Pansod masjidi
Pansod masjidi — Shahrixondagi meʼmoriy yodgorlik (XX asr boshlari). Andijon shahridan 27 km uzoqlikdagi joylashgan[1].
Masjid | |
Pansod masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Andijon |
Shahar | Shahrixon |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Matisa Ponsod |
Asosiy sana: | |
Soʻngi imom | Abdurazzaqov Anvarjon |
Maqomi | Faoliyat ko'rsatmoqda |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 21 m |
Qurilish materiali | Pishgan g'isht |
Pansod masjidi Vikiomborda |
Masjid tarhi toʻgʻri toʻrtburchakli (31x12 m). 4 ustunli xonaqoh, jan.dan taqab qurilgan uzun ayvondan iborat. Xonaqoh devoriga choʻqqisimon ravoqlar ishlangan, shiftini salobatli shakldor yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi, tanasiga oʻyma naqshli gullar ishlangan, kallagi muqarnasli. Sharafaning yogʻoch chizigʻi pogʻonali. Toʻsiqlar balandroq oʻrnatilgan. Pansod masjidi sirti loy-suvokdi, ichi ganch suvoqli, izorasi toʻgʻri burchakli bezaklar bilan, devorining yuqori qismi toʻq yashil parcha gulli araqi sarrovlar bilan oʻralgan. Qurʼondan suralar bitilgan, koʻk va yashil rangda girih naqshlar ishlangan. Shiftdagi yashil zaminda odmi rangdagi yulduzsimon turunjlar koʻzga tashlanadi. Toʻsinlarning jimjimador hoshiyalariga islimiy naqshlar ishlangan. Pansod masjidini mahalliy ustalar qurgan, bezagini qoʻqonlik ustalar bajargan. Pansod masjidi oʻzining noyob bezaklari bilan diqqatga sa-zovor.[2]
Masjidning bunyod etilishi shahrixonlik Matisa Ponsod nomi bilan bogʻlanadi. U oʻzining saxovatpeshaligi, dinparvarligi bilan xalq orasida hurmat qozongan Matisa Ponsod 1825-yilda Shahrixon shahrida tugʻilgan. Matisaning otasi Mirzo ogʻaliq Qoʻqon shahrining hurmatli kishilaridan boʻlgan. Unga nisbatan ogʻalik unvoninining berilganligi sababi u Madalixonga yaqin maslahatchi boʻlgan. Matisa harbiy sohani mukammal egallagan qoʻmondon boʻlgan. Shu sababli Ponsod unvonini olgan. Ponsod — beshyuzboshi degan maʼnoni bildiradi. Muhammad Is’hoq Ponsod 63 yoshida haj ziyoratini amlga oshiradi. Safardan qaytgandan soʻng mablagʻ ajratib islom diniga hissa qoʻshish maqsadida Ponsod masjidini qurdiradi. Masjid 1888-yilda qurib bitkazilgan. Masjid fargʻona tarixida koʻp voqealarning shohidi boʻlgan. 1916-yilgi Shahrixon qoʻzgʻoloni shu masjid yonida boʻlgan. 1919-yilgi Inqilobiy qoʻmita Refkomga saylovlar, keyinroq, Oʻzbekiston SSRning birinchi taʼsis qurultoyiga saylovlar shu masjid binosida boʻlgan. Keyinchalik masjid ateizm taʼsirida qarovsiz qolib ketdi. XX asrning 30-yillarida kimdir masjidning ichkari devoriga masjidning buzilib ketishiga yoʻl qoʻymaslikni daʼvat qilib yozgan ekan. Bu yozuvning rasm nusxasi hozirda Shahrixon muzeyining eksponatlaridan biri sanaladi[3].
Ponsod masjidi respublika ahamiyatidagi madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan. Masjidda 10 yil davomida taʼmirlash va qayta tiklash ishlari olib borilgan. Namozgoh, xonaqoh bilan ayvon qismi birlashtirilgan. Eskirgan yaroqsiz tomlari toʻla qaytadan qurilgan. Balandligi 21 metrli minora, arkasimon sharqona usuldagi ravoq, darvoza va tahoratxon aqurilgan. Ponsod masjidi YUNESKO roʻyxatiga olingan.
Ponsod masjidi tashqi devorlari keramika bilan oʻralmagan, ammo qurilishlar paytida ular Fargʻona vodiysidagi boshqa masjidlarga oʻxshash uslub — gʻishtlarga ishlangan xattotlik yozuvlaridan foydalanilgan. Masjid imom xatibi — Abdurazzaqov Anvarjon (2023-yil iyun)[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ponsod masjidi“. meros.uz. Qaraldi: 24-iyun 2023-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Mohlaroyim Alijonova „Shahrixon tumanidagi masjidlar“. Qaraldi: 24-iyun 2023-yil.
- ↑ „АНДИЖОН ВИЛОЯТИ“. masjid.uz. Qaraldi: 24-iyun 2023-yil.