Oydin (shaharcha)
Oydin (ruscha: Айдын) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[1].
Shaharcha | |
38°39′45″N 65°41′16″E / 38.66250°N 65.68778°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Nishon tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Etimologiyasi
tahrirShaharcha nomiga berilgan Oydin soʻzi xalq orasida asosan qiz bolalar, baʼzi holatlarda esa oʻgʻil bolalarga qoʻyiladigan ism. Shuningdek, oydin yer yuza shakllari yaʼni yerning past joylari va suv havzalari (asosan koʻl va hovuz) nomlarida ham uchraydi. Mazkur ikki turdagi joylarning tabiiy belgisini bildirish uchun maxsus qoʻllanadi. Oydin soʻzining yer yuza shakllariga nisbatan beriladigan maʼnosi bu oʻydim-chuqur, baland-past, notekis joy deganidir. Qadimiy turkiy tillarda esa birozgina chuqur, quyi joylar, doʻngliklar va kichik balandliklar, notekis joylar oydin deb atalgan. Oʻng + doʻng soʻzlarining birikmasi oʻngdoʻng, uydun, oʻydin va oydin shaklida shakllangan. Avvaliga shaharcha joylashgan hudud yaylov, oʻtloqdan iborat boʻlgan va oydin deb nomlangan. Keyinchalik bu soʻz qishloq nomiga aylanib ketgan[2].
Joylashuvi
tahrirOydin shaharchasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanining shimoli-gʻarbiy qismida Tallimarjon suv ombori yaqinida joylashgan. Hududning asosiy suv manbasi Mirishkor kanali hisoblanadi.
Aholisi
tahrir1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Oydin shaharchasida 5100 nafardan ortiq inson yashagan. Bu 2013-yil 1-yanvardagi hisob-kitob natijasididan 500 taga ortiqdir[3].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Iqlimi
tahrirOydin shaharchasi choʻl-yaylov hududida joylashgan. Uning iqlimi keskin kontinentalboʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,8° darajani tashkil etadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —15°, iyul oyiniki 28,8°, eng yuqori harorat 45° ga teng. Vegetatsiya davri 230 kun boʻlishi kuzatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi, Toshkent, 2009-yil — 190-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 154-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |