Patrice Victor Cormier (talaffuzi: Patris Viktor Kormiyer) (1990-yil 14-iyunda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Hozirda Patrice Cormier Kontinental xokkey ligasi (KHL)ning „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi safida oʻynaydi.

Patrice Cormier
Cormier St. John's IceCaps klubida 2015-yil
Tugʻilgan joyi 14-iyun 1990-yil (1990-06-14) (34 yosh)
Cap-Pelé, New Brunswick, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 215 lb (98 kg; 15 st 5 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
KHL
Sobiq jamoalar
Avtomobilist Yekaterinburg
Atlanta Thrashers
Winnipeg Jets
Barys Astana
Ak Bars Kazan
NHLga kirish drafti 54-oʻrindagi tanlov, 2008
New Jersey Devils
Jamoalardagi faoliyat 2010—hozirgacha

Patrice  Cormier 2010-yilgi xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi sardori boʻlgan.

Oʻyin faoliyati

tahrir

2010-yil 4-fevralda Patrice  Cormier Johnny Oduya, Niclas Bergfors va Ilya Kovalchuk kabi oʻyinchilar bilan birga 2010-yilgi NHL kirish loyihasida birinchi bosqich tanlovi asosida „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safiga qabul qilindi[1]. Patrice  Cormierning NHLdagi birinchi goli 2011-yil 7-yanvarda „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda James Reimer darvozasiga kiritildi[2].

Patrice  Cormier 2015—2016-yilgi mavsumni „Manitoba Moose“ xokkey klubi safida boshladi va u jamoaning muqobil sardor etib tayinlandi[3].

2016-yil 30-avgustda Patrice  Cormier „Manitoba Moose“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[4]. Bu shartnoma uning klub safida 2016—2017-yilgi mavsumda ham harakat qilishini anglatar edi[5]. 2017-yil 5-iyulda u klub bilan yana bir yillik yangi shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi[6].

Shundan soʻng, Patrice  Cormier Shimoliy Amerikani tark etishni maʼqul koʻrdi va 2018-yilning 2-iyulida Qozogʻistonning KHL vakili „Barys Astana“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi[7]. Patrice  Cormier klub safida 2018—2019-yilgi mavsumda 56 oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

2019-yil 4-may kuni Patrice  Cormier Rossiyaning „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[8].

Ak Bars Kazan“ xokkey klubidagi ikki mavsumdan soʻng, Patrice  Cormier klubni erkin agent sifatida tark etdi. 2021-yil 3-mayda Patrice  Cormier Yekaterinburgning „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

tahrir

Patrice  Cormier Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamaosi safida 2009-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha IIHF jahon chempionatida terma jamoaga oltin medalni qoʻlga kiritishga yordam berdi[10]. 2010-yilgi musobaqada Patrice  Cormier Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi sardori sifatida ishtirok etdi. Bu musobaqada u terma jamoaning kumush medalni qoʻlga kiritishiga koʻmaklashdi[11].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Patrice  Cormier 2016-yilda Tanya ismli ayol bilan oila qurgan. Uning akasi Kevin 2004-yilgi NHL kirish loyihasining oltinchi bosqich tanlovi asosida „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi safiga qoʻshilgan.

Faoliyat statistikasi

tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

tahrir
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2004—2005 Moncton Gagnon Beavers MJAHL 31 4 8 12 35
2005—2006 Moncton Gagnon Beavers MJAHL 43 21 27 48 41
2006—2007 Rimouski Océanic QMJHL 53 11 10 21 73
2007—2008 Rimouski Océanic QMJHL 51 18 23 41 84 9 4 5 9 10
2008—2009 Rimouski Océanic QMJHL 54 23 28 51 118 13 4 6 10 30
2009—2010 Rimouski Océanic QMJHL 28 11 15 26 57
2009—2010 Rouyn-Noranda Huskies QMJHL 3 0 5 5 7
2009—2010 Chicago Wolves AHL 9 0 0 0 8
2010—2011 Chicago Wolves AHL 11 2 3 5 14
2010—2011 Atlanta Thrashers NHL 21 1 1 2 4
2011—2012 St. Johnʼs IceCaps AHL 56 18 15 33 75 15 3 0 3 12
2011—2012 Winnipeg Jets NHL 9 0 0 0 0
2012—2013 St. Johnʼs IceCaps AHL 35 7 4 11 69
2012—2013 Winnipeg Jets NHL 10 0 0 0 7
2013—2014 St. Johnʼs IceCaps AHL 61 9 17 26 98 21 2 5 7 22
2013—2014 Winnipeg Jets NHL 9 0 3 3 7
2014—2015 St. Johnʼs IceCaps AHL 47 12 9 21 74
2014—2015 Winnipeg Jets NHL 1 0 0 0 0
2015—2016 Manitoba Moose AHL 65 15 17 32 73
2015—2016 Winnipeg Jets NHL 2 0 0 0 0
2016—2017 Manitoba Moose AHL 69 13 16 29 101
2017—2018 Manitoba Moose AHL 69 22 21 43 126 9 1 1 2 38
2018—2019 Barys Astana KHL 56 18 22 40 101 11 1 3 4 35
2019—2020 Ak Bars Kazan KHL 56 11 13 24 44 4 0 0 0 0
2020—2021 Ak Bars Kazan KHL 46 6 14 20 109 15 2 3 5 10
2021—2022 Avtomobilist Yekaterinburg KHL 42 8 6 14 63
NHL jami 52 1 4 5 18
KHL jami 200 43 55 98 317 30 3 6 9 45

Manbalar

tahrir
  1. „Wolves Bolster Roster With Five Additions Heading into Playoffs“. Chicago Wolves (2010-yil 12-aprel). 2010-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-aprel.
  2. „Cormier called up by Jets“.
  3. „Moose name Albert captain, give Cormier and MacWilliam an 'A'“. Winnipeg Free Press (2015-yil 8-oktyabr).
  4. „Moose sign Cormier, Czuczman“. Manitoba Moose (2016-yil 30-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-avgust.
  5. „Patrice Cormier named Moose captain“. Manitoba Moose (2016-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
  6. „Moose announce seven signings“. Manitoba Moose (2017-yil 5-iyul). Qaraldi: 2017-yil 5-iyul.
  7. „Patrice Cormier joins Barys Astana“ (Russian). Barys Astana (2018-yil 2-iyul). Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  8. „Patrice Cormier transfers to Ak Bars“. Ak Bars Kazan (2019-yil 4-may). Qaraldi: 2019-yil 4-may.
  9. „Patrice Cormier is a newcommer to HC Avtomobilist“ (Russian). Avtomobilist Yekaterinburg (2021-yil 3-may). Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  10. „IIHF WJC Championship Canada PLAYER STATISTICS BY TEAM 2008–2009“. IIHF.com (2010-yil 18-yanvar). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „IIHF WJC Championship Canada PLAYER STATISTICS BY TEAM 2009–2010“. IIHF.com (2010-yil 18-yanvar). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan.