Otashkadazardushtiylik dini ibodatxonasi. Gushtaspnchig farmoni bilan kurila boshlangan. O.lar turli tabiiy ofatlardan muhofaza qilish maq-sadida balandlikka, tepa ustiga yoki harsang toshlardan yasalgan 3–4 m lik tagkursilar ustiga kurilgan. Dastlab O. diniy marosim va ibodatlarni bajarish maskani boʻlgan. Asta-sekin O.ning vazifalari oʻzgara borib, sosoniylar davrida jamoa yigʻinlari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladigan joyga aylangan. Barcha harajatlar podsholik tomonidan O.ga vaqf qilingan yer, chorva, bogʻ-rogʻlardan olinadigan daromadlar hisobiga qoplangan; O.lar bir necha hujra, tolor (zal)lardan iborat boʻlgan. Bino oldida doim olov yonib tu-radigan O. maydoni bunyod etilgan. Is-fahon, Yazd, Koma (Hindiston) shahrilarida eng qad. O.larning harobalari mav-jud. O.larda 7 xil musiqa asbobi joʻrli-gida Goxlarni yodlattiradigan maxsus goʻshalar boʻlgan. O.lar diniy udum va marosimlarni oʻtkazadigan manzil boʻlish bilan birga maʼnaviy, maʼrifiy ishlar markazi hisoblangan.

Hamidjon Homidov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil