Yusuf yasovulboshi madrasasi (yoki Muhammad Yusuf yasovulboshi madrasasi) – Xorazm viloyatining Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Madrasa 1906-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kunda Ichan qal’a mahallasi, Zargarlar koʻchasi, 30-uyda joylashgan.

Yusuf yasovulboshi madrasasi
Muhammad Yusuf yasovulboshi madrasasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Meʼmoriy yodgorlik
Turi Madrasa
Manzili Ichan-qalʼa MFY, Zargarlar koʻchasi, 30-uy
Shahar Xiva shahri
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°22′44″N 60°21′37″E / 41.378957145817715°N 60.360406011324876°E / 41.378957145817715; 60.360406011324876 G OKoordinatalari: 41°22′44″N 60°21′37″E / 41.378957145817715°N 60.360406011324876°E / 41.378957145817715; 60.360406011324876 G O
Qurilishi tugagan 1906-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Balandligi
Balandligi 36,45 m
Binoning ichki maydoni 21X11,2 m
Map
Poyanda maqbarasi xaritada

Tarixiy obyekt „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir. U Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Moddiy madaniy meros obʼyektlari koʻchmas mulk milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq belgilangan muhofaza etiladigan obyektlar roʻyxatiga kiritilgan[1].

Tarixi tahrir

Yusuf yasovulboshi madrasasi 1906-yilda Xiva shahridagi Ichan qal’a muzey-qoʻriqxonasi hududida Muso Toʻra madrasasi roʻparasida va Pahlvon Mahmud arxeologik yodgorligidan gʻarbda qurilgan. Qurilishga usta Qalandar Koʻchum rahbarlik qilgan. Madrasa xon qoʻshinining boshligʻi Yusuf yasovulboshi sharafiga nomlangan boʻlib, qurilishga uning mablagʻi sarflangan. XX asr boshida Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi paytida Yusuf yasulboshi qamoqxonalarni nazorat qilish va Xiva xonligi xavfsizligini saqlash uchun javobgar boʻlgan. Unga maxfiy hujjatlarni kuzatib borish va koʻchmanchi qabilalardan yollangan askarlardan tashkil topgan harbiy qismga boshchilik qilish vazifasi yuklangan[2].

Hozirda binoda mahalla qoʻmitasi joylashgan[2].

Yusuf yasovulboshi madrasasining vaqfnomasida koʻrsatilgan maktabxonasi ham bor boʻlgan va bu uni boshqa madrasalardan farqli qilgan edi. Madrasaga vaqf yeri qurilishidan toʻrt yil oldin ajratilgan. Vaqfnoma shartida ish boshqaruvchilar Qurʼon suralariga va shariat qoidalariga amal qilishlari keltirib oʻtilgan. Shu bilan birga ular musulmon bolalarga Qurʼon oʻqishni oʻrgatishlari kerak boʻlgan. Muallimlar bayram va dam olish kunlaridan boshqa vaqtda oʻqitish tartibiga qattiq rioya qilib, bolalarni oʻqitishi zarur edi.  

Madrasaning kirish eshigi ustidagi marmar toshga uning qurilish tarixi bitilgan.   

Bugungi kunda undagi oshxona „Yasovulboshi“ restorani sifatida faoliyat olib bormoqda[3].

Tuzilishi tahrir

Madrasa Ichan qalʼa markazida qad rostlagan. U oʻz ichiga Usta Yusuf Xos Hojib maqbarasini (XI asr, Qashqar) ham oladi. Devorlari gʻishtdan qurilgan. Madrasa toʻrtburchak tarhli (35x25 m), burchaklariga bir oz turtib chiqqan guldastalar ishlangan, peshtoqgumbazli (peshtoq balandligi 8 m), atrofi oldi ravoqli hujralar bilan oʻralgan hovli (21x11,2 m), masjid (5x5 m) dan iborat. Peshtoq qanosiga 2 ta yassi ravoqlar ishlangan; peshtoqning 2 yonida qator ravoqli 3 gumbazli miyonsaroy boʻlib, miyonsaroyning janubiy tomonida u bilan bogʻlanmagan (kirish eshigi tashqaridan boʻlgan) 2 ta hujra va shimoliy tomonida charxi gumbazli masjid joylashgan, masjid oldi yordamchi xoʻjalik xonalari bilan oʻrab olinib, kichik maydoncha (9x14 m) hosil qilingan[4].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Yusuf Yasulboshi madrasasi“. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  3. „Muhammad Yusuf yasovulboshi madrasasi“. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  4. Yusuf yasovulboshi madrasasi“,Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi (elektron versiyasi), Toshkent, 2012 — 73 bet.