Vera Pak

Oʻzbekiston Qahramoni, Xiva shahridagi 20-son Mehribonlik uyi direktori
(Pak Vera Borisovnadan yoʻnaltirildi)

Vera Borisovna Pak (13.11.1938 — 26.10.2018) — Xiva shahridagi 20-son Mehribonlik uyi direktori, Oʻzbekiston Qahramoni (2001), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʻlimi xodimi (1992), davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori (2005-2010).

Vera Borisovna Pak
Tavalludi 13-noyabr 1938-yil
Vafoti 26-oktyabr 2018-yil(2018-10-26)
(79 yoshda)
Xorazm
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Tarjimai holi

tahrir

Vera Borisovna Pak 13-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot shahrida tugʻilgan. 1961 yilda Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan. 1961 — 85 yillarda Xiva shahridagi 3-maktabda kimyo-biologiya oʻqituvchisi, sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, Xiva shahri xalq maorifi boʻlimi mehnat taʼlimi yoʻriqchisi, 1985-yildan umrining oxiriga qadar Xiva shahridagi 20-mehribonlik uyiga rahbarlik qilgan. Pak rahbarlik qilgan muassasa Oʻzbekistondagi namunali mehribonlik uylaridan hisoblangan.[1][2] Vera Pak rahbarligida muassasa turli yillarda “Eng yaxshi Mehribonlik uyi”, “Eng yaxshi Mehribonlik uyi tarbiyachisi” ko'rik-tanlovlari va ularning “Eng mehmon­do'st Mehribonlik uyi”, “Eng yaxshi ta'lim-tarbiya dasturini ishlab chiqqan Mehribonlik uyi” kabi yo'nalishlarida respublika bosqichi g'olibi, sovrindorlari boʻlgan.

Vera Borisovna Pak bir necha bor O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zXDP Respublika kengashi a’zosi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputati etib saylangan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Во-всем-пример-для-молодежи[sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir

German Kim, Vera Borisovna Pak - O‘zbekiston Qahramoni

Vera Pak