Shergʻozixon madrasasi
Shergʻozixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1719—26); Ichan kalʼa tarkibida joylashgan koʻplab imoratlardan biri. Manbalarda 1719—1726-yillarda oʻzbek hukmdori Shergʻozixon mablagʻi va farmoni bilan barpo etilgan. Ichan-qal’a markazida, Paxlavon Mahmud maqbarasiga kiraverishda joylashgan. Xiva xoni Shergʻozixon Xurosonga qilgan yurishi chogʻida inshootning qurilishi boshlagan. Madrasaning gʻarbida qurilgan kichik xonaga xon jasadi dafn etilgan. Maqbara bosh tarziga tutash qilib qurilgan.
Madrasa | |
Shergʻozixon madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Xorazm viloyati |
Shahar | Xiva |
Manzil | Ichan qalʼa MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 23-uy |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Xorazm viloyati Madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1719—1720-yillar |
Asosiy sana: | |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Holati | Ichan qalʼa muzey qoʻriqxonasi |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Arxitekturasi
tahrirMadrasaning asosiy binolari bir-biri bilan bogʻlangan. Madrasa bosh tarzi 2 qavatli. Ulkan peshtoq orqali kiraverishda gumbazli miyonsaroy, uning 2 burchagida chortoq tarhli, gumbazli masjid va darsxona joylashgan. Miyonsaroy tepasidagi kichik hujralar talabalar uchun yotoqxona boʻlgan. Devorlariga tokcha, taxmon, kosamonlar ishlangan. Hovli atrofidagi 1 qavatli qator hujralar oldi ayvonli boʻlib, hovli oʻrtasida hovuz joylashgan. Hujralar soni 55 ta. Madrasa bezaklari saqlanmagan.
Qurilishi
tahrir1715-yilda Shergʻozixon Mashhadni bosib olgach, madrasa qurilishi uchun 5000 qizilboshni Erondan olib kelgan[1]. Ular orasida meʼmorlar, qoʻli gul quruvchilar boʻlgan. Xiva xoni Shergʻozixon ularga ozod qilish haqida vaʼda berganidan keyin, ustalar oʻz mahoratlarini ishga solib, obidani barpo etadilar. Biroq Shergʻozixon atayin vaqtni choʻzar, qurilishga doimo yangiliklar kiritib turardi. Bundan gʻazablangan qullar xonni qurilishga kelgan navbatdagi tashrifida joniga qasd qilishadi. Shergʻozixon madrasa yonidagi binoga dafn etiladi. Maqbara joylashgan yerdagi tuproqning choʻkishi oqibatida qabr ikki metr pastga tushib qolgan. Shuning uchun zinapoya orqali Shergʻozixon qabriga tushiladi[2]. Yozma manbalarga koʻra, Shergʻozixon ilm olmoqchi boʻlganlar uchun juda koʻp foydali ishlar qilgan. Olimlar, ilohiyotchilar bilan doimo suhbatda boʻlgan. Bu madrasaning bagʻishlov matnida qayd etilganidek, tarixchi va shoirlar bu binoni „Maskan-i Fozilon“ („Olimlar maskani“) deb atashgan. Bu ibora bir vaqtning oʻzida qurilish sanasi uchun xronogrammaga aylangan. Boshqacha aytganda, bu ibora (abjad) harflarining son qiymati kerakli sanani bergan. Oʻshandan beri bu nom madrasaning ikkinchi nomiga aylangan. U yerda turkman shoiri Mahtumquli, oʻzbek shoiri Pahlavonqul Ravnaq, qozoq soʻfiy va shoiri Beket ota, qoraqalpoq buyuk shoiri Ajiniyoz kabi davrning bir qator mashhur shaxslari tahsil olgan.
Bugungi kunda madrasada Mahtumquli, Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli koʻrgazmalari tashkil etilgan[3].
Bino oʻsha paytlarda qurulishda keng tarqalgan usulda qurilgan. Ikki qavatli Xiva madrasasi (kirish qismida ikki qavat), toʻrtta ayvonli hovli, vestibyul xonalari toʻplami va kirish qismiga koʻndalang ravishda joylashgan xonalar qatori. Bunday qurulish uslubi Qutlugʻ Murodinoq madrasasida (1809) koʻrish mumkin. Bundan tashqari qurulishdagi bu uslub Olloqulixon (1835), Muhammad Rahimxon (1876), soddalashtirilgan koʻrinishdagisi – Amir madrasalarini (1870) qurishda foydalanilgan.
Asosiy jabha ikki qavatli arkada bilan koʻchaga qaratilgan. Qolgan jabhalar boʻsh, bitta eshikli. Ikkinchi
vestibyulda kichik turar-joy hujralari mavjud. Ular toʻrtburchaklar shaklida boʻlib, yon devorlarda bir yoki ikkita koshinlar mavjud.
Figurali yopilgan kichik javonlar dizayn turar-joy binolaridagi chuqurchalar koʻrinishidagi kosamon boʻshliqlarini eslatadi. Devorlarda ishlatilgan bezaklar kitoblar uchun ham ishlatilgan. Vestibyullardagi gumbazlar tekis, profili elliptik, sferik yelkanlarda dumaloq toshga yotqizilgan.
Fasadlari qora toshda qoldirilgan, hovli devorlari maxsus qurulish materiali bilan qoplangan. Fasadlarning yagona bezaklari – derazalardagi ganch qilib ishlangan panjaralar hisoblanadi.
Poydevorlar gʻishtdan iborat boʻlib, toʻsiqlarsiz va tekis jabhaga qurilgan. Devorlarning davomiga oʻxshab koʻrinadi. Ularning chuqurligi 0,67-1,0 metr atrofida. poydevor oldidagi chuqurlar singan gʻisht va qum bilan toʻldirilgan. Poydevor quyidagicha joylashtirilgan: dastlab janubga qiyalik bilan tekislangan, ganch qatlami bilan yotqizilgan, ustiga 1 m qalinlikdagi qum qatlami quyilgan, loy dafna yoki gidroizolyatsiya qatlami bilan ustiga yotqizilgan, shuning uchun shoʻrlangan yer osti suvlari poydevorga taʼsir oʻtkazmagan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Sherg‘ozixon madrasasi“. khivamuseum.uz. Qaraldi: 6-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Shergʻozixon madrasasi haqida ma'lumotlar“. Qaraldi: 6-oktabr 2023-yil.
- ↑ Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 45-bet.
- ↑ Маньковская Л., Булатова В. Памятники зодчества Хорезма. 1978, 114.