadi. Otasi uchun qasd olishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan Dehqonboy (Aqrabning oʻgʻli) tarix muallimi sifatida ishlaydi hamda biroz tinch hayot kechiradi. Shunga qaramasdan uni ham xalq dushmani sifatida Sibirga surgun qilishadi[4].
Aktyorlar tarkibi
tahrirQuyida ushbu filmda rol ijro etgan aktyorlar roʻyxati keltirib oʻtilgan[5]:
- Mashrab Kimsanov (Jamoliddin, Akbar qoʻrboshining otasi)
- Hoshim Arslonov (Akbar qoʻrboshi)
- Mohira Nurmatova (Guljamol, Jamoliddinning xotini)
- Shahnoza Sobirova
- Erkin Xushvaqtov (tatar, Skobelev tarjimoni)
- Jamshid Arslonov (Nodir, Jamoliddinning oʻgʻli)
- Bobur Arslonov
- Ravshan Solihov (IIXK mahalliy boʻlim boshligʻi)
- Omon Abdurrazoqov (boy)
- Yulduz Hamidova
- Aʼzam Shokirjonov (Jamoliddinov, kolxoz brigadori)
- Toʻti Yusupova (Jamoliddinovning onasi)
- Nazira Abduvohidova (Jamoliddinovning xotini)
- Poʻlat Saidqosimov (kolxoz raisi)
- Saida Rametova (Klara Xodjayeva, raykom kotibasi)
- Muhammadjon Xolmatov
- Arsen Ismoilov (Ismoilov, KGB generali)
- Sanat Divanov (partiya ishchisi)
- Erkin Komilov (partiya ishchisi)
- Durdona Tursunbayeva
- Abdulxay Shermuxamedov (KGB ishchisi)
- Yevgeniy Dmitriyev (II) Ivanov (Bosh prokuratura tergovchisi)
- Lyubov Ryazanseva (Nina, qamoqxona vrachi)
- Zakir Muxamedjanov (mulla)
- Aleksandr Buzaladze (general Skobelev)
- Anvar Kendjayev
- Shaxzod Boltaboyev
- Adolat Kimsanova (Barxonoy)
- Valeriy Kirdyashev (kazak)
- Valeriy Korotkov
- Dilshot Ismailov
- Akmal Bazarov
- Matyakub Matchanov (bosmachi)
- Djamshid Zakirov (partiya ishchisi)
- Nazim Tulyaxodjayev Batirov (kinorejissyor)
- Azim Aymatov
- Sadik Mamadjanov
- Radjab Adashev (kolxoz ishchisi)
- Tuxtasin Muradov
- Aziza Begmatova (kolxoz ishchisi, paxta teruvchi)
- Djamal Xashimov (komissar)
- Valeriy Yuldashev (adyutant Skobeleva)
Film haqida fikrlar
tahrirRejissyorning film yaratilishi haqida fikri
tahrir„Otamdan qolgan dalalar“ filmi premerasi yaxshi qabul qilindi va keyin ham muvaffaqiyatlar qozondi. Film Buxoroda oʻtkazilgan milliy kino festivalida bosh sovrinni oldi. Keyin biz bu filmni Turkiyaga olib bordik. Istanbulga butun dunyodan mashhur kinorejissyor, aktyor, dramaturglar tashrif buyurgan edi. „Otamdan qolgan dalalar“ filmini tomoshabin tik turib, oʻn besh daqiqa olqishladi[6].
Esimda, Buxoroda o’tkazilgan kino kunlarida havo 20 daraja sovuq edi. Zalda tumonat odam. Men qalin kiyinib olgan bo’lsam-da, muzlab qolganimdan sovuqda o’n daqiqa ham o’tirolmadim. Hattoki kichkina bolalargacha to’rt soatlik kinoni oxirigacha ko’rdi, hech kim zaldan chiqib ketmadi. Bunga sabab nima edi? Tomoshabinni qanday joziba to’rt soatlik kinoni ko’rishga majbur etdi? Axir «Otamdan qolgan dalalar» filmi Amerika kinolariga o’xshab detektiv bo’lmasa yoki Meksika seriallariga o’xshab bir ilmoq bilan tomoshabinni aldab o’tirmasa… Yo’q! Tomoshabinni film oxirigacha o’tirishga majbur etgan sabab — ekranda ayovsiz, haqqoniy hayot kechmoqda edi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Ozodlik Radiosi „Mahalla tanqid qilingan kino muallifi Shuhrat Abbosov endi mahalla ulug'lagan filmni suratga oldi“ (o'zbekcha). ozodlik.org. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Otamdan qolgan dalalar (1997)“. imdb.com. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Otamdan qolgan dalalar.Ikki qismli badiiy film. 1997. 1-qism - Xurshid Davron kutubxonasi“. sod.uz. 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Bored, Panda „“Otamdan qolgan dalalar” filmiga review“. teletype.in. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
- ↑ „ОТЧИЕ ДОЛИНЫ (1998) / Актеры и роли“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 21-oktabr 2022-yil.
- ↑ 6,0 6,1 Men qaytib kelaman (Tog’ayMurod zamondoshlari xotirasida) — 13-bet. Qaraldi: 24-oktabr 2022-yil.