Poyanda maqbarasi (yoki Polvon poyaki maqbarasi)[1] — shahar aholisi orasida Poyanda, Poyaki nomlari bilan mashhur boʻlgan maqbara. Maqbara XVI asrga oid boʻlib, bugungi kunda Xiva shahri „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 12-uyda joylashgan[2]. Tarixiy obyekt „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir[3].

Poyanda maqbarasi
Polvon poyaki maqbarasi
Muqobil nomlari Poyanda, Poyaki
Etimologiya Mustahkam, doimiy
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Turi Maqbara
Manzili „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 12-uy
Shahar Xiva shahri
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 41°23′03″N 60°21′05″E / 41.38417401567539°N 60.35138167537259°E / 41.38417401567539; 60.35138167537259 G OKoordinatalari: 41°23′03″N 60°21′05″E / 41.38417401567539°N 60.35138167537259°E / 41.38417401567539; 60.35138167537259 G O
Qurilishi boshlangan XVI asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Poyanda maqbarasi xaritada

Joylashuv oʻrni va etimologiyasi tahrir

Pahlavon Mahmud maqbarasi va Juma masjidining orasida dahliz joylashgan bo‘lib, odatda namozxonlar ziyoratdan keyin u yerdan chiqib masjidga kirishgan. Bu ikki oraliqda peshtoqi sharqqa tomon qaragan bir maqbara ham boʻlgan.

Poyanda so‘zi — mustahkam, doimiy degan maʼnolarini bildiradi. Oʻz vaqtida Xiva shahrida shu nomdagi mahalla hamda ko‘cha mavjud bo‘lgan. Poyanda (ayrim manbalarda Polvon, shuningdek, poyaki) nomidagi ushbu maqbaraning koshin plitkalarga yozilgan yozuvlar ham bo‘lgan. Bu yozuvlar bugungi kunga qadar saqlanib qolmagan[4].

Poyanda maqbarasi qarshisida Pahlavon poyaki (maʼnosi: chilim beruvchi) masjidiga tegishli minora ham bo‘lgan. Minora sho‘rolar davrida vayron qilingan. Masjid Polvon poyaki maqbarasiga sharqiy tomondan juda yaqin joylashgan boʻlib, uning janubiy tomonidan esa Abdullaxon madrasasi joy egallagan.

XIX asr birinchi yarmiga oid boʻlgan bir hujjatda Husayn poyaki Abdulla o‘g‘li masjid uchun Olloqulixon davri tangasidan 100 tilla xorazmiy vaqf qilgani haqidagi maʼlumotlar keltirib oʻtilgan. Hujjatlardan yana shu narsa maʼlumki, o‘z davrida bu imoratga ko‘plab ayollar ham homiylik qilib kelishgan[5].  

Polvon poyaki nomidagi bu maqbaraning koshin plitkalarga yozilgan yozuvlari bugungi kungacha yo‘qolib ketgan boʻlsa-da, bu yozuvlarning qogʻoz nusxalari arxivda saqlanib qolgan. Arxivda oʻrganib chiqilgan bu yozuvlardan maqbarada Safojon ismli qorining dafn etilgani aniqlangan[1].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Polvon poyaki maqbarasi“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  2. „Poyanda Mausoleum (16th century)“ (en). Xiva. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  3. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  4. „travelkhorezm.com“. ww38.travelkhorezm.com. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  5. „Мавзолей Палван паяки“ (ru). Xiva. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.