Matrasulboy Mirzaboshi madrasasi
Matrasulboy Mirzaboshi madrasasi (yoki Muhammad Rasul mirzaboshi madrasasi) — Xorazm viloyatining Xiva shahridagi tarixiy obyekt. 1905-yilda bunyod etilgan madrasa (baʼzi manbalarda 1906-yil berilgan) bugungi kunda „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 7-uyda joylashgan. Madrasa xivalik shoir hamda bastakor Muhammad Niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy)ning oʻgʻli Muhammad Matrasulboy Mirzaboshi tomonidan qurdirilgan. Matrasulboy Mirzaboshi 1839-yilda tugʻilgan boʻlib, boshlangʻich maʼlumotni otasi — Komil Xorazmiydan olgan. Shuningdek, Qozi Abdulla ismli kishidan chet tillarini oʻrgangan. Xususan, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, sharq sheʼriyatidan xabardor boʻlgan. Matrasulboy 1906-yili otasining koʻmagi bilan Oʻrta Osiyodagi zarbli musiqa asboblar uchun moʻljallangan ilk musiqiy notaga asos solgan[1].
Matrasulboy Mirzaboshi madrasasi | |
---|---|
Muhammad Rasul mirzaboshi madrasasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obyekt |
Turi | Madrasa |
Manzili | „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 7-uy |
Shahar | Xiva shahri |
Mamlakat | O‘zbekiston |
Koordinatalar | 41°22′37″N 60°21′32″E / 41.37694178220662°N 60.35885419627106°E |
Qurilishi boshlangan | 1905-yil |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 1 qavat |
Matrasulboy Mirzaboshi 1921-yili 83 yoshida vafot etgan.
Tarixiy obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda madrasa „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir[2].
Madrasaning qurilish tarixi va joylashuvi
tahrirAyrim manbalarda bu tarixiy obyekt Xivadagi eng kichik madrasa ekanligi aytiladi. Madrasa shunchalik kichikki, unda anʼanaviy qurilish odatlariga umuman amal qilinmagan. Matrasulboy Mirzaboshi madrasasi Shergʻozixon madrasasining shimol tomonida, yoʻl boʻyida joylashgan boʻlib, bir qavatli, yogʻochdan yasalgan eshiklari nafis oʻymakorlik uslubi bilan tayyorlangan[3]. Hozirgi kunda madrasa binosida soʻzana toʻqish ustaxonasi va gilam doʻkoni faoliyat olib boradi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Matrasulboy Mirzaboshi Madrassah (1905)“ (en). Xiva. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Medresen in der Altstat von Khiva“. www.kultur-in-asien.de. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Medresen in der Altstat von Khiva“. www.kultur-in-asien.de. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.