Percy Jackson va Chaqmoq oʻgʻrisi

Percy Jackson va Chaqmoq oʻgʻrisi — 2005-yilda Rick RiordanningChaqmoq oʻgʻrisi“ romaniga asoslanganib 2010 - yil ishlangan fantastik film. Rejissiyori - Chris Columbus. Film Percy Jackson filmlari seriyasining birinchi qismidir. Filmda Brandon T. Jackson, Alexandra Daddario, Sean Bean, Pierce Brosnan, Steve Coogan, Rosario Dawson, Catherine Keener, Kevin McKidd, Joe Pantoliano va Uma Thurman kabi aktyorlar bilan birgalikda Percy Jackson rolida Logan Lerman rol oʻynagan.

Percy Jackson va
Chaqmoq oʻgʻrisi
Rejissyor(lar) Chris Columbus
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Craig Titley
Qaysi asarga
asoslangan
Chaqmoq oʻgʻrisi
Rick Riordan
Rollarda
Bastakor(lar) Christophe Beck
Kinematografiya Stephen Goldblatt
Muharrir(lar) Peter Honess
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 2-fevral, 2010-yil(2010-02-02) (Canada)
  • 12-fevral, 2010-yil(2010-02-12) (AQSH)
Davomiyligi 119 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $95 million[3][4]
Daromadi $226.4 million[4]

2004-yilda 20th Century Fox kitoblar asosida film suratga olish huquqini sotib olgan. 2007-yilda Chris Columbus rejissyorlikka yoʻllangan. Suratga olish ishlari 2009-yil aprel oyida Vancouverda boshlangan. Baʻzi kadrlar Tennessee va Las-Vegasda, baʻzi tashqi sahnalar esa New-Yorkda suratga olingan.

Percy Jackson va Chaqmoq o‘g‘risi 2010-yil 12-fevralda 20th Century Fox tomonidan AQShda chiqarilgan[5]. Film tanqidchilar turli xil baholar olgan. Uning asl mazmunini va ssenariyni yaxshi anglanmagani uchun tanqidga uchragan, biroq Lerman va Jacksonning ijrolari, vizual effektlari maqtovga sazovor bo‘lgan. Film butun dunyo bo'ylab 95 million dollarlik byudjetiga qarshi 226,4 million dollar kassa yigʻgan. U 2010-yil 29-iyun kuni DVD va Blu-ray disklarida chiqarilgan[6][7]. Filmga asoslangan video oʻyin Nintendo DStomonidan 2010-yil 11-fevralda chiqarilgan. Kinoning davomi „Percy Jackson va Dengiz mahluqlari“ 2013-yil 7-avgustda chiqarilgan.

Syujet

tahrir

Empire State Building tepasida Zevs akasi Poseydon bilan uchrashadi. Zavs Poseydonning yarim xudo oʻgʻli Percy Jacksonni chaqmoqni oʻgʻirlaganlikda ayblaydi. Poseydon Zevsga Percy o‘zining asl kimligidan bexabar ekanini eslatadi, lekin Zevs agar chaqmoq ikki hafta ichida Olympus tog‘iga qaytarilmasa, barcha xudolar o‘rtasida urush boshlanishini e’lon qiladi.

16 yoshli Percy uzoq vaqt davomida disleksiya va DEHB bilan kurashadi. Metropolitan Museum of Artga maktab safari paytida Percy o'zining ingliz tili oʻqituvchisi Missis Dodds qiyofasiga kirib olgan Fury tomonidan hujumga uchraydi.

Percyning eng yaqin doʻsti Grover Underwood va uning lotin tili oʻqituvchisi janob Brunner Alectodan qutilishiga yordam beradi. Janob Brunner Percyga juda kuchli qurol deb hisoblagan qalamni beradi. Groverga Percy va uning onasi Sallyni Long-Islanddagi yarim xudo bolalari uchun yashirin boshpana boʻlgan Yarim qon lageriga olib borishni buyuradi.

Oʻsha yerda ularga Minotaur hujum qiladi, u Percyning onasini oʻldiradi. Percy janob Brunner bergan qalami sehrli qilich ekanligini bilib oladi va undan Minotaurga qarshi kurashda foydalanadi. Oxir-oqibat uni oʻz shoxi bilan oʻldiradi.

Uch kundan keyin uygʻongan Percy oʻzining Poseydonning oʻgʻli, Grover satyr va Percyning himoyachisi, janob Brunner esa kentavr Chiron ekanligini bilib oladi. U o‘zining yashirin yarim xudolik kuchlarini namoyon eta boshlaydi. Bu kuchlar orasida suvni boshqarish va davolash qobiliyatlari bor edi. Shuningdek, u boshqa yarim xudolar bilan tanishadi: Athena ma’budasining qizi Annabeth Chase va lager rahbari Hermes xudosining o‘g‘li Luke Castellan bilan uchrashadi.

Percyga amakisi Hadesning arvoh ko‘rinishi zohir bo‘ladi. U Minotaur Sallyni chaqmoqqa almashish uchun Yer osti dunyosiga olib ketganini fosh etadi. Chironning buyruqlariga bo‘ysunmagan holda, Percy, Grover va Annabeth bilan birga yer osti dunyosiga qarab yo‘lga chiqadi.

Luke Percyga Hadesning xotini (va Persining ammasi) Persephonega tegishli uchta yashil marvaridning joylashuvi koʻrsatilgan xaritani beradi. Bu ularga yer osti dunyosidan qochish imkonini beradi. Unga, shuningdek, Hermesdan oʻgʻirlangan bir juft uchar qanotli Converse All-Stars va Lukening sevimli qalqoni beradi. Ayni paytda oromgohda Percy bedarak yoʻqolgan deb eʻlon qilinadi.

New-Jerseydagi bogʻ markazida Grover va Annabethning yordami bilan Percy Medusaning boshini kesib tashlaydi va uning jasadidan birinchi marvaridni oladi. Nashvilledagi Parthenonda Percy Afina haykali tojidan ikkinchi marvaridni oladi. Grover esa Meduzaning boshi bilan Hydrani oʻldiradi.

Uchlik uchinchi marvaridni olish uchun Las-Vegasdagi Lotus mehmonxonasiga keladi; ammo, ular lotus gullarini isteʻmol qilgandan keyin oʻz vazifalarini unutishadi, buning taʻsirida ularning vaqti kam qoladi. Percy telepatiya orqali Poseydonning boshqa gul yemaslik kerakligini aytgan ovozini eshitib, afsun taʻsiridan chiqib ketadi.

Percy Grover va Annabethni sehrli gullar taʻsiridan ozod qiladi; ular kazinodan oxirgi marvaridni topib, ketishadi. Afsuski, ularda urushning oldini olish uchun faqat bir kun qoladi, chunki ular deyarli bir hafta davomida kazinoda qolib ketishgan edi. Ular yer osti dunyosi Gollivudda ekanligini bilib olishadi.

Uchta marvarid bilan Percy, Grover va Annabeth Gollivudga kelgandan soʻng, yer osti dunyosi portaliga kiradilar. U yerda Hades Lukening qalqoni ichida yashiringan chaqmoqni topib, Luke oʻgʻri boʻlganligini fosh etiladi.

Hades uchlikni oʻldirmoqchi boʻladi, lekin Persephone uni yer osti dunyosida qamoqda ushlab turgani uchun oʻch olish maqsadida chaqmoqni Percyga beradi. Ularda bor-yoʻgʻi uchta marvarid borligi sababli, Grover yer osti dunyosida qolishga majbur boʻladi. Percy, Annabeth va Sally esa Olympusning yashirin kirish eshigi boʻlgan Empire State Buildingga teleport qilishadi. Biroq, ichkariga kirishdan oldin, ular Luke tomonidan qoʻyilgan pistirmaga tushib qolishadi, u Olympusni toʻntarish va yarim xudolarni (va oʻzini) Olympusning yangi hukmdori sifatida taxtga chiqarish uchun chaqmoqni oʻgʻirlaganligini aytadi.

Manhattan boʻylab boʻlib oʻtgan jangdan soʻng, Percy Lukeni mag'lub qiladi, chaqmoqni Zevsga qaytaradi va otasi bilan yarashadi. Grover yer osti dunyosidan qaytgach, Percy va Annabeth yana Half-Blood lagerida mashq qilishda davom etadilar.

Rollarda

tahrir
 
Logan Lerman bosh rol ijrochisi.
  • Logan Lerman Percy Jackson rolida, Poseydonning oʻgʻli[8].
  • Brandon T. Jackson Grover Underwood rolida,Percyning yaqin doʻsti va himoyachisi, satyr[8].
  • Alexandra Daddario Annabeth Chase rolida,Afinaning qizi[9].
  • Jake Abel Luke Castellan rolida, Hermesning oʻgʻli.
  • Sean Bean Zeus rolida,osmon, chaqmoq va Olympus togʻidagi 12 ta xudolarning qiroli.Poseydon va Hadesning akasi.
  • Kevin McKidd Poseidon rolida, Percyning otasi, dengizlar xudosi[10].
  • Steve Coogan Hades rolida, Percyning amakisi, yer osti dunyosi, oʻlim xudosi[11].
  • Melina Kanakaredes Athena rolida,Annabethning onasi, tinchlik va donishmandlik ilohasi[10].
  • Rosario Dawson Persephone rolida, Hadesning rafiqasi[11].
  • Dylan Neal Hermes rolida, Lukening otasi, savdo-sotiq xudosi.
  • Serinda Swan Aphrodite rolida, sevgi va goʻzallik ilohasi.
  • Ray Winstone Ares rolida, urush xudosi.
  • Luke Camilleri Dionysus rolida, teatr, vino va bayramlar xudosi.
  • Uma Thurman Medusa rolida, Afina tomonidan laʻnatlangan[10].
  • Catherine Keener Sally Jackson rolida, Percyning onasi[12].
 
Chris Columbus - film rejissiyori va prodyuseri

2004-yil iyun oyida 20th Century Fox kitobga film olish huquqini sotib olgan[13]. 2007-yil aprel oyida Chris Columbus rejissyorlikka yoʻllangan[14]. Suratga olish ishlari 2009-yil aprel oyida Vancouverda boshlangan[10][15]. Filmning bir qismi Tennessee shtatining Nashville shahridagi Parthenonda suratga olingan boʻlib, u Athensdagi asl Parthenonning nusxasi[16]. Lotus Casino epizodi 2009-yil iyun oyida Vancouverdagi The Westin Bayshore mehmonxonasida suratga olingan. Percy, Grover va Annabethning kazinoga borish va u yerdan qaytish sahnalari esa Las-Vegas Strip va Fremont Street Experience oldida tasvirga tushirilgan. Tasvirga olish jarayoni 2009-yil 25-iyul kuni ertalab Britaniya Columbiasining Mission shahrida yakunlangan. 2009-yil avgust oyining birinchi haftasida New-Yorkning Brooklyn shahridagi qoʻshimcha sahnalar suratga olingan[17].Film sountreki Christophe Beck tomonidan yozilgan[18]. Columbusning taʻkidlashicha, aktyorlar tarkibi keyingi filmlarni hisobga olgan holda tanlangan. „Menimcha, Percy Jackson bilan bu rollarga mos keladigan to'g'ri aktyorlarni topish kerak edi, chunki umid qilamanki, Xudo xohlasa, biz Percy Jacksonning boshqa filmlarini suratga olishda davom etamiz va siz oʻz qahramonlaringizni qayta koʻrishni xohlaysiz“[19].

Qabul qilinishi

tahrir

Daromadi

tahrir

Film 2010-yil 12-fevralda 3356 ta kinoteatrda namoyish etilgan; Uning AQShdagi ochilishida kassa daromadi 31,2 million dollarni tashkil etib, 31,5 million dollar bilan ochilgan „The Wolfman“ va 56,3 million dollar bilan ochilgan „Valentineʻs Day“ filmlaridan pastroq natija ko‘rsatdi. Film o'z janri uchun kuchli ochilish koʻrsatgan, Harry Potter, Narniya saltanati yoki Uzuklar Hukmdori seriyasidan emas, balki fantastik film uchun eng yuqori ochilish qilgan[20]. 2010-yil 14-sentabr holatiga ko‘ra, u AQSh va Kanadada jami 88,8 million dollar, dunyoning boshqa joylarida esa 137,7 million dollar yig‘ib, jami daromadi 226,5 million dollarga yetgan.

Video o'yin

tahrir

Griptonite Games tomonidan ishlab chiqilgan va Activision tomonidan nashr etilgan filmga asoslangan video o‘yin 2010-yil 11-fevralda faqat Nintendo DS uchun chiqarilgan[21]. GameZonedan Micheal Splechta unga 6/10 baho berib: „Percy Jackson kino o‘yinlari orasida ajralib turmasa-da, navbatma-navbat jang tizimini yoqtiruvchilar bu oddiy o‘yinda ba’zi qiziqarli jihatlarni topishi mumkin“, - degan[22]. Metacriticda oʻyin 6 ta sharhga asoslanib 100 balldan 56 ballga ega boʻlgan[23].

Manbalar

tahrir
  1. „PERCY JACKSON & THE LIGHTNING THIEF“. British Board of Film Classification. 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-aprel.
  2. 2,0 2,1 „Percy Jackson & The Olympians The Lightning Thief (2010)“. British Film Institute. 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  3. „'Valentine's Day,' 'Percy Jackson' and 'Wolfman': The more they cost, the less they made“. Los Angeles Times (2010-yil 15-fevral). 2021-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-fevral. „The debut of "Percy Jackson" was good, but not great given its $95-million production budget funded by 20th Century Fox, Dune Entertainment and Ingenious Film Partners.“.
  4. 4,0 4,1 Percy Jackson & the Olympians: The Lightning Thief Box Office Mojoda
  5. „Contact Information and FAQ:Rick Riordan“. 2010-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-yanvar.
  6. ASIN B003HARV3Y, Percy Jackson & The Olympians: The Lightning Thief
  7. ASIN B002ZG98J6, Percy Jackson & the Olympians: The Lightning Thief [Blu-ray]
  8. 8,0 8,1 Siegel, Tatiana. „'Percy Jackson' finds lead actors“. Variety (2009-yil 2-mart). 2009-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
  9. Fernandez, Jay A.. „'Lightning Thief' finds female lead“. The Hollywood Reporter (2009-yil 18-mart). 2010-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-dekabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Siegel, Tatiana. „Fox 2000 bulks up 'Percy Jackson'“. Variety (2009-yil 25-mart). 2009-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
  11. 11,0 11,1 Hewitt, Chris. „Dawson And Coogan Join Percy Jackson“. Empire (2009-yil 7-may). 2012-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
  12. Kit, Borys. „Catherine Keener joins 'Percy Jackson' film“. The Hollywood Reporter (2009-yil 15-aprel). 2009-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
  13. Brodesser, Claude. „'Lightning Thief' strikes Maverick“. Variety (2004-yil 23-iyun). 2009-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
  14. Gilstrap, Peter. „Columbus struck by 'Lightning'“. Variety (2007-yil 17-aprel). 2009-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
  15. „Credits | Mammoth Studios“. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  16. „City Hopes To Build Madison Nature Center – Community News Story – WSMV Nashville“ (2009-yil 3-iyul). 2009-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  17. Caranicas, Peter. „Goldblatt, Deakins follow similar path“. Variety (2009-yil 20-oktyabr). 2010-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-dekabr.
  18. Knowles, Harry. „New trailer for Percy Jackson & the Olympians: The Lightning Thief hits...“. Ain't It Cool News (2009-yil 20-noyabr). 2009-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-dekabr.
  19. Roberts, Sheila. „Exclusive Chris Columbus Interview“. Roll Credits (2009-yil 8-fevral). 2010-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-fevral.
  20. Brandon Gray. „Weekend Report: 'Valentine's Day' Massacres Presidents' Day Record“. Box Office Mojo (2010-yil 16-fevral). 2010-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-may.
  21. „Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief for DS - Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief Nintendo DS - Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief DS Game“. Gamespot.com. 2010-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-may.
  22. Splechta. „Percy Jackson & The Olympians: The Lightning Thief Review“. GameZone.com. 2010-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-fevral.
  23. „Percy Jackson and the Olympians: The Lightning Thief Reviews“. Metacritic. 2013-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.