Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (2003-yil 6-iyulda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston U20 futbol terma jamoasi hujumchisi. 2023-yilgi 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi.

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-iyul 2003-yil (2003-07-06) (20 yosh)
Tavallud joyi Kosonsoy tumani, Namangan
Boʻyi 1,86 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2015-2020 Paxtakor Akademiyasi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020 Paxtakor Farm
2021 Paxtakor
2022 Olimpik
2023- Paxtakor
Milliy terma jamoa
2021-2023 Oʻzbekiston U-20
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Ilk yillari tahrir

Poʻlatxoʻja 2003-yil 6-iyulda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan. U Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. Poʻlatxoʻja Xoldorxonovning transfermarktdagi narxi 250 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot).[1]

Paxtakor safida tahrir

Xoldorxonov  2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 11ta gol kiritdi. 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston superligasida 7 ta, Osiyo chempionlar ligasida 1 ta oʻyin oʻtqazadi OChL tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanadi (Paxtakor – Al-Quva).

2022-yilgi mavsum tahrir

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov  2022-yilgi mavsumda Olimpik safida Oʻzbekiston superligasida 21 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta va oʻrinbosarlar tarkibida 15 ta oʻyin oʻtqazadi va umumiy hisobga 17 ta gol kiritdi.[2][3]

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov  2022-yil 26-fevralida AGMK jamoasiga qarchi oʻrtoqlik oyiniga Ravshan Haydarov tomonidan jalb etildi va bu o’yinda gol kiritishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtqazdi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub safidagi statistikasi tahrir

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Osiyo Chempionlar ligasi Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Paxtakor 2021-yil Superliga 7 0 0 0 1 1 7 1
2022-yil Superliga 21 4 2 0 - - 23 4
Jami 28 4 2 0 1 1 30 5

Terma jamoada tahrir

Oʻzbekiston milliy terma jamoasida
Yil Oʻyinlar Gollar
2022-yil 4 4
2023-yil 14 2
Jami 18 6

Yutuqlari tahrir

Paxtakor

Oʻzbekiston U20

Manbalar tahrir

  1. „pulatkhuzha-kholdorkhonov - transfermarkt.com“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-may.
  2. „Superliga. "Olimpik"ka 8 nafar yangi futbolchi keldi“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.
  3. „Po'latxo'ja Xoldorxonov “Olimpik” bilan xayrlashdi“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.

Havolalar tahrir