Payk Seng-ho (talaffuzi: Pak Sing Ho) (1997-yil 17-martda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Jeonbuk Hyundai Motors va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2005-yil may oyidan futbol akademiyasida futbol oʻynashni boshlagan Payk 11 yoshida birinchi marta oʻsmirlar jamoasida MVP mukofotiga sazovor boʻlgan. U 13 yoshida „Barselona“ yoshlar jamoasida oʻynagan[1].

Payk Seng-ho
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Payk Seng-ho
Tavallud sanasi 17-mart 1997-yil (1997-03-17) (27 yosh)
Tavallud joyi Seoul, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jeonbuk Hyundai Motors
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010 Maetan maktabi
2010—2016 Barcelona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2017 Barcelona B 2 (0)
2017—2019 Peralada 54 (2)
2019 Girona 3 (0)
2019—2021 Darmstadt 98 41 (2)
2021 Jeonbuk Hyundai Motors 54 (6)
Milliy terma jamoa
2014—2017 Janubiy Koreya U20 20 (7)
2019—2021 Janubiy Koreya U23 5 (0)
2019 Janubiy Koreya 13 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-oktyabr uchun)

Yoshlik yillari tahrir

 
Payk 2012-yil

2009-yilda Seul Daedong boshlangʻich maktabi aʼzosi sifatida u Elementary Weekend Ligasida 18 ta oʻyin oʻtkazgan va 30 ta gol urgan. Oʻshandan beri u 22- Cha Bum-keun futbol bosh mukofotini qoʻlga kiritib, ajoyib istiqbol sifatida eʼtiborni tortgan. Dekabr oyida u Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi 1- Koreya-Kataloniya kubogida Janubiy Koreyaning 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari terma jamoasi safida ishtirok etdi va ajoyib o‘yin ko‘rsatgani uchun katalon jamoasi tomindan shartnoma taklif qilingan[2][3]. Biroq, u Suwondagi Samsung Bluewings yoshlar jamoasi Maetan oʻrta maktabi tomonidan allaqachon egallangan edi[4].

Payk Seng-ho 2010-yilning aprel oyida FC Barselonaning 13 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasi Infantil Aga o‘tishdan oldin Suvon Samsung Bluewings jamoasining U-15 yoshlar jamoasi Maetan Middle Schoolda 2010-yil martigacha o‘ynagan. 2011-yilning iyul oyida Payk FC Barcelona yoshlar jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[5]. Biroq 2013-yil fevralida FIFA 6 nafar futbolchini, jumladan Paykni ham FIFA qoidalarining 19-moddasini[6] buzgani uchun „Barselona“ning yoshlar jamoasidan chetlatgan, bu esa Paykni 2016-yil yanvarigacha „Barselona“ning rasmiy o‘yinlarida ishtirok etma olmasligini koʻrsatgan. 2016-yil yanvar oyida intizomiy jazo qoʻllanilganidan soʻng, u FC Barcelona Juvenile A jamoasida oʻynagan va 21-fevral kuni ikkinchi boʻlimning 45-daqiqasida Levante UD bilan Segunda División B oʻyinida zahiradan maydonga tushib professional debyut qilgan[7].

Klubdagi faoliyati tahrir

Girona tahrir

U 7 yil davomida „Barselona“da yosh futbolchi sifatida oʻynagan, ammo kattalar jamoasiga koʻtarila olmagan. 2017-yilning 21-iyulida u „Girona“ga o‘tgan va Segunda B divizionida o‘sha paytdagi „Girona“ning o‘rinbosarlari bo‘lgan „ Peralada“ jamoasida o‘ynagan. U 2019-yilning 10-yanvarida Ispaniya Kubogida ilk jamoadagi debyutini o‘tkazgan[8].

Darmshtadt 98 tahrir

2019-yil 31-avgustda Payk Bundesliga 2 jamoasi Darmshtadt 98 bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[9]. U „Darmshtadt“da bir yarim yil oʻynagan.

Jeonbuk Hyundai Motors tahrir

Payk 2021-yil mart oyida o‘zining vatani Janubiy Koreyaga qaytib, Jeonbuk Hyundai Motors jamoasiga qo‘shilgan[10].

Xalqaro faoliyati tahrir

U Janubiy Koreya terma jamoasidagi debyutini 2019-yil 11-iyun kuni Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda o‘tkazgan[11]

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Barcelona B 2015—2016 Segunda Divizión B 1 0 1 0
2016—2017 Segunda Divizión B 1 0 1 0
Jami 2 0 2 0
Peralada 2017—2018 Segunda Divizión B 34 1 34 1
2018—2019 Segunda Divizión B 20 1 20 1
Jami 54 2 54 2
Girona 2018—2019 La Liga 3 0 3 0 1 0 7 0
Darmstadt 98 2019—2020 2. Bundesliga 28 2 1 0 29 2
2020—2021 2. Bundesliga 13 0 3 1 16 1
Jami 41 2 4 1 45 3
Jeonbuk Hyundai Motors 2021 K Liga 1 25 4 1 0 7 0 33 4
2022 K Liga 1 29 2 3 0 5 1 37 3
Jami 54 6 4 0 12 1 70 7
Karyerada jami 154 10 11 1 12 1 1 0 178 12

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2022-yil 15-yanvar Mardan sport majmuasi, Antaliya, Turkiya   Islandiya 3 — 0 5-1 Oʻrtoqlik
2. 2022-yil 21-yanvar Mardan sport majmuasi, Antaliya, Turkiya   Moldova 2 — 0 4-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlari tahrir

Jeonbuk Hyundai Motors

  • K liga 1 : 2021

Manbalar tahrir

  1. „[U-20父가 들려준 '축구천재'의 부활 스토리“] (ko). Sports Chosun (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  2. „유소년축구 대표, 스페인 카탈루냐컵 출전“ (ko). news.naver.com. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  3. „6년 만에 흩어진 바르사 3총사…"정상에서 만나자"“ (2019-yil 28-yanvar). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  4. OSEN. „"수원 이겨라" 바르샤 유스 백승호, 빅버드 찾아 '응원'“ (ko). mosen.mt.co.kr (2012-yil 27-iyun). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  5. „'축구신동' 백승호, 바르셀로나 유소년팀과 5년 계약“ (ko). hankyung.com (2011-yil 6-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  6. Kim. „'바르샤 코리안' 적신호…이승우 이어 백승호-장결희도 출전금지“. Sports Donga (2013-yil 25-fevral).
  7. OSEN. „백승호, 바르사 B 공식 데뷔“ (ko). mosen.mt.co.kr (2016-yil 21-fevral). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  8. Paik Seung-ho Debuts in Spainʼs Top-Tier League
  9. „SV 98 verpflichtet Seung-Ho Paik“ (German). SV Darmstadt 98 (2019-yil 31-avgust). Qaraldi: 2019-yil 31-avgust.
  10. „Seung-Ho Paik verlässt den SV Darmstadt 98 Richtung Südkorea“ (de). kicker (2021-yil 30-mart). Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  11. „South Korea v Iran game report“. ESPN (2019-yil 11-iyun).