Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev (1972-yil 13-dekabr) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi va hujumkor yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Оybek Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev
Tavallud sanasi 13-dekabr 1972-yil (1972-12-13) (52 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi, Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989 Sovet Ittifoqi Sohibkor 1 (0)
1990 Sovet Ittifoqi Shaxtyor (Аngren) 12 (1)
1991 Sovet Ittifoqi Paxtakor 0 (0)
1991—1992 Sovet Ittifoqi / Oʻzbekiston Navbahor 35 (4)
1993—1994 Oʻzbekiston Nurafshon (Buxoro) 50 (12)
1994—1997 Oʻzbekiston МHSК 91 (60)
1998 Oʻzbekiston Paxtakor 5 (0)
1998 Oʻzbekiston Buxoro 18 (10)
1999 Oʻzbekiston Doʻstlik 19 (22)
1999—2000 Bolgariya Маritsa (Plovdiv)
2000 Oʻzbekiston Samarqand-Dinamo 31 (22)
2001 Qozogʻiston Yesil-Bogatir 27 (7)
2002 Oʻzbekiston Nаsaf 13 (6)
2002—2003 Oʻzbekiston Doʻstlik 29 (9)
2003 Oʻzbekiston Navbahor 13 (2)
2004—2008 Oʻzbekiston Lokomotiv (Тoshkent) 68 (10)
Milliy terma jamoa
1992—2000 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 10 (0)
Boshqargan klublari
2010 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-19 (19 yoshgacha)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Klublardagi faoliyati

tahrir

Sovet davrida "Sohibkor", „Shaxtyor“ (Angren), "Navbahor" kabi klublarda quyi ligada oʻynagan, shuningdek, yarim mavsumni "Paxtakor" dubli oliy liga oʻyinchilari safida oʻtkazgan.

SSSR parchalanganidan soʻng "Navbahor" va "Nurafshon" (Buxoro) jamoalarida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynay boshlagan. 1994-yilgi mavsumda Toshkent „MHSK“ga oʻtib, jamoa bilan 1  oltin (1997), 2  kumush (1995) va 3  bronza (1996) chempionlik sovrinlarini qoʻlga kiritgan. Uch yarim yil ichida 60 ta gol urib, jamoaning asosiy hujumchilaridan biriga aylangan. 1995-yilgi Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida 22 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni zabt etgan.

1998-yilgi mavsumda oʻsha mavsum chempioni boʻlgan „Paxtakor“ safida toʻp surgan, ammo asosiy tarkibga kira olmay, bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1998-yilda ham "Buxoro" safida oʻynagan. 1999-yili "Doʻstlik" tarkibida mamlakat chempioni boʻlgan, chempionat toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda esa 22 ta gol bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

1999-yilda ilk bor xorij klubi Bolgariyaning „Maritsa“ (Plovdiv) klubiga oʻtgan. Biroq Oybek klubga uzoq vaqt moslasha olmaydi. 2000-yilda "Samarqand-Dinamo"da oʻynab, Muhsin Muhammadiyev bilan ajoyib juftlik oʻyinini namoyish etib, jamoaning toʻrtinchi oʻrinni egallashiga katta xissa qoʻshgan va jamoa shu yili Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylangan. 2001-yilda Usmonxoʻjayev yana xorijga — Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ klubiga oʻtib, u yerda 27ta oʻyin oʻtkazgan va 7ta gol urgan.

Keyinchalik "Nasaf", "Doʻstlik" va "Navbahor" jamoalarida oʻynagan. Faoliyatining soʻngi yillarida bir necha mavsumni Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 157 ta gol kiritgan. Faoliyati davomida toʻrt mavsumda 22 ta gol urgan (1995, 1997, 1999, 2000) va bir necha bor mavsumdagi gollari 10 tadan oshib ketgan. 2018-yil holatiga koʻra, Oʻzbekiston chempionatlarida gol urish boʻyicha tarixda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Jamoadagi faoliyati

tahrir

1992-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Turkmanistonga qarshi Markaziy Osiyo kubogi bahsida 66-daqiqada Rustam Abdullayev oʻrniga maydonga [1]tushgan[2]. 2000-yilgacha terma jamoada tartibsiz oʻynashda davom etib, jami 10 ta oʻyinda biror marta ham raqib darvozasini ishgʻol eta olmagan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

2010-yildan Oʻzbekiston yoshlar (U19) terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi[3]. "Olmaliq"da selektsioner boʻlib ham ishlagan. Faxriylar oʻyinlarida ham ishtirok etgan[4].

Yutuqlari

tahrir

MHSK Toshkent jamoasi tarkibida:

  • Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1997-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1995-yil

Paxtakor bilan:

  • Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1998-yil

Doʻstlik jamoasi tarkibida:

Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1999-yil

Shaxsiy yutuqlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir