Platforma (film)
Platforma (asl ispancha nomi: “El hoyo”)(inglizcha: “The Platform”) — 2019-yilda rejissyor Galder Gaztelu-Urrutia tomonidan suratga olingan Ispaniyaning ijtimoiy-fantastik dahshatli film. Filmda rollarni Iván Massagué, Antonia San Juan, Zorion Eguileor, Emilio Buale Coka va Alexandra Masangkay kabi aktyorlar etgan[2]. Uning davomi sifatida „Platforma 2“ filmi suratga olilngan.
Platforma | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Galder Gaztelu-Urrutia |
Prodyuser(lar) | Carlos Juárez |
Ssenariynavis(lar) |
|
Hikoya | David Desola |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Aranzazu Calleja |
Kinematografiya | Jon D. Domínguez |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Festival Films |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 94 daqiqa |
Mamlakat | Ispaniya |
Til | Ispancha |
Vikiiqtibosda Platformaga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Syujeti
tahrirGoreng 48-darajadagi beton kamerada uygʻonadi. Uning kameradoshi Trimagasi ular minora uslubidagi “oʻra”da ekanliklarini tushuntiradi. Bu “platforma”ga oziq-ovqat kuniga bir marta, nomaʼlum materialdan iborat plitada (0-darajadan pastga tushib, har bir darajada 2 daqiqa toʻxtaydi) keladi. Mahbuslar “platforma” faqat oʻz darajasida toʻxtatilganida ovqatlanishlari mumkin boʻlib, agar ular biron bir oziq-ovqat mahsulotini olib qolsa, halokatli issiq yoki sovuq haroratga duchor boʻlishadi. Mahbuslarning “platforma”dagi darajasi qanchalik past boʻlsa, shunchalik kam oziq-ovqat yetib keladi. Mahbuslar har oyda tasodifiy ravishda yangi darajaga oʻtkaziladi. Goreng kameradoshi Trimagasi 132-darajaga tushib qolganida, u sobiq kameradoshi bilan yiqilgan odamni yeyishganini aniqladi. Kunlarning birida Mixaru ismli ayol “platforma”da oziq-ovqat bilan tushadi. Trimagasi kameradoshiga ayol oyiga bir marta bolasini qidirish uchun chuqurga tushishini aytadi. Maʼlum boʻlishicha, Goreng “platforma”da koʻngilli sifatida va sertifikat evaziga 6 oyni oʻtkazmoqda, Trimagasi esa odam oʻldirgani uchun 1 yillik qamoq jazosini oʻtamoqda.
Birinchi oyda ular doʻst boʻlishadi, lekin 171-darajaga tushib qoldanlarida vaziyat oʻzgaradi. Ovqat boʻlmasligini bilgan Trimagasi kameradoshi Gorengni uygʻonmaganidan foydalanib bogʻlab qoʻyadi. Trimagasi ikkalasini ham saqlab qolish uchun Gorengning goʻshtidan foydalanish rejasini tushuntiradi. Sakkizinchi kuni Trimagasi Gorengning goʻshtini kesishni boshlaydi. Shu payt Mixaru kelib, Trimagasiga hujum qiladi va oʻldirib, Gorengni ozod qiladi. Mixaru tomonidan ruhlantirilgan Goreng Trimagasining goʻshtini yeydi va keyinchalik Trimagasi koʻrib, gallyutsinatsiyalariga duchor boʻladi. Oyning oxiriga kelib Goreng hali ham Trimagasining parchalanib ketgan jasadining parchalarini yeyayotgani koʻrsatiladi.
Uchinchi oyda Goreng 33-darajada Imoguiri ismli ayol va uning iti Ramses II bilan uygʻonadi. Imoguiri Gorengni taniydi, lekin Goreng uni tanimaydi. Maʼlum boʻlishicha, Imoguiri Gorengni chuqurga yuborishdan oldin intervyu olgan maʼmuriyat xodimi boʻlgan, ammo uning tabiatidan bexabar ekanligini va unga saraton tashxisi qoʻyilgandan keyin koʻngilli boʻlganini daʼvo qilgan. Imoguiri va iti navbat-navgatdan otqatlanadi. U ularning ostidagi juftlikni ham ovqat yetishiga ishontirishga harakat qiladi. Bir kuni Mixaru jarohatlangan holda tushasi va Goreng hamda Imoguiri unga yordam berishadi. Ertasi kuni Imoguiri Mixaru itini oʻldirib yeb qoʻyganini bilib u bilan janjallashib ketadi. Goreng aralashib, ayollar oʻrtasidagi janjalni buzadi. Mixaru ketganidan soʻng, Goreng Imoguiriga uning farzandini eslatib oʻtadi, Imoguiri esa chuqurda bola yoʻqligini va Mixaru yolgʻiz kelganini aytadi. U Mixaruning “Osiyolik Merilin Monro” boʻlishga intilayotgan aktrisa ekanligini, “oʻra”da jami 200 daraja borligini aytib beradi. Keyingi oyda ular 202-darajada uygʻonadi va Imoguiri esa oʻzini osib qoʻygan boʻladi. Goreng oʻzining sobiq kameradoshlarining koʻrib, gallyutsinatsiyalar bilan azoblanib, tirik qolish uchun Imoguirining goʻshtini yeydi.
Beshinchi oyda Goreng 6-darajaga koʻtariladi. Uning yangi kameradoshi Bahorat arqon bilan yuqoridagi juftlik yordam berishiga ishonib, yuqoriga chiqishga harakat qiladi. Bu juftlik uni aldab, arqonini tushirib yuboradi va u oʻraga tushib ketishiga oz qoladi. 250 daraja borligini taxmin qilgan Goreng, Bahoratni u bilan birga platformadan pastga tushishga va oziq-ovqatni taqsimlashga koʻndiradi. Birinchi 50 darajaga tushib, ular hech kimga oziq-ovqat olishiga yoʻl qoʻyishmay, ularga ertasi kuni ovqatlanishlarini aytishadi. Lekin ular hujum qilishadi. Goreng va Bahorat bir necha namoyishchini oʻldirishadi. Mahbus janob Brambang Bahoratni tanib, ularni juda tajovuzkorligi uchun haqorat qiladi. U ularga yo‘lning qolgan qismida o‘zini tutish bo‘yicha maslahatlar beradi va bir dona taomni qoldirib, ma’muriyatga ramziy xabar yuborish mumkinliga ishontiradi.
Ular pastga tushib, mahbuslarga qismlarni tarqatib, hamkorlik qilishdan bosh tortganlarni oʻldirishadi. Qavatlarning birida Mixaruga hujum boʻlganini koʻrib, uni qutqarishga harakat qilishadi, lekin uni oʻldirishga majbur boʻlishadi. Uzoq davom etgan kurashdan soʻng ular ogʻir jarohat olishadi. Goreng va Bahorat pastga tushishda davom etib, oxir-oqibat 333-darajaga yetib borishdi va u yerda Goreng toʻshak ostida yashiringan bolani yaʼni Mixaruning “qizi”ni topishadi. Ular platformadan tushib, qizning oldiga borishadi, lekin platforma pastga tushib ketadi. Goreng va Bahorat qizga oxirgi taomni berishadi.
Goreng tushida Bahorat unga “qizaloq — bu xabar” deb aytadi. U uygʻonib, Bahoratning qon ketishidan oʻlganini koʻradi. Qizaloq va jarohatlangan Goreng platformaga tushganida asta-sekin unga chiqib olishadi. Ular qorongʻu “oʻra”ning tubiga tushadilar va u yerda ham yana Trimagasini (gallyutsinatsiya) koʻradi. Trimagasi Gorengga sayohati tugaganini aytadi, lekin Goreng unga xabarni oʻz zimmasiga olishi kerakligini tushuntiradi. Trimagasi unga “Xabar tashuvchini talab qilmaydi” deb aytadi. Trimagasining haqligini anglagan Goreng platformadan tushadi va ikkovi Mixaruning qizi ko‘tarilayotganini kuzatib, undan uzoqlashishadi.
Rollarda
tahrir- Iván Massagué — Goreng rolida;
- Zorion Eguileor — Trimagasi rolida;
- Antonia San Juan — Imoguiri rolida;
- Emilio Buale — Baharat rolida;
- Aleksandra Masangkay — Miharu rolida;
- Eric L. Goode — senyor Brambang rolida;
- Mario Pardo — Baharatning doʻsti rolida;
- Txubio Fernandez de Jáuregui — oshpaz rolida.
Manbalar
tahrir- ↑ „El Hoyo - El 8 de noviembre en cines“ (es) (2019-yil 10-sentyabr). 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-yanvar.
- ↑ „Netflix confirma la secuela de la película española más vista en la historia de la plataforma“. Cinemanía (2023-yil 11-may).