Parixon

yoki Folbinlik.
(Parxondan yoʻnaltirildi)

Parixon, parxon (fors. — ruh va oʻqimoq) — pari, jin kabi kuchlar yor-damida bemorlarni kasalliklardan xalos qiluvchi duoxon, azayimxon, folbin; P. baʼzi joylarda baxshi deb ham yuritiladi. P.lik Markaziy Osiyoning koʻpgina hududlariga qadimdan tarqalgan. P. Oʻzbekistonda eng koʻp yoy-ilgan homiy ruhlardan birining ob-razlaridan boʻlib, u goʻzallik timsolida tasvirlanadi. P.lik kasallikni jin, alvasti va pari kabilarning taʼsiri deb hisoblaydi. P.ning asosiy davolash qurollari — doyra (childirma) yoki kamchi, baʼzan dutor yoki xivchinlardan iborat boʻlgan. P. bemorni qorongʻi xonaga kiritib, oʻzi yodlagan iboralarni takrorlab kasalga tekkan deb gumon qilingan jinlarga doʻq-poʻpisa qilgan. U doyra (childirma) yoki dutor chalib, kamchi bilan bemor tanasidan jinlarni haydashga intilgan. Bemorga tekkan parilar uchun tovuq, uloq, qoʻy, qoʻzi kabilar qurbonlik qilingan. Jonivorlarning qoni parilarga bagʻishlangan. P. bemorning ruhiga kuchli taʼsir etishga harakat qilgan. Ja-honning koʻpgina xalqlarida qam P.ning koʻrinishlari va qoldiqlarini uchratish mumkin. Ilmiy bilimlarning hozirgi taraqqiyoti ularning mohiya-timazmunini xolisona ochib berishni kun tartibiga qoʻydi. P.lik shamanlikning Markaziy Osiyo sharoitidagi qoldigʻi hisoblanadi.

Adabiyot

tahrir
  • Snecapev G. P., Relikti domusulmanskix verovaniy i obryadov u uzbekov Xorezma, M., 1969; Basilov V. N., Shamanstvo u narodov Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1992.

Ochil Boʻriyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil