Polvonqori madrasasi
Polvonqori madrasasi – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Madrasani 1905-yilda xivalik savdogar Polvonqori mablagʻlari evaziga qurdirgan. Bugungi kunda yodgorlik „Qumyasqa“ MFY, Polvon Qori koʻchasi, 24-uyda joylashgan.
Madrasa | |
Polvonqori madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Xiva |
Manzil | „Qumyasqa“ MFY, Polvon Qori koʻchasi, 24-uy |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Polvonqori |
Homiylar | Polvonqori |
Asosiy sana: | |
Maqomi | davlat himoyasida |
Hujralar soni | 15 dan ortiq |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Polvonqori madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].
Tarixi
tahrirPolvonqori madrasasi va shu nomli minora 1905-yilda Xiva shahrining taniqli savdogari Polvonqori rahbarligida bunyod qilingan. Madrasa ixcham va XX asr boshlariga xos yangicha uslub boʻyicha, yaʼni Yevropa uslubida qurilgan. Shuningdek, minora ham yangicha kesik konus shaklida qad koʻtargan[3]. Faktlar shuni koʻrsatadiki, savdogar Polvonqori Muhammad Rahimxon II ning nafaqat yaqin maslahatchisi, balki Rossiya imperiyasi, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatishda faol ishtirok etgan shaxs boʻlgan. Madrasa qurilishi uchun zarur boʻlgan pul mablagʻini Polvonqori savdosini tinimsiz rivojlantirib, daromadidan ajratadi. Polvonqori madrasasi Saidbiy tarixiy majmuasiga yaqin joylashgan boʻlib, u bir necha binolardan iborat: 1. 2 qavatli madrasa; 2. Minora; 3. Masjid[4].
Polvonqori madrasasi qurilishi jihatidan Xivadagi oʻsha davrdagi boshqa diniy binolardan farq qiladi.
Loyiha bosh meʼmorining anʼanaviy meʼmorchilikdan uzoqlashishiga nima sabab boʻlgani aniq emas. Baʼzi farazlar shuni koʻrsatadiki, mavjud anʼanalardan bunday sezilarli darajada qochish XIX—XX asrlar oraligʻida paydo boʻlgan „yangi oʻzgarishlar“ bilan bogʻliq[5].
Bugungi kunda madrasa hududida mehmonxona faoliyat olib bormoqda. Unda bogʻ, umumiy dam olish xonasi, balkon va restoran mavjud[6].
Qurilish uslubi
tahrirPolvonqori madrasasi Dishan qalʼadagi eng monumental inshootdir. U Dishan qalʼaning sharqiy qismida Qoriyev va Polvon Qori koʻchalari chorrahasida qad rostlagan. Madrasa 15 dan ortiq hujra, ulkan minora, qishki va yozgi masjidga ega. Faqat asosiy kirish qismi bezakli. Masalan, madrasa fasadining yuqori qismi yashil koshinlardan yasalgan bezak bilan bezatilgan. Yashil rang kichik burchak minoralarining gumbazlarini bezash uchun ham ishlatilgan[4].
Polvonqori madrasasi Xiva shahrining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Madrasa bosh tarzi shimol tomonga qaragan. Burchaklariga guldasta ishlangan. Bosh tarzida darsxona va masjid, oʻrtada gumbazli miyonsaroy mavjud. Miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Hovli atrofini balxi gumbazli hujralar egallagan. Peshtogʻi koʻk rangli „bantak“ uslubida bezatilgan va yuqorisi ikki qatorli sharafa bilan yakunlangan. Guldasta qubbalari moviy rangda. Madrasa oldida alohida minora qad koʻtargan. Unga gʻishtlardan bezakli belbogʻlar hosil qilinib yuqorisi qubbali qilib yakunlangan. Minora balandligi 21 m ni tashkil qiladi[7].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Полвон қори мадрасаси ва минораси“. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Madrasah and minaret of Palvan Kari“. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Khiva - Polvon Qori Madrasah“. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Madrasah Polvon-Qori boutique hotel“. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil